Reja:
1.Asosiy vositalarning mohiyati va turlari
2.Asosiy vositalarni ishchi holatda saqlash xarajatlari va keyingi kapital qo’yilmalar hisobi
3.Asosiy vositalarning chiqib ketishini hisobga olish
Asosiy vositalarning mohiyati va turlari.
O’zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Qonunning 4-moddasida «Asosiy va joriy aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, zahiralar, daromadlar va xarajatlar, foyda, zararlar hamda ularning harakati bilan bog’liq xo’jalik operatsiyalari buxgalteriya hisobining ob’ektlaridir»- deb ko’rsatib o’til-gan.
Buxgalteriya hisobini ob’ektlaridan biri hisoblanuvchi aktivlarni korxona faoliyatida ishlatish yoki foydalanish muddati nuqtai nazardan ikkita yirik guruhga ajratish mumkin:
Bir yildan ortiq muddat mobaynida foydalaniladigan aktivlarni «uzoq muddatli aktivlar» deb aytiladi va ular tarkibiga moddiy va nomoddiy aktivlar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |