Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
KIRISH
Mamlakatimizda fermer xo’jaligi haqli ravishda qishloq xo’jaligi ishlab
chiqarishining yetakchi bo’g’iniga, uni tashkil etishning asosiy shakliga aylandi.
Fermer xo’jaliklari qishloqda xo’jalik yuritishning eng qulay va samarali shakli
bo’lib, ularni yuqori unumli texnologiya va agrotexnik tadbirlarni amalga
oshirishda tarmoqning moddiy bazasi va texnik jihatdan jihozlanganlik darajasini
kuchaytirish mamlakatimiz qishloq xo’jaligini jadal rivojlanishiga xizmat
qilmoqda. Xususan, keyingi 10 yil davomida qishloq xo’jalik korxonalariga 35
mingdan ziyod qishloq xo’jaligi texnikasi va ixcham uskunalar yetkazib berildi.
Ulardan 11 mingdan ortig’i, jumladan qariyb 3 mingdan ko’p texnika vositasi
lizing asosida olindi.
Prezidentimizning 2012 yil 21 maydagi “2012-201 6 yillarda qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini yanada modernizasiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash Dasturi to’g’risida”gi qarorida ko’zda tutilgan tizimli chora-tadbirlar mazkur masalani hal etishga qaratilgan. Mazkur dastur qishloq xo’jaligi va qayta ishlovchi sanoat tarmoqlarini zamonaviy yuqori samaradorli, jahon talablari va standartlariga javob beradigan qishloq xo’jalik texnikasi va texnologik uskunalar bilan jihozlash darajasini oshirish, mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish, yetakchi xorijiy kompaniyalarning to’g’ridan-to’g’ri investisiyalarini jalb qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Izchillik bilan amalga oshirilayotgan agrar islohotlar tufayli fermer
xo’jaliklari qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining asosiy shakliga aylandi. Ular
tomonidan 2013 yilda 3 million 360 ming tonnadan ortiq paxta xom ashyosi, 7
million 800 ming tonna g’alla, 8 million 400 ming tonna sabzavot yetishtirildi.
Qishloq xo’jalik korxonalarida mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko’paytirish
bilan birga, mahsulot sifatini yaxshilash, tannarxini pasaytirish, sotishdan
olinayotgan foyda miqdorini ko’paytirishda, ishlab chiqarish faoliyatini mo’tadil
yurgizish va uning samaradorligini oshirish uchun asosiy vositalar bilan
ta’minlangan va ulardan samarali foydalangan bo’lishi qishloq xo’jalik korxonalari
oldida turgan muhim vazifalardan hisoblanadi. Chunki asosiy vositalardan
foydalanish samaradorligining oshishi mahsulot tannarxini pasaytirish, olinayotgan
foyda miqdorini ko’paytirish bilan birga, qishloq xo’jalik korxonalarini
iqtisodiyotini mustahkamlashga, mehnat unumdorligining oshishiga olib keladi.
O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirining 2003 yil 9-oktyabrda 11 4-son
buyrug’i bilan tasdiqlangan, Adliya Vazirligi tomonidan 2004 yil 20 yanvardagi
1299-son bilan ro’yxatdan o’tkazilgan “Asosiy vositalar” nomli 5-son BHMS
muvofiq “Asosiy vositalar – uzoq davom etadigan vaqt mobaynida (bir yildan
ko’proq vaqt davomida) moddiy ishlab chiqarish sohasida ham, noishlab chiqarish
sohasida ham amal qilinadigan, shuningdek ijaraga berish uchun foydalanadigan
moddiy aktivlardir” deyiladi. Asosiy vositalarni hisobga olishda ularni aktiv
sifatida tan olingan paytini belgilash, mazkur aktivlarga nisbatan qo’llaniladigan
ularning balans qiymatini va amortizatsiyani hisoblash usullarini belgilash,
shuningdek asosiy vositalarning balans qiymatidagi boshqa o’zgarishlarni va
ularning chiqib ketishi hisobiga moliyaviy natijalarni belgilash va hisobga olish
asosiy qoidalar hisoblanadi
Asosiy vositalardan foydalanish darajasi oshgan sayin ishlab chiqarish
rivojlanib, uning hajmi oshib boradi. Shuning uchun asosiy vositalar hisobini
takomillashtirish va ulardan foydalanish samaradorligi darajasini o’rganish asosida
mavjud imkoniyatlarni aniqlash katta ahamiyatga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |