Asosiy vositalarning chiqib ketishishini hisobga olish” mavzusida


Asosiy vositalarning dastlabki qiymatini aniqlash va qayta baholash natijalari hisobi



Download 139 Kb.
bet8/8
Sana28.04.2022
Hajmi139 Kb.
#587860
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 5422627220310988758

. Asosiy vositalarning dastlabki qiymatini aniqlash va qayta baholash natijalari hisobi


5-son BHMSning 20-bandiga muvofiq, majburiyatlari umumiy summada ifodalangan asosiy vositalar obyektlarining boshlang’ich qiymati mazkur summani asosiy vositalarning alohida obyektining joriy qiymatiga mutanosib ravishda taqsimlash yo’li bilan aniqlanadi. Bu yerda, nazarda tutiladiki, agar xo’jalik yurituvchi subyekti buxgameriya hisobida alohida ilentifikatsiyalanaligan asosiy vositalarning bir necha obyektini bitta shartnomaviy qiymatga sotib olsa, bunday holatda umumiy summaga sotib olingan asosiy vositalar har bir obyektining kirim qilinishi lozim bo’lgan qiymati, yani boshlang’ich qiymati sotib olingan asosiy vositalar obektlarining umumiy bozor qiymatidagi har bir obyektning bozor qiymati ulushiga qarab aniqlanadi. Ushbu me’yor mohiyatini quyidagi -misolda ko’rib chiqamiz. 4-misol. "Hamkor" MChJ 2006 yil 20 mayla "Operativ" AJdan mulkiy majmuani 250000 m.so’m bo’lgan umumiy summaga sotib oldi. Ushbu mulkiy majmua quyidilardan iborat: ishlab chiqarish binosi, minorali inshoot va madanli ichimliklarni quyish bo’yicha texnologik liniya. 2006 yil 25 mayda xarid bo’yicha barcha summa to’lab berildi. Ko’chmas mulkni ro’yxatga olish, davlat boji to’lovi, brokerlik haqi bilan bog’liq sarflar, shuningdek aktivni ishchi holatga keltirish bilan bevosita bog’liq boshqa xarajatlar, shu jumladan sotib olingan mulkni baholash bo’yicha sarflar jami 50000 m.so’mni tashkil etdi. Baholovchi kompaniyaning xulosasiga ko’ra asosiy vositalarning har bir obyekti quyidagi tarzda baholandi: ishlab chiqarish binosi 160000 m.so’m, minorali inshoot 120000 m.so’m, texnologik liniya 80000 m.so’m. Baholovchi kompaniyaning xulosasidan kelib chiqib, har bir asosiy vositalar obyektining bozor qiymatining sotib olingan asosiy vositalar obyektlarining umumiy bozor qiymatidagi ulushini osonlikcha aniqlash mumkin bo’lali. Ular quyidagi ko’rinishga ega:

Asosiy vositalar


obyekti

Bozor qiymati


Bozor qiymatining ulushi


Ulush hisob-kitobi


Ishlab chiqarish binosi


160 000

4/9

160 000/360000


Minorali inshoot


120 000

1/3

120 000/360000


Тexnologik liniya


80 000

2/9

80 000/360 000


Jami:

360 000






Yuqorida keltirilgan mulkii majmuani sotib olish va uni ishchi holatiga keltirish bilan bog’liq umumiy xarajatlar summasi 300 000 m.so’mga teng (250000+50000 m.so’m) bo’lgani sababli, sotib olingan asosiy vositalar har bir obyektning boshlang’ich qiymati quyidagi ko’rinishga ega:

Asosiy vositalar obyekti


Boshlang'ich qiymat


Bozor kiymatining


ulushi

Hisob-kitob


Ishlab chiqarish binosi


133 000

4/9

(4/9x300 000)


Minorali qurilma


100 000

1/3

(1/Zx300000)


Тexnologik liniya


67 000

2/9

(2/9x300 000)


JAMI:



300 000





"Hamkor" MChJ buxgalteriya hisobida mulkiy majmuani sotib olish bilan bog’liq operatsiyalar quyidagicha aks ettirilali:
a) asosiy vositalar obyektlarini xarid qilishning umumiy summasiga: Dt 0820 -"Asosiy vositalarni xarid qilish" schyoti - 250000 m.so’m, Kt 6010 -"Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar" schyoti-250000 m.so’m.
b) xarid qilingan asosiy vositalar obektlari haqini to’lash: Dt 6010 - «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar» schyoti-250000 m.so’m, Kt 5110 - «hisob-kitob schyoti" schyoti- 250000 m.so’m.
v) asosiy vositalar obektlarini xarid qilish va ularni ishchi holatga keltirish bilan bog’liq xarajatlar summasiga: Dt 0820 - «Asosiy vositalarni xarid qilish" schyoti- 50000 m.so’m, Kt 6990 - «Boshqa majburiyatlar" schyoti -50000 m.so’m.
g) xarid qilingan asosiy vositalar obyektlarini kirim qilish (foydalanishga topshirish): Dt 0120 - «Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar ishlab chiqarish binosi" schyoti-133000 m.so’m, Dt 0120 - «Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar minorali inshoot" schyoti- 100000 m.so’m, Dt 0130 - «Mashinalar va uskunalar texnologik liniya" schyoti- 67000 m.so’m, Kt 0820 - «Asosiy vositalarni sotib olish" schyoti -300000 m.so’m.
5-son BHMSning 21 moddasida buxgalteriya hisobiga qabul qilingandan so’ng asosiy vositalarning qiymati, O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida va mazkur standartda belgilangan holatlardlan tashqari hollarda, o’zgartirilmasligi nazarda tutilgan. Masalan, 5-son BHMSga muvofiq, buxgalteriya hisobiga qabul qilingan asosiy vositalarning boshlang’ich qiymatini o’zgartirishga qo’shimcha qurilish, qo’shimcha jihozlash, rekonstrukiiya qilish, zamonaviylashtirish, texnik qayta qurollantirish, qisman tugatish va asosiy vositalarni qayta baholash holatlarida ruxsat etiladi. Qo’shimcha qurish, qayta jihozlash, zamonaviylashtirish ishlariga asosiy vositalar obyektining texnologik yoki xizmat vazifasini ortiqcha yuklamalar va boshqa yanada yaxshilaydigan sifatlar orqali o’zgartirishlar natijasida kelib chiqadigan ishlar kiritiladi. Yani asosiy vositalar obyekti bilan bog’liq amalga oshirilgan keyingi xarajatlar aktiv sifatida tan olinishi mumkin, qachonki ular asosiy vositalar samaradorligini dastlab hisoblangan meyorlarini sezilarli ravishda oshirish yoki asosiy vositalarning ushbu obyektini dastlab balansga qabul qilishda belgilangan xizmat qilish meyori jiddiy tarzda uzaytirish yo’li bilan ularning holatini yanada muhim ravishda yaxshilashga olib kelsa. Odatda, qayta tiklash ishlarida ishlab chiqarishni takomillashtirish va texnik iqtisodiy ko’rsatkichlarini oshirish bilan bog’liq asosiy vositalarning mavjud obyektlari qayta o’zgartiriladi va ushbu ishlar ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, mahsulot (ish, xizmatlar) sifatini yaxshilash va nomenklaturasini o’zgartirish maqsadida asosiy vositalarni qayta tiklash loyihasi bo’yicha amalga oshiriladi. Тexnik qayta qurollanish deyilganda ilg’or texnika va texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, manaviy jihatdan eskirgan va tabiiy ravishda yemirilgan uskunalarni o’ta unumdor yangilari bilan almashtirish va zamonaviylashtirish asosida asosiy vositalar yoki ularning alohida qismlarining texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini oshirish bo’yicha kompleks tadbirlar tushuniladi. Yuqorida qayd etilganidek, asosiy vositalar obyektini qo’shimcha qurish, qo’shimcha jihozlash, rekonstrukiiya qilish, zamonaviylashtirish va texnik qayta qurollantirishga xarajatlari tugallanishi natijasida asosiy vositalar obyektining dastalabki qabul qilingan amal qilishi meyorining ko’rsatkichlarini oshishi sababli, ushbu xarajatlar mazkur obyektlarning boshlang’ich qiymatini oshiradi. Asosiy vositalarning dastlab tan olingan qiymatini o’zgartirish mumkin bo’lgan keyingi sabab ularni qayta baholashdir. Masalan, asosiy vositalarni qayta baholash deganda, asosiy vositalar obyektlarining qayti tiklash qiymatini bozor narxining hozirgi darajasiga mos keltirish maqsadida vaqti-vaqti bilan aniqlashtirish tushuniladi. Хo’jalik yuritish amaliyotida asosiy vositalarning boshlang’ich qiymati O’zbekiston Respublikasi hukumati qarorlari bilan ham qayta baholanishi mumkin. Bunday vaziyatda asosiy vositalar qayta baholash natijasida buxgalteriya hisobi va hisobotida joriy qiymati bo’yicha aks ettirilishi kerak. Bunda 5-son BHMSga muvofiq, joriy qiymat deganda asosiy vositalarning muayyan sanaga qadar bo’lgan holatga ko’ra amaldagi bozor narxlari bo’yicha qiymati yoki bitim tuzishni xohlagan, xabardor, bir-biriga bog’liq bo’lmagan tomonlar o’rtasida bitim tuzilgan holda aktivni egallash yoki majburiyatlarni bajarish uchun yetarli bo’lgan summa tushuniladi. Asosiy vositalarning boshlang’ich (qayta tiklash) qiymati qayta baholangan holda, ularning qayta baholash sanasiga qadar to’plangan eskirish summasi asosiy vositalar boshlang’ich (qayta tiklash) qiymatining tegishli o’zgarish indekslariga nisbatan tuzatiladi va keyinchalik eskirish hisoblanishi qayta baholangan qiymatdan kelib chiqib amalga oshiriladi. Ma’lumki, asosiy vositalar hujjatlar asosida tasdiqlangan bozor narxi bo’yicha bevosita qayta hisoblash yoki indekslash yo’li bilan qayta baholanishi mumkin.18 Agar qayta baholash natijasida asosiy vositalarning bahosi oshadigan bo’lsa, asosiy vositalar obyektining qo’shimcha oshgan bahosi summasi zaxira kapitali tarkibidagi 8510 - «Mulkni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar" schyotiga olib boriladi. Biroq, qayta baholash natijasida asosiy vositalar, shuningdek arzonlashishi ham mumkin. Bunda, qayta baholash natijasida asosiy vositalar obyekti bahosining arzonlashgan qismi summasi ushbu obyekt bo’yicha oldingi hisobot davrlarida o’tkazilgan qayta baholash natijasida hosil bo’lgan qo’shimcha oshgan baho summasi miqdorida zaxira kapitalini kamaytirishga, yani 8510 - «Mulkni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar" schyotiga olib boriladi. Asosiy vositalar obyekti bahosining arzonlashgan qismi summasining ushbu obekt bo’yicha qo’shimcha oshgan baho summasidan ortiqcha miqdori 9430 - «Boshqa operatsion xarajatlar" schyotiga olib boriladi. Hisobot yilining birinchi sanasiga bo’lgan holatida o’tkazilgan asosiy vositalarni qayta baholash natijalari buxgalteriya hisobida aks ettirilishi lozim. Qayta baholash natijalari oldingi hisobot yili uchun tuzilgan moliyaviy hisobot malumotlariga kiritilmaydi va hisobot yilining boshlanish sanasidagi moliyaviy hisobot malumotlarini shakllantirishda qabul qilinadi. Bunda, oldingi yil oxiri holatidagi malumotlarning hisobot yili boshlanishi holatidagi malumotlar bilan to’g’ri kelmasligi hisobot yilining birinchi sanasidagi holati bo’yicha o’tkazilgan asosiy vositalarning qayta baholanishi natijalari sifatida tushuntiriladi va u joriy davr uchun tuzilgan moliyaviy hisobotning tushuntirish xatida bayon etiladi.
Download 139 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish