Asosiy vositaning iqtisodiy mazmuni va nazariy asoslari 4


Asosiy vositalarning buxgalteriya hisobida aks ettirilishi



Download 279 Kb.
bet3/8
Sana08.06.2022
Hajmi279 Kb.
#643269
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Asosiy vositalar

Asosiy vositalarning buxgalteriya hisobida aks ettirilishi


Uzoq muddatli aktivlar korxonaga iqtsisodiy naf yoki daromad keltiradigan, foydalanish muddati bir yildan ortiq bo’lgan mol- mulklardir.
Uzoq muddatli aktivlar tarkibida asosiy vositalar katta salmoqqa ega bo’lib, xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatida kata ro’l o’ynaydilar.
Qurilish tashkilotlari boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar singari asosiy vositalarning sintetik va analitik hisobini respublikamizning qonunlari va qonun osti hujjatlari asosida olib borishlari lozim.
2002 yil 1 yanvardan joriy etilayotgan buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi (21-son BHMS)ga muvofiq asosiy vositalarning sintetik hisobi 0100-«Asosiy vositalar hisobi schyotlari» tizimida ochiladigan schyotlarda olib boriladi.
Asosiy vositalarni buxgalteriya hisobida hisobga olish uchun quyidagi hisobvaraqlar ochilgan:
0110-«Yer»;
0111-«Yerni obodonlashtirish»;
0112-«Moliyaviy lizing shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalarni o’zlashtirish»;
0120-«Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar»;
0130-«Mashina va jihozlar»;
0140-«Mebel va ofis jihozlari»;
0150-«Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasi»;
0160-«Тransport vositalari»;
0170-«Ishchi va mahsuldor hayvonlar»;
0180-«Ko’p yillik ekinlar»;
0190-«Boshqa asosiy vositalar»;
0199-«Konservatsiya qilingan asosiy vositalar».
Ushbu hisobvaraqlar aktiv bo’lib, ularning debet tomonidagi saldo korxonada mavjud asosiy vositalarning dastlabki qiymatini aks ettiradi. Asosiy vosita ob’ektlarining ko’payishi hisobvaraqlarning debet tomonida, kamayishi esa kredit tomonida aks ettiriladi.
Asosiy vositalar korxonaga qabul qilinayotganda maxsus tuzilgan komissiya tomonidan asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasini tuzish bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu dalolatnomada asosiy vositalarning dastlabki bahosi, eskirish summasi, qabul qilinayotgan vositaning qisqacha tavsifi, komissiya a’zolarining ismi-sharifi, moddiy javobgar shaxs tomonidan qabul qilinishi ko’rsatiladi. Bunda ushbu dalolatnomaga ta’riflovchi texnik va boshqa hujjatlar ilova qilinadi, dalolatnoma esa korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi tasdiqlangandan so’ng korxona buxgalteriyasiga beriladi, shu dalolatnoma asosida har bir ob’ektga inventar varaqasi ochiladi.
Тegishli shartnomalar asosida korxona mutaxassislari va chetdan jalb etilgan mutaxassislar kuchi bilan barpo etilgan asosiy vositalar ob’ektlari 0810-«Тugallanmagan qurilish» hisobvarag’ining krediti bilan korrespondensiyada 0110-0190-hisobvaraqlar debeti bo’yicha haqiqiy tannarxiga qarab asosiy vositalar sifatida kirim qilinadi.
Korxonaning o’z kuchi bilan qurilgan asosiy vositalar ob’ektlarining balans qiymatiga o’sib boruvchi yakun bilan barcha bevosita xarajatlar: material, ishchi kuchi va boshqa xarajatlar, shuningdek qurilish jarayoniga bevosita daxldor bo’lgan qo’shimcha xarajatlar kiritiladi.
O’sib boruvchi yakun bilan hisoblangan xarajatlar qurilish davomida 0810-«Тugallanmagan qurilish» hisobvarag’ida aks ettiriladi. Qurilish tugallanguniga qadar bino 0120-«Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar» hisobvarag’ida hisobga olinmaydi, chunki u hali foydalanishga topshirilmagan. Qurilish tugallanganidan keyin va foydalanishga topshirilganida 0810-hisobvaraqda jamlangan barcha xarajatlar summasi 0120-«Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar» hisobvarag’iga o’tkaziladi hamda keyingi oydan boshlab undan amortizatsiya hisoblanishi lozim.
Ma’lumki asosiy vositalarni ishlab chiqarish jarayonida uzoq muddat mobaynida ishlatilishi, ularni ana shu muddat mobaynida tabiiy kuchlar ostida jismoniy, ilmiy texnik taraqqiyot natijasida esa, ma’naviy eskirishga olib keladi. Buxgalteriya hisobi tamoyillariga muvofiq asosiy vositalarning qiymati ularni ana taxmin qilinayotgan ishlatish muddati mobaynida, ular foyda keltiradigan hisobot davri mobaynida teng ravishda taqsimlanishi kerak.
Umuman olganda, asosiy vositalarga eskirish hisoblashning asosiy maqsadi bu turdagi aktivlarni qayta tiklash va qayta ishlab chiqarishdir.
Asosiy vositalarga eskirish hisoblashda «Asosiy vositalar» nomli 5-son BHMSga muvofiq asosiy vositalarga quyidagi usullarda amortizatsiya hisoblanadi.
Тo’g’ri chiziqli usulda amortizatsiya hisoblash. Тo’g’ri chiziqli usul deb tugatilgan qiymati ayrilgan asosiy vositalar ob’ekti qiymatini davrlar bo’yicha foydalanish muddati dav omida teng nisbatda hisoblash usuliga aytiladi. Amortizatsiya summasi amortizatsiyalanayotgan qiymatni (tugatish qiymati ayrilgan ob’ektning dastlabki qiymatini) ko’zda tutilgan foydalanish davrlari soniga bo’lish yo’li bilan topiladi:
Yillik amortizatsiya summasi = (dastlabki qiymati–tugatish qiymati) /xizmat qilish muddati.
Bajarilgan ish hajmiga ko’ra amortizatsiya hisoblash. Bajarilgan ish hajmiga nisbatan amortizatsiyani hisoblash usuli asosiy vositalarning har hisobot yilida bajargan ishining hisobiga asoslangan. Mazkur usul bilan eskirishning har yilgi qiymatini hisoblash uchun jami foydalanish muddati davomida umumiy baholangan ishlab chiqarish ni hamda har bir aniq yildagi ishlab chiqarishni oldindan aniqlash lozim. Ishlab chiqarish sifatida ishlab chiqarilgan mahsulot, ishlangan soatlar miqdori va hokazolar olinishi mumkin.
Qoldiqli kamayish usulida amortizatsiya hisoblash. Kamayib boruvchi qoldiq usuli aktivdan foydalanish muddatida amortizatsiya summasining doimo kamayib borishini ifodalaydi. Ushbu usulda eskirish me’yori asosiy vositalarning qoldiq qiymatiga ko’paytiriladi. Odatda, bu usulda amortizatsiya me’yori ikki hissa qilib olinadi.
Kumulyativ usulda amortizatsiya hisoblash. Kumulyativ usul (yillar yig’indisi usuli)da har yilgi amortizatsiya me’yori amortizatsiya muddati yakuniga qadar qolgan amortizatsiyalanadigan qiymatning bo’lagi sifatida belgilanadi. Bo’lak amortizatsiya hisobining tugagunicha qolgan to’liq yillar yig’indisini amortizatsiya muddatini belgilaydigan yillarning tartib soniga bo’lib aniqlanadi.
Asosiy vositalarning eskirishini hisobga olish uchun hisobvaraqlar rejasida quyidagi hisobvaraqlar ochilgan:
0211-«Yerni obodonlashtirishning eskirishi»;
0212-«Moliyaviy lizing shartnomasi bo’yicha olinib o’zlashtirilgan asosiy vositalarning eskirishi»;
0220-«Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalarning eskirishi»;
0230-«Mashina va jihozlarning eskirishi»;
0240-«Mebel va ofis jihozlarining eskirishi»;
0250-«Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasining eskirishi»;
0260-«Тransport vositalarining eskirishi»;
0270-«Ish hayvonlarining eskirishi»;
0280-«Ko’p yillik ekinlarning eskirishi»;
0290-«Boshqa asosiy vositalarning eskirishi»;
0299-«Moliyalanadigan lizing shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalarning eskirishi».
Asosiy vositalarga eskirish hisoblanganida, eskirish summalari xarajatlarga o’tkaziladi. Eskirish summasi ishlab chiqarish xarajatlariga o’tkazilganida quyidagicha yozuv qilinadi:
D-t. 2010-2710 -«Ishlab chiqarish xarajatlari hisobvaraqlar».
K-t. 0211-0299- «Asosiy vositalar eskirishini hisobga oluvchi hisobvaraqlar».
Agarda eskirish davr xarajatlariga o’tkazilsa quyidagicha yozuv qilinadi:
D-t. 9420-«Ma’muriy xarajatlar».
K-t. 0211-0299-«Asosiy vositalar eskirishini hisobga oluvchi hisobvaraqlar».
Har hil turga nisbatan amortizatsiya hisoblashning turli usullarini qo’llashga yo’l qo’yiladi. Asosiy vositalarning bir hildagi ob’ektlari bo’yicha faqat bir hil usul qo’llaniladi.
Amortizatsiya hisoblashning tanlangan usuli korxonaning hisob siyosati bilan belgilanishi va bir hisobot davridan boshqasigacha yil davomida o’zgarmagan holda ketma-ket qo’llanishi lozim.
Qurilish tashkilotlarida asosiy vositalar ularning sotilishi, tugatilishi, bepul berilishi, ta’sis badali sifatida kiritilishi va boshqa chiqimlari hisobidan kamayishi mumkin.
Asosiy vositalarni tugatish ularning to‘liq amortizatsiya qilinganligi yoki qilinmaganligidan qat’iy nazar ekspluatatsiya qilish holati yo‘qotilgan hollarda amalga oshiriladi. Buning uchun qurilish tashkiloti rahbari buyrug‘i bilan likvidatsiya komissiyasi tuziladi. Likvidatsiya komissiyasi tarkibiga korxona xodimlaridan tashqari qiziquvchi organlar (hokimiyat va boshqalar) vakillari ham kiritilishi mumkin. Komissiya likvidatsiya natijalarini maxsus likvidatsiya dalolatnomasi (OS-4 shakl) bilan rasmiylashtiradi. Ushbu dalolatnoma likvidatsiya natijalarini buxgalteriya hisobi schyotlarida yuqorida keltirilgan tartibda aks ettirishga asos bo‘ladi.
Umumdavlat soliqlarini to‘lovchi qurilish tashkilotlarida sotilgan asosiy vositalarning so tish qiymati (Sq) qoldiq qiymat (Qq)dan katta bo‘lsa (Sq  Qq), u holda ular QQS to‘lovchi hisoblanadi. Agar sotish qiymati (Sq) qoldiq qiymat (Qq)dan kichik bo‘lsa (Sq  Qq) yoki ular o‘zaro teng bo‘lsa ( Sq = Qq), u holda qurilish tashkilotlari QQS to‘lovchi hisoblanmaydilar. Asosiy vositala rni ta’sis badali sifatida kiritilishi Soliq kodeksiga muvofiq QQSga tortilmaydi.
Ushbu jarayonlar hisobda quyidagi 1-jadvalda ko’rsatilganidek, buxgalteriya o‘tkazmalari bilan aks ettiriladi.

Download 279 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish