Ishning ilmiy yangiligi. Ishda Abdulla Oripov she’riyatining til badiiyati masalasi birinchi bor tadqiq qilinib, ilmiy-nazariy xulosalar chiqarildi. Shoir she’riyatida poetik tasvir va xalq tili aloqalarini tadqiq etish ishning o‘ziga xos ilmiy yangiligini belgilashga xizmat qiladi. Shuningdek, ishda muammoning quyidagi jihatlarini yangilik sifatida qayd etish lozim:
– Abdulla Oripovning to‘rtliklaridagi falsafiy mazmun xalq qalbidan mustahkam o‘rin olish sabablari ochib berildi;
– shoir “men”i bilan ijtimoiy fikri orasidagi mushtaraklik o‘rganildi;
– shoir jonli xalq tilidan mohirona foydalanib, adabiy til va xalq tilini mushtarak idrok etgan degan xulosaga kelindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |