B - Т
A = ------------ .
I
Bajarilgan ish birligiga to’g’ri keladigan eskirish summasi hisoblab olin-gach, uni bir yilda bajaradigan ish hajmiga ko’paytirish yo’li bilan asosiy vo-sitaning yillik eskirish summasi aniqlanadi.
Masalan, balans qiymati 550.000 so’m, tugatish (qoldiq) qiymati 50.000 so’m bo’lgan dastgohning 5 yillik xizmat muddati mobaynida umumiy bajaradigan ish hajmi 200.000 donani tashkil qiladi. Har bir dona hisobiga to’g’ri keladigan eskirish xarajatlari summasi quyidagicha aniqlanadi:
Boshlang’ich qiymat (B) - tugatish qiymati (Т) 550.0000 – 50.000
A = ----------------------------------------------- = -------------------- = 2,5 so’m bir donaga
Bajarilgan ish hajmi (I) 200.000
Agar dastgohni xizmat muddatining birinchi yili 50.000 dona, ikkinchi yili – 60.000 dona, uchinchi yili – 40.000 dona, to’rtinchi yili -30.000 dona va beshinchi yili -20.000 dona mahsulot ishlab chiqarsa, u holda dastgohga hisoblangan eskirish quyidagicha bo’ladi:
2-jadval
yillik eskirish summasi va bajarilgan ish birligi o’rtasidagi to’g’ri bog’liqlik mavjud4
Sana
|
Boshlang’ich
qiymat
|
Bajarilgan ish hajmi, tG’km
|
Yillik eskirish summasi
|
Jamlangan
eskirish
summasi
|
Balans qiymati
|
xarid sanasi
|
550.000
|
-
|
-
|
-
|
550.000
|
1 yil oxiri
|
550.000
|
50.000
|
125.000
|
125.000
|
425.000
|
2 yil oxiri
|
550.000
|
60.000
|
150.000
|
275.000
|
275.000
|
3 yil oxiri
|
550.000
|
40.000
|
100.000
|
375.000
|
175.000
|
4 yil oxiri
|
550.000
|
30.000
|
75.000
|
450.000
|
100.000
|
5 yil oxiri
|
550.000
|
20.000
|
50.000
|
500.000
|
50.000
|
Jadvalda keltirilgan hisoblardan ko’rinib turibdiki, yillik eskirish summasi va bajarilgan ish birligi o’rtasidagi to’g’ri bog’liqlik mavjud. Jam-g’arilgan eskirish har yili ish birligi hajmiga bog’langan holda o’zgarib boradi, balans qiymati esa yil sayin ish hajmiga mutanosib ravishda qoldiq qiymatga etmaguncha kamayib boradi. Bu usulga muvofiq har bir ob’ektni taxmin qilina-yotgan foydali xizmat muddatini aniqlashda qo’llaniladigan ish birligi ma’lum aktivlarga mos kelishi kerak. Masalan, ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori aniq bir uskunaga mos kelishi kerak, bunda ob’ektdan foydalanish soatlari miqdori boshqa uskunaga eskirish hisoblashda yaxshi ko’rsatkich bo’lib xizmat qilishi mum-kin. Bu usulni ob’ektdan foydali ishlatish muddati ichida fondlar qaytimi etar-licha aniqlash mumkin bo’lgan hollarda qo’llash ma’quldir.
3. Тezlashtirilgan eskirish hisoblash usuli
a) sonlarning yigindisi bo’yicha qiymatni hisobdan chiqarish usuli. Bu usul eskirish hisoblanadigan asosiy vositaning xizmat qilish yillari summasi orqa-li aniqlanadi va bu summa hisoblash koeffitsientida maxraj bo’lib xizmat qila-di. Bu koeffientsientning sur’atida ob’ektning xizmat muddati oxirigacha qolgan yillar soni (teskari tartibda) turadi. Bu usulda ham, oldingilarga o’xshash, eski-rish summasi boshlang’ich qiymatdan tugatish (qoldiq) qiymati chegirilgandan qol-gan qismidan hisoblanadi.
Masalan, yuqorida misol tariqasida olingan dastgohning taxmin qilina-yotgan foydali xizmat muddati 5 yil bo’lsin. U holda dastgohni ishlatish yillari summasi (kumulyativ son) - 15 yil bo’ladi.
Dasgohning xizmat muddatining har yiliga to’g’ri keladigan eskirish summa-si ulushini topish uchun xizmat muddatini oxirigacha bo’lgan yillarni (ya’ni tes-kari tartibda) kumulyativ songa bo’lib chiqamiz, ya’ni 515, 415, 315, 215, 115
So’ngra, har bir kasrni eskirish hisoblanadiganso’mma (B-Т) ga ko’pay-tirish orqali har yillik amortizatsiya summasi aniqlanadi. Bu usulda amortiza-tsiya ajratmalari summasi jadvali quyidagi ko’rinishda bo’ladi (jadvalga qarang).
Jadvalda keltirilgan hisoblardan ko’rinib turibdiki, dastgohning xizmat muddatining dastlabki yillarida eng katta amortizatsiyaso’mmasi hisoblanmokda, keyingi yillarda esa u yilma-yil kamayib bormoqda, jamlangan amortizatsiya sekin-asta ortib boradi, balans qiymati qoldiq qiymatga etib bormagunicha har yili eskirish summasiga kamayib boradi.
b) kamayib boruvchi qoldiq usuli. Asosiy vositalarga eskirish hisoblashning bu usuli sonlar yigindisi usuli tamoyillariga asoslangan. Kamayib boruvchi qoldiq usulida har kanday qat’iy belgilangan eskirish me’yorini qo’llanilishi mumkin bo’lsa-da, ko’pincha to’g’ri chiziqli usulda foydalangan normal eskirish me’yorga nisbatan ikki karra ko’paytirilgan me’yor qo’llaniladi. Shuning uchun ham, ayrim hollarda bu usulni ikki karra me’yorlarda kamayib boruvchi qoldiq usuli deb ham atashadi.
Oldingi misolda dastgohning foydali xizmat muddati 5 yilga teng edi. Bir tekisda eskirish hisoblash usulida o’rtacha yillik eskirish me’yori 20% (100%G’5 yilga)ni tashkil qiladi. Kamayib boruvchi qoldiq usulida hisobdan chiqarishning ikki karra me’yorida eskirish me’yori 40% (2x20%)ga teng bo’ladi. Qayd qilingan ushbu 40% har yil oxirida balans qiymatiga ko’paytiriladi. Eskirishni hisob-lashda taxmin qilinayotgan tugatish qiymati, oxirgi yildagisidan tashqari hisob-ga olinmaydi. Bu usulni ifodalovchi jadval quyida keltirilgan.
3-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |