Dt Uskunaning jamlangan amortizatsiyasi 350.000
Dt Uskunani hisobdan chiqarishdan zarar 200.000
Kt Dastgoh 550.000
Eslatma: BHMSga ko’ra asosiy vositalar va boshqa aktivlarni hisobdan chiqarishda vaqtinchalik (tranzit) hisobvaraq «Asosiy vositalarning chiqib ketishi» hisobvarag’i orqali aks ettiriladi.
Asosiy vositalarning chiqib ketishi natijasida paydo bo’lgan foyda va zararlar boshqa daromad va xarajatlar singari moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotida aks ettiriladi.
2. Asosiy vositalar sotilishi sababli chiqib ketishini qayd qilish. Asosiy vositalarni pulga sotishni aks ettiruvchi buxgalteriya o’tkazmalarida yukoridagiga o’xshash uning boshlang’ich qiymati va jamlangan eskirishso’mmasi ko’rsatiladi va shu bilan birga uni sotish natijasida olingan pul mablag’i ham aks ettiriladi. Misolimizdagi dastgohni sotilishini bir nechta holatlarni ko’rib chiqaylik:
Birinchi holat - sotish bahosi 200.000 so’mni tashkil qiladi, bu qoldiq qiymatiga teng va shunday qilib foyda yoki zarar mavjud emas.
Dt Pul mablag’lari 200.000
Dt Jamlangan amortizatsiya 350.000
Kt Dastgoh 550.000
Ikkinchi holat - asosiy vosita 150.000 so’mga, ya’ni balans qiymatidan kam qiymatda sotildi. Bu holda zarar 50.000 so’mni tashkil qiladi.
Dt Pul mablag’lari 150.000
Dt Jamlangan amortizatsiya 350.000
Dt Hisobdan chiqarishdan zarar 50.000
Kt Dastgoh 550.000
Uchinchi holat - asosiy vosita 280.000 so’mga, ya’ni balans qiymatidan ko’proq narxda sotildi. Bu holatda asosiy vositalarni sotishdan olingan qo’shimcha 80.000 so’m foyda sifatida aks ettiriladi.
Dt Pul mablag’lari 280.000
Dt Jamlangan amortizatsiya 350.000
Kt Asosiy vositani sotishdan olingan foyda 66.667
Kt Ko’shilgan qiymat solig’i 13.333
Kt Dastgoh 550.000
3 a). Asosiy vositalarni pulsiz asosida almashtirish. Buxgalteriya hisobi-ning xalqaro standartlari (BHХS)da asosiy vositalar ba’zi holda boshqa asosiy vositalarga yoki ko’rsatilayotgan xizmatlarga ayriboshlash inobatga olinadi. Bun-day ayriboshlash harid qilish maqsadida ham, asosiy vositalarni hisobdan chiqa-rish maqsadida ham amalga oshiriladi. Asosiy vositalar bo’yicha pulsiz asosda
ayriboshlash deganda aktivlarni, majburiyatlarni yoki xizmatlarni, boshqa aktivlar, majburiyatlar yoki xizmatlar bilan ko’p bo’lmagan miqdordagi pulni jalb qilish bilan yoki umuman pul mablag’larni jalb qilmay ayriboshlash tushuniladi.
Agarda pul ifodasida bo’lgan ob’ektning haqiqiy qiymati chiqib ketgan yoki olingan aktivlar haqiqiy qiymatining 10% dan kamini tashkil qilsa, savdo pul-siz shakldagi bitim deb hisoblanadi.
BHХS ko’ra agar harid qilingan asosiy vositalarning haqiqiy qiymati aniq belgilangan bo’lmasa, u holda boshqa aktivlarga ayriboshlash orqali xarid qilingan aktivlar qiymati, berilgan aktivlarning haqiqiy qiymatiga teng deb hisoblanadi.
Agarda aktivlar turli toifada bo’lsa, unda ayriboshlash puldagi savdo shak-lida amalga oshiriladi. Foyda ham, zarar ham pul olinishi yoki to’lanishidan qat’iy nazar hisobga olinadi. Ayriboshlash holida foyda va zararni aniqlash va hisobga olish binoni hisobdan chiqarishga o’xshash jarayondek amalga oshiriladi. Foyda va zarar berib yuborilayotgan aktivning balans va bozor qiymatlari o’rtasida farq bo’lib daromad moddasi bo’yicha hisobga olinadi. Balans qiymati bozor bahosidan ortiq bo’lgan holda, zarar vujudga keladi; bozor qiymati balans qiymatidan past bo’lganida - foyda vujudga keladi. Ushbu holda foyda va zararlar avval hisoblangan amortizatsiyaning tuzatish kiritishi hisoblanadi va u asosiy vositalar qiymatining ortishini (foyda) yoki kamayishini (zarar) bilan aks ettiriladi.
Bir turdagi yoki o’xshash aktivlarni o’rinma-o’rin ayriboshlashda foyda va zararlar hisobga olinmaydi. Korxonaning ayriboshlash natijasida olingan ak-tivlar hisobiga vujudga kelgan ish unumdorligini har qanday ortishi yoki kama-yishi kelgusidagi daromadiga ta’sir qiladi. Buning natijasida xarid qilingan aktivlar ayriboshlash jarayonida berib yuborilgan aktivning balans qiymati bo’-yicha hisobga olinib to’langan pul mablag’lari summasi qo’shiladi yoki olingan pul mablag’lari summasi ayriladi.
3. b). Asosiy vositalarni ayriboshlashni qayd qilish. BHХS korxona-larning asosiy vositalarni boshqa mulklarga (biri sotadi, boshqasi xarid qi-ladi) almashtirishini, ya’ni barter qarama-qarshi savdoni amalga oshiri-lishini tan oladi. Masalan, eski dastgohni yangisiga almashtiriladi. Bunday hol-larda sotib olish bahosi qarama-qarshi savdoda sotiladigan eski asosiy vosita-ning qiymati hajmidagi yangi narxdan beriladigan chegirma summasiga pasaytiriladi.
Barter usulida amalga oshirilgan ayirboshlashdagi buxgalteriya o’tkazmalari pul mablag’lariga sotishdagi o’tkazmalarga o’xshashdir. Asosiy vositalarni ayri-boshlashidan olinadigan zarar va foydani aniqlashning (tan olishni) bir necha maxsus qoidalari mavjud bo’lib, ayriboshlanayotgan ob’ektlar tavsifga bog’liqdir.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda ,budjet tashkilotlarida asosiy vositalar hisobi alohida tashkil etiladi. Tashkilotlar o’zlarining zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarish bilan bog’liq bo’lgan faoliyatlarini amalga oshirishi, shuningdek ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar ko’rsatish) jarayonida foydalaniladigan, qiymatidan qat’i nazar 1 yildan ortiq xizmat qilish muddatiga ega bo’lgan moddiy aktivlarni buxgalteriya hisobida asosiy vositalar tarkibida hisobga oladi va aks ettiradi. Asosiy vositalar – qonunchilikka muvofiq zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga
oshirish maqsadida tashkilot tomonidan uzoq vaqt davomida (bir yildan ortiq)
foydalanadigan, shuningdek, ijaraga berishi mumkin bo’lgan moddiy aktivlardir.
Asosiy vositalar tarkibida quyidagilar hisobga olinadi: imoratlar, inshootlar, mashina va uskunalar, kompyuter texnikasi va unga qo’shimcha qurilmalar, transport vositalari, kutubxona fondi, uzatkich moslamalari, ishchi va mahsulot beruvchi hayvonlar va boshqa asosiy vositalar (muzey boyliklari, hayvonot olami eksponatlari, sahna-tomosha vositalari, o’quv kinofilmlari, magnit disklari va lentalari, kassetalar va hokazo). Qiymati va xizmat muddatidan qat’i nazar, quyidagilar asosiy vositalar tarkibiga kiradi:
qishloq xo’jaligi mashinalari va uskunalari, katta yoshdagi ishchi va mahsulot beruvchi hayvonlar (shu jumladan, maydasi ham), kutubxona fondlari, muzey boyliklari (muzey eksponatlaridan tashqari), hayvonot olami eksponatlari va namunaviy loyihalashtirishga oid hujjatlar.
Ko’p yillik ko’chatlarga doir kapital xarajatlar har yili, butun ishlar majmui tugashidan qat’i nazar, foydalanishga qabul qilingan maydonlarga taalluqli xarajatlar summasida asosiy vositalar tarkibiga kiritiladi. Asosiy vositalar hisobini tashkil etishda buxgalteriya hisobi oldiga quyidagi vazifalar qo’yiladi:
1. Moddiy aktivlarni qonunchilikda belgilangan tartibda asosiy vositalar tarkibida aks ettirish;
2. Asosiy vositalarning kelib tushishi, ularning tashkilot ichida joydan-joyga o’tishi (ko’chishi), tashkilot hisobidan chiqarilishi (jumladan, yaroqsiz holga kelganligi sababli),
shuningdek, har bir ob’ektning (predmetning, komplektning) saqlanishi va to’g’ri foydalanishi ustidan nazorat qilinish;
3. Asosiy vositalar xarakatini hujjatlarda to’g’ri rasmiylashtirilish hamda hisob
registrlarida o’z vaqtida aks ettirilishini ta’minlash;
4. Belgilangan tartibda asosiy vositalarga eskirish hisoblash va qayta baholash hamda ularni buxgalteriya xujjatlari, hisob registrlarida qayd etib borish;
5. Asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlari hisobini yuritish;
6.Asosiy vositalarni buxgalteriya hisobvaraqlarda holati va xarakatini aks ettirish;
7. Asosiy vositalar bo’yicha o’z vaqtida to’liq hamda aniq buxgalteriya axborotlarini shakllantirib berish.
O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi tomonidan asosiy fondlarni qayta baholash chog’ida indeks usulini qo’llash uchun 31 dekabrga qadar navbatdagi qayta baholash bo’yicha tegishli indekslar ishlab chiqiladi va rasmiy ravishda ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.
Asosiy vositalarning butligi ustidan nazoratni yo’lga qo’yish va ularni hisobini tashkil etish uchun har bir ob’ekt (predmet)ga, kutubxona fondlaridan tashqari, sakkiz belgidan (asosiy vositalar ko’p bo’lgan hollarda, ushbu belgilar soni ham ko’paytirilishi mumkin) iborat inventar raqami beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |