Himoyaga olib chiqilayotgan asosiy holatlar:
1. Shoir she’rlarida, ayniqsa, to‘rtliklarida xalqimiz yaratgan maqol, matal, aforizm kabi hikmatli iboralar – paremalarga juda yaqin bo‘lgan falsafiy mohiyat, xalqona donolik mujassamdir.
2. Shoir she’rlarida qo‘llanilgan poetik so‘zlar, frazeologizmlarning mikroanalitik tahlilida ularning xalq donishmandligi va xalqona iboralar mohiyatidan kelib chiqqani ma’lum bo‘ladi.
3. Abdulla Oripov she’riyatida xalqona ruh ifodasi bo‘lgan ona tiliga ehtirom estetik tamoyil darajasiga ko‘tarilgan va u shoir she’riyati milliyligini ta’minlovchi asosdir. Shoir jonli xalq tili unsurlariga adabiy ruh bergan.
Do'stlaringiz bilan baham: |