Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati
-
Karimov I. Adabiyotga e’tibor – ma’naviyatga, kelajakka e’tibor. Toshkent: O‘zbekiston, 2009
-
Aliyeva D. Yozuvchining poetic olami// Jahon adabiyoti. 1998-yil, 12-son, 147-bet.
-
Aytmatov Ch. Asrga tatigulik kun. Qiyomat. Romanlar. – Toshkent.: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1989.
-
Aytmatov Ch. Tanlangan asarlar. Ikki tomlik.Toshkent.: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1978.
-
Fayzullayev O. Yozuvchining ilmiy fantaziyasi. Jahon adabiyoti jurnali. 2005 yil, iyun soni.
-
G’aniyev I., Ibragimov R. Chingiz Aytmatov va XXI asr. Toshkent. Akademnashr. 2013 y
-
Hakimov M. Alisher Navoiy lirikasi va xalq og’zaki ijodi. Toshkent. Fan, 1979.
-
Imomov K. O‘zbek xalq nasri poetikasi. Toshkent.: Fan, 2008.
-
Jbanova N. Chingiz Aytmatovning falsafiy mushohadalari. Til va adabiyot ta’limi, 1998 yil, 3-son
-
Jo‘rayev M. O‘zbek xalq nasri janrlarini tasnif qilish mezonlari // O‘zbek tili va adabiyoti, 1996, 5-son.
-
Jumanazarov U. Jasorat va sadoqat talqini. Toshkent.: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1989.
-
Jumanazarov U. Xalq prozasi va ijtimoiy-tarixiy hayot. Jizzax, 2006.
-
Jumayev Z. O‘zbek xalq tarixiy rivoyatlari. F.f.n. dissertasiyasi. Toshkent 2005.
-
Jumayev Z. O‘zbek xalq tarixiy rivoyatlari. Toshkent.: Fan, 2008.
-
Matjon O. Haqqush qichqirig’i. – Toshkent. Adabiyot va san’at, 1979
-
Meliyev S. “Asrga tatigulik kun”: roman badiiy strukturasining ayrim xossalari// O‘zbek tili va adabiyoti. 2010-yil, 2-son.
-
Mirzaahmedova P. Davrimiz allomasi. Jahon adabiyoti jurn. 2004-yil, 3-son.
-
O‘zbek xalq og’zaki poetic ijodi. Toshkent. O‘qituvchi, 1980.
-
O‘zbekiston Milliy Enseklopediyasi. 7-jild. 2007.
-
Qorayev S. Insonparvar adib//ma’rifat gazetasi. 2010-yil, dekabr.
-
Rashidov A. Chingiz Aytmatov olami. Toshkent.: O‘qituvchi, 2011.
-
Sarimsoqov B. O‘zbek folklorining janrlar sostavi// O‘zbek folklori ocherklari. 1-tom, Toshkent, 1988.
-
Sattorov U. O‘zbek xalq toponimik rivoyatlari (o‘ziga xos xususiyatlari va tasnifi). Filol.fanlari nomz.diss.avtoref. – Toshkent, 2001.
-
Seydanov X. Chingiz Aytmatov va o‘zbek adabiyoti. – Toshkent.: O‘zbekiston, 1999.
-
Sizdiqboyev N. Chingiz Aytmatov badiiyatining ayrim qirralari// Til va adabiyot ta’limi. 2008 yil, 12-son.
-
SolijonovY., Abdukarimov T. Chingiz Aytmatov – inson va tabiat kuychisi. Farg’ona, 2008.
-
Suvon Meli. Badiiy tragizm qirralari. (Chingiz Aytmatovning “Asrni qaritgan kun” romani asosida) // O‘zbek tili va adabiyoti. 2002 yil, 2-son.
-
Suvonov O. Xalq qo‘shiqlari, afsona va rivoyatlar. Tarbiya jurnali 2013 y. 1-son.
-
Umirov S. Dorilfununlar taqdirimda. Toshkent: Sharq, 2008
-
Valixo‘jayev B. O‘zbek epik poeziyasi tarixidan. Toshkent, 1974.
-
Xoliqova D. Hozirgi o‘zbek she’riyatida folklor an’analari va badiiy mahorat. Filol.fanlari nomz.diss.avtoref. – Toshkent, 2011.
-
Yo‘ldoshev Q va boshqalar. Adabiyot. 7-sinf uchun darslik. Toshkent, 2009.
-
Yusupov H. Asrga tatigulik umr. “Nur” gazetasi, 2008 yil, 19-iyun.
-
Эмелянов Л.И. Методологические вопроса фольклористики. 1978. 176-bet.
-
www. Ziyonet.uz.
-
www. adabiyot.uz.
-
www. news.uz.
Navoiy davlat pedagogika instituti Magistratura bo`limi O`zbek tili va adabiyoti mutaxassisligi bitiruvchisi Bobomurodova Dilfuzaning
„Chingiz Aytmatov asarlarida rivoyatlarning qo`llanilishi („Asrga tatigulik kun“ va „Oq kema“ misolida)“ mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasiga Navoiy konchilik kolleji direktori f.f.n U.Sattorovning
T A Q R I Z
Ma’lumki, jahon adabiyoti namoyondalari folklor asarlaridan ilhom olib, ajdodlarimiz dunyoqarashi, jamiyat va tabiatga munosabati, kundalik hayoti va ruhiy kechinmalarini o’z asarlarida aks ettirishga harakat qilganlar.
Afsona va rivoyatlar syujetidan foydalangan holda badiiy asar yaratish qirg’iz adibi Chingiz Aytmatovning asarlarida ko’zga tashlanadi.
Ushbu magistrlik dissertatsiyasi “Chingiz Aytmatovning asarlarida rivoyatlarning qo’llanilishi” deb nomlanib, ish Kirish, 3 asosiy bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat. Kirishda mavzuning dolzarbligi, o’rganilish darajasi, maqsad va vazifalari, ilmiy yangiligi kabi an’anaviy masalalar yoritilgan.
Ishning I bobi “Rivoyatlar talqinida folklorning estetik ahamiyati” deb nomlangan bo’lib, bunda tadqiqotchi rivoyat janri, uning o’ziga xos xususiyatlari, asar kompozitsiyasida tutgan o’rni, folklor an’analarini qo’llashda Chingiz Aytmatov mahorati kabi masalalar yoritilgan.
Ishning II bobi “Badiiy asar tuzilishida rivoyat va badiiy talqin” deb nomlanib, bunda dissertant “Oq kema” qissasidagi voqealarni rivoyatlar bilan uzviy aloqadorligini ko’rsatib berishga harakat qilgan.
“Asrga tatigulik kun” romanining kompozitsiyasi va rivoyatlarning badiiy uyg’unligi, “Nayman ona manqurt o’g’il” haqidagi rivoyatning badiiy qimmati, “Raymali og’a va Begimoy” rivoyatida sevgi-muhabbatning tarannum etilishi kabi masalalar ishning III bobi mazmunini tashkil qiladi.
Tadqiqotchi mazkur magistrlik dissertatsiyasida tadqiqotning barcha talablariga amal qilgan. Dissertatsiya nazariy fikrlar bilan boyitilgan. Chuqur mulohaza va ilmiy qarashlar esa dissertantning qobiliyatidan darak beradi.
Mazkur magistrlik dissertatsiyasi DAK talablariga to`liq javob beradi va uni himoya qilish uchun tavsiya qilish mumkin deb hisoblayman.
Taqrizchi: f.f.n. U.Sattorov
Do'stlaringiz bilan baham: |