Maktabgacha yoshidagi bolalarga estetik tarbiya berish mazmuni. Estetik tarbiya berish vazifalari, metodlari, vositalari
Assalom alaykum
Umumiy tayyorgarlik ko`rsatkichlari
REJA:
Maktabga tayyorlik davrida bolalarda faoliyat turlarining o’zgaruvchanligi yaqqol ko’zga tashlanib, maktabgacha yosh davridagi faoliyat syujetli-rolli o’yinlardan iborat bo’lgan bo’lsa, kichik maktab yoshida ta’lim jarayoniga, o’quv faoliyatiga moyillik yuqori bo’ladi. Psixolog olim D.B.Elьkonin 7 yoshli bolalarni maktab ta’limiga tayyorgarliklarining psixik xususiyatlari atrof-olamda bo’layotgan jarayonlarga munosabat hamda ijtimoiy ko’nikmalarning shakllanib borishi, o’z-o’zini nazorat qilish, o’ziga baho berish orqali namoyon bo’ladi deb ta’kidlaydi.
D.B.Elkonin maktabgacha yoshdagi bolalarda maktab ta’limiga tayyorgarlik muammosini tadqiq qilar ekan, o’quv faoliyatini psixologik jihatdan tahlil qiladi. Bolalarda taqqoslay olish, tahlil eta olish, umumlashtira olish, ma’lum bir xulosa chiqarish, shuningdek, yetarli darajada rivojlangan bilish jarayonlariga moyillik yuzaga keladi.
Maktabga psixologik tayyorgarlikni aniqlashning eng mashhur usullariga ta’limga bo’lgan psixologik asoslarning shakllanganligini aniqlovchi tashxis asboblarni kiritishadi. Bu usullar asosan o’tish davrlarida psixik rivojlanishning tashxisi vazifalari haqidagi D.B.Elkoninning qoidalariga tayanadi. U o’tish davrlarida psixik rivojlanishni tushunish uchun tashxis chizmasi yakunlangan yosh davrining yangi hosilalari kabi keyingi davr kelishini tavsiflovchi belgilarning paydo bo’lishi va rivojlanishi darajasini aniqlashni o’z ichiga olishi kerak deb hisoblagan.
Maktabga psixologik tayyorgarlikni aniqlashning metodlaridan alohida M.N.Kostikova (1987) metodikasi turadi. Muallif test sinovlari natijasiga ko’ra ish tutishni emas (sinaluvchi bilan figurali, xotira va holatni o’rganuvchi metodikalarni o’tkazishadi) balki bolalar bilan sinalayotgan qiyinchiliklarni va ular uchun topshiriqni muvaffaqiyatli bajarishdan zarur bo’lgan yordam turlarini tahlil qilib, yechish jarayoniga tayanishini taklif qiladi.
Qiyinchiliklar deganda topshiriqlarni bajarishdagi har qanday to’xtalishlar, ularning har qanday noto’g’ri bajarilishi (masalan, uncha samarali bo’lmagan ish usuli), o’rtacha vaqt ko’rsatkichidan oshib ketishlar tushuniladi. Qiyinchiliklar bolaning tajribaviy sinov topshirig’ini me’erlarga ko’ra bajara olmasligi haqida dalolat beradi.
Bolaning mustaqil ravishda qiyinchiliklarni bartaraf etaolmaganida sinovchi qiyinchiliklarni bartaraf etish shart-sharoitlarini yaratishni boshlaydi. Qiyinchiliklarni bartaraf etish shartlari sharoitlari deganda ish jarayonida bolaga ko’rsatiladigan turli hil yordam turlari ko’zda tutiladi. Har bir aniq vaziyatda yordam bola bilan sinalayotgan qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun talab qilinadigan hajm va sifatda amalga oshiriladi.
“Umumiy turdagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari to’g’risida ”gi Nizomga muvofiq, bola maktabgacha ta’limni uyda, ota-onalarning mustaqil ravishda ta’lim va tarbiya berishi orqali yoki doimiy faoliyat ko’rsatadigan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida, shuningdek maktabgacha ta’lim tashkilotlariga jalb qilinmagan bolalar uchun maktablarda, mahallalarda tashkil etilgan qisqa muddatli guruhlar yoki “Bir yillik majmubriy ta’lim”da oladi. Ota-onalarga maktabgacha ta’lim shaklini tanlash huquqi beriladi.
Maktabgacha yoshdagi bolaning maktab ta’limiga o’tishi hamisha uning hayoti, axloqi, qiziqish va munosabatlarida anchayin jiddiy tub o’zgarishlarni yuzaga chikaradi. SHuning uchun maktabgacha yoshdagi bolani maktabgachada yoki uydayoq, maktab ta’limiga tayyorlash, uni uncha qiyin bo’lmagan bilim, tushuncha, ko’nikma va malakalar bilan tanishtirish kerak bo’ladi. Bunday tanishtiruv moslashuv davrining jiddiy qiyinchiliklaridan xalos bo’lishga yordam beradi.Mutaxassislarning fikriga ko’ra “maktabga tayyorgarlik” tushunchasi bolani maktabga tayyorlashning quyidagi yo’nalishlarini o’z ichiga oladi: jismoniy, shaxsiy (ruhiy), aqliy va maxsus tayyorgarlik.
Jismoniy tayyorgarlik bolaning sog’lomligi, harakat ko’nikmalari va sifati, qo’l mushaklari va ko’rish-mator muvofiqligi rivojlanganligi bilan izohlanadi.
“Rivojlanmaganlik”ning asosiy belgilari o’ziga xos jismoniy rivojlanishning alohida jihatlarida ko’rinadi. Masalan-suyak tuzilishida, past bo’yli bolalarda o’z yoshiga ko’ra tana, bo’yi va og’irligidagi nomutanosiblik, tanadagi muvozanat buzilishlari, yurak qon-tomir tizimidagi fiziologik yetishmovchiliklar, tez toliqishlar, jismoniy yuklamalarni bajarishdagi imkoniyatlari pastligi shular jumlasiga kiradi.
SHaxs (ruhiy) tayyorgarligida eng muxim jihat “bolaning ichki pozitsiyasi” shakllanganligidir yoki “motivatsion tayyorgarlik”, ya’ni o’quvchining kattalar va tengdoshlari bilan muomalada bo’lishiga, topshiriqni bajarishga, tengdoshiga yordam berishga bo’lgan ehtiyoji bilan birga maktabga borish istagini uyg’otish.SHaxs rivojlanishi ko’pincha oiladagi tarbiyaga bog’liq.Tortinchoq, qo’rqok, bolalar ko’proq, qat’iy nazoratda ushlab turiladigan, bola tashabbusi bo’g’iladigan oilalarda bo’ladi va oxir-oqibatda u faqatgina kattalar yoki birovning ruhsati bilan harakat qiladigan bo’lib qoladi.
Bolani maqtaydigan, noo’rin siylaydigan oilalarda ular ko’pincha boshqarilmaydigan, haddan tashqari faol, kattalar va tengdoshlari bilan muomala qilishni bilmaydigan, buyruq berishga va yetakchi bo’lishga intiladigan bo’lib tarbiyalanadi.
Bola o’z holiga qo’yib qo’yilgan, nazoratsiz, unga nisbatan befarqlik xukmron bo’lgan oilada voyaga yetayotgan bo’lsa, uning fe’l-atvorida hissiy ojizlik,g’amginlik, serzardalik, jangarilik, qat’iyatsizlik kabi salbiy alomatlar paydo bo’la boshlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |