59
5.2. Klassifikatorlar. Kamerali gidravlik klassifikatorlar
Boyitish fabrikalarida ishlatiladigan gidravlik klassifikatorlarni shartli ravishda 2
guruhga bo‘lish mumkin:
1. Ajralish gravitatsion va muhitning qarshilik kuchi
asosida amalga oshadigan
klassifikatorlar (kamerali, konusli, spiralli, piramida shaklidagi klassifikatorlar).
2.
Yuqoridagi kuchlardan tashqari markazdan qochuvchi kuch ta’sir qiladigan
klassifikatorlar.
Bu klassifikatorlar mahsulotni gravitatsion
usulda boyitishdan oldin
tayyorlash klassifikatsiyasi uchun ishlatiladi. Klassifikatorlar 2, 4, 6, yoki 8 ta
kameradan iborat bo‘lib, kameralar soni markadan keyin ko‘rsatiladi (KG-2, KG-4,
KG-6, KG-8). Kameralarning kengligi mahsulot berilishi tomonidan mahsulot
quyilishi tomonga ortib boradi. Kamerali gidravlik klassifikator o‘lchamlari ketma-
ket kattalashib boruvchi va yuqori qismida bitta butana oqimi bo‘ylab
kengayib
boruvchi umumiy tarnovchaga ega bir qator piramida shaklidagi kameralardan
iborat. Dastlabki bo‘tana tarnovchaning
tor qismiga berilib, u klassifikator
kameralarini to‘ldiradi va tarnovchaning keng qismidan oqib tushadi.
Mineral
zarrachalar o‘zlarining suvda tushish tezliklariga qarab, ma’lum yiriklikdagi
sinflarni hosil qilib har xil kameralarda cho‘kadi.
Eng mayda fraktsiya quyulma
bilan chiqib ketadi.
23-rasm.
Kamerali gidravlik klassifikatorlar:
1-uzatma vali; 2-shkiv; 3-klapan sterjeni; 4-gildirakdagi mushtukcha;
5-chuvalgchangsimon gildirakcha: 6- ichi bush val aralashtirgichlari bilan;
7-bo‘shatish klapanining shari: 8-suvni sozlash uchun kran.
Har qaysi piragidal kameraga tsilindr va konusli nasadka ulanadi. Cho‘kkan
mahsulot davriy ravishda ochiladigan klapan orqali konusli uchlikdan chiqarib
olinadi. Klasifikatorning tsilindr qismiga kameraning
piramida qismida yuqoriga
ko‘tariluvchi aylana oqim hosil qiladigan tarzda urinma bo‘yicha bosim ostida suv
beriladi. Yuqoriga xarakatlanuvchi suv oqimi cho‘kkan mahsulotdan mayda
zarrachalarni yuvib yuqoriga olib chiqadi. Kameraning
pastki toraygan sharoitida
60
sodir bo‘ladi. Kameraning pastki qismiga cho‘kkan fraktsiya 1,5 aylana (min
tezlikda xarakatlanuvchi aralashtirgich yordamida g‘ovaklantiriladi.
Kamerali klassifikatorlarning uzunligi 3,7 dan 7,4 m gacha,balandligi - 2,8
dan 4,2 m gacha, i/ch unumdorligi 2 mm li mahsulotda 15 dan 25 t/soat, bunda suv
sarfi 30-160 l/min.
Gidravlik klassifikatorlarning afzalligi - cho‘kkan mahsulotni avtomatik
bo‘shatish va klassifikatsiyani boshqarish mumkinligi.
Do'stlaringiz bilan baham: