Asosiy yozuv
Asosiy yozuvning o‘lchamlari uni to‘ldirish namunasi 9.6-shaklda ko‘rsatilgan. unda belgilangan kataklarni quyidagicha to‘ldirish mumkin.
1-katak. chizmaning nomi.
2-katak. chizmaning kodli belgisi, (7-shrift bilan yoziladi). chizma kodi, masalan, quyidagicha bo‘lishi mumkin:
chgig.gch.9-95.02.001
bu yerda chgig - chizma geometriya va muhandislik grafika kafedrasi, gch - geometrik chizmachilik (pch - proeksion chizmachilik, mch - mashinasozlik chizmachiligi), 9-95 - talaba guruhi raqami, 02 - talabaning varianti raqami, 001 - bajarilayotgan qog‘ozning tartib raqami.
3-katak. detalning materiali.
4-katak. chizmaning literi. o‘ - o‘quv, k - kurs ishi, d - diplom ishi, l - loyiha.
5-katak. buyumning vazni.
6-katak. chizmadagi tasvir masshtabi.
7-katak. qog‘ozning tartib raqami.
8-katak. hujjatdagi umumiy qog‘ozlar soni.
9-katak. hujjatni tayyorlagan korxonaning nomi.
10-katak. chizmani tayyorlanishiga mas’ul shaxslar imzosi.
11-katak. chizmani tayyorlanishiga mas’ul shaxslar familiyasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |