Asosiy vositalarni hisobdan chiqarilishi maxsus tuzilgan kommissiya tomonidan asosiy vositalarni hisobdan chiqarish to’g’risidagi dalolatnoma (AV-3 shakli), avtotransport vositalarini hisobdan chiqarish dalolatnomasi (AV-4 shakli) bilan rasmiylashtiriladi.
Ushbu hujjatlar asosida ular hisobining daftar yoki kartochka kabi registrlariga tegishli o’zgartirishlar kiritiladi.
Asosiy vositalarning hisobdan chiqishi va tugatilishi bilan bog’liq muomalalar 9210 - “Asosiy vositalarni chiqishi” hisobvarag’ida quyidagicha tartibda aks ettiriladi:
Asosiy vositalarning dastlabki qiymatiga DT 9210 KT 0110-0190
Hisobdan chiqarilgan asosiy vositalarning eskirish qiymatiga DT 02100299 KT 9210
Asosiy vositalarni tugatishda yordamchi ishlab chiqarishlar xizmatidan foydalanilganda DT 9210 KT 2310
Asosiy vositalarni tugatishda qatnashgan xodimlarga mehnat haqi va unga nisbatan ijtimoiy to’lov hisobanganda DT 9210 KT 6710, 6520
Asosiy vositalarni tugatishdan olingan turli materiallar summsiga DT 1050, 1090 KT 9210 va boshqalar
Sotilgan asosiy vositalar summasiga DT 4010 KT 9210
Asosiy vositalarni tugatishdan (sotishdan) moliyaviy natija (foyda) DT 9210 KT 9310, (zarar summasiga DT 9430 KT 9210).
Asosiy vositalar inventarizatsiyasi natijasida kam chiqqanda, tabiiy ofat yoki boshqa sabablar bilan hisobdan chiqarilganda DT 9210 KT 1010-1090; DT 0210-0290 KT 9210; DT 5910 KT 9210; DT 4730, 9430, 9720 KT 5910.
Asosiy vositalar inventarizatsiyasi natijasida aniqlangan foydalanishga yaroqsiz va tiklab bo’lmaydigan asosiy vositalar bo’yicha komissiya a’zolari buning sabablari aniqlangandan keyin talofatlarni hisbodan chiqarish bo’yicha tegishli takliflarni (aybdorlardan o’ndirish, ular aniqlanmaganda xarajatlarga
chiqarish) tayyorlashlari kerak. Tugatish komissiyasi asosiy vositalar qiymatini balansdan chiqarish tartibi to’g’risidagi Nizomga muvofiq asosiy vositalar alohida qismlaridan metallardan, metal chiqindilaridan va boshqalardan foydalanish imkoniyatini aniqlaydi, ularni baholaydi va boshqa funksiyalarni bajaradi.
Foydalanilgan adabiyotlar
Rizayev Ch. Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarining o'zaro bog'lanishi. T. 2011 y.
Ochilov I. K. va boshqalar. Moliyaviy hisob. O'quv qo'llanma. T.
2007 y.
Xolboyev D. Moliyaviy hisobot. O'quv qo'llanma. Samarqand. 2005 y.
Xolboyev D. Moliyaviy hisob. O'quv qo'llanma. Samarqand. 2012 y.
Urazov K.B va Vaxidov S.V Boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobining xususiyatlari. Darslik. T. 2011 y.
Эргашева Ш. Бухгалтерский учет.Учебное пособие.Т. 2010 г.