Dt Asosiy, yordamchi, umumishlab chiqarish, davr xarajatlari hisobvaraqlari
Kt Asosiy vositalarning eskirishi hisobvaraqlari
Asosiy vositalar hisobdan chiqarilayotganda eskirish summasi ham hisobdan chiqariladi
Asosiy vositalarni sotib olingandan so’ng uni saqlash va ishlatish bilan bog’liq bir qator xarajatlar vujudga kela boshlaydi. Masalan, ta’mirlash, ishlatish, rekonstruktsiya va joylarini almashtirish bilan bog’liq xarajatlar shular jumlasidandir. Bu xarajatlarni hisobga olish balansni turkumlash va keyinchalik eskirish bo’yicha ajratmalarni hisoblashda ta’sir etadi.
Yuqorida aytib o’tilgandek, harid qilib olinganida baholangan boshlang’ich qiymatiga asosiy vositalarni haqiqiy xizmat muddati va unumdorligini yuqo-riroq darajada bo’lishini ta’minlovchi xarajatlar kapitallashtiriladi. Хarid qilinganidan keyingi paydo bo’lgan kapitallashtirilgan xarajatlar, foyda-lanishning ma’lum bir davridan keyin bahosizlanadi va bu davr ma’lum bir aktivlarning kutilayotgan xizmat muddatidan qisqa bo’lishi mumkin.
Asosiy vositalarni foydalanish imkoniyatlarini va harid qilib olin-ganida aniqlab olingan foydalanish davrini ta’minlash, minimal darajadagi saqlab turish va ta’mirlashlar bo’yicha xarajatlarni amalga oshirib turishni taqozo qiladi. Bu xarajatlar foydalanish muddatini harid qilinganida belgi-langanidan yuqoriroq darajada uzaytira olmaydi, ular joriy hisoblanadi va paydo bo’lgan davr xarajatlari moddasiga kiritiladi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, asosiy vositalar halokat, sovuqqonlik, bilgan holda suiste’mol qilish, o’g’rilik natijasida paydo bo’lgan xarajatlar zararlarga olib boriladi. Masalan, agar dastgohni o’rnatish jarayonida ayrim muhim qismlarining sinishi yuz bersa, u holda ta’mirlash to’lovlari xarajatlar moddasiga yoziladi. Тa’mirlashdan so’ng bu inventar avval ega bo’lgan qiymatga ega bo’lmasligi mumkin.
Bulardan tashqari, baxtsiz hodisa natijasida shikastlangan, sug’urta qilingan mulkni qayta tiklash xarajatlari zararlar moddasiga kiritiladi. Bunday shikastlanishlarni tiklash, tabiiyki, inventarni foydalanish muddatini baxtsiz hodisadan oldingi darajadan yuqoriroq darajada uzaytirmaydi. Agarda qayta ta’mirlashdan so’ng uskunaning xizmat yoki foydalanish muddati uzaysa, xarajatlar foydali faoliyat muddatini uzayishining butun davriga kapital-lashtiriladi.
Asosiy vositalarni sotib olingandan keyin uni saqlab turish uchun xara-jatlar qilinadi. Bu xarajatlar 4 asosiy turkumga bo’linadi:
Ishchi holatida saqlab turish va joriy ta’mirlash
Yaxshilash
Qo’shimchalar kiritish
Qayta qurish va tartibga solish
Ishchi holatda saqlab turish xarajatlariga moylash, tozalash, tartibga solish, bo’yashdan iborat bo’lib, bularning hammasi uskunani ishchi holatida saqlab tu-rishning ajralmas qismi hisoblanadi. Joriy ta’mirlash xarajatlari ehtiyot qismlar sarflari, oldini olish va ta’mirlash ishlari xarajatlaridan iborat. Bunday turdagi ta’mirlashga zaruriyat tez-tez paydo bo’ladi va jiddiy xarajat-larni talab qiladi.
Saqlab turish va joriy ta’mirlashlarni xarajatlarini hisoblashda 2 usul-dan foydalaniladi:
Paydo bo’lishi bo’yicha hisobga olish usuli - bu usul bo’yicha xarajatlarni ularga zarurat paydo bo’lganda hisobga olishni va xarajatlarni butun davr davomida taqsimlashni nazarda tutadi. Biroq ayrim vaziyatlarda har yillik ta’mirlash va saqlab turish xarajatlari yoki bir vaqtga, yoki juda qisqa vaqt oralig’iga to’g’ri keladi. Bu usuldan foydalanilganida uskunani saqlab turish uchun butun yillik xarajatlarning sinish holati yuz bergan ma’lum bir vaqt oralig’iga to’g’ri keladi.
Тaqsimlash usuli - bu usul xarajatlarning taxminiy hajmiga asoslanib, undan foydalanish joriy ta’mirlash muntazam o’tkazilish tavsifga ega bo’lgan va hajm bo’yicha ahamiyatli bo’lganda tavsiya qilinadi. Bu usuldan foydalanilganda joriy yilda kutilayotgan ta’mirlash uchun taxmin qilinayotgan xarajatlarning umumiy hajmi baholanib, vaziyatdan kelib chiqqan holda vaqt yoki ishlab chiqarish hajmi asosida taqsimlanadi. Vaqt asosida taqsimlanganda har bir oraliq davr uchun ta’mirlash va saqlab turish xarajatlarining teng bo’lgan summasi aniqlanadi.
2. Asosiy vositalarni yaxshilash (rekonstruktsiya qilish) xarajatlari. Asosiy vositalarni rekonstruktsiyasi deganda – ularni maxsulot ishlab chiqarish-ni ko’paytirish, maxsulotlar tannarxini pasaytirish, maxsulot sifatini yaxshi-lash va ularni xizmat muddatini uzaytirish maqsadida amalga oshirilgan asosiy vositalar konstruktsiyasiga kiritilgan o’zgartirishlar tushuniladi6.
Rekonstruktsiya uskunaning bosh komponentini mutlaqo yangi komponent bilan almashtirish jarayonini o’z ichiga oladi. Masalan, eski tunuka tomni yangi-siga, olovga chidamli cherepitsaga almashtirish, dastgohga yanada quvvatliroq dvi-gatelni o’rnatish, binoni elektr tizimini ancha yaxshilash. Ma’lumki, almashti-rishlar asosiy vositaning oldingi standarti va sharoiti bo’yicha mos keladigan, lekin quvvati va boshqa sifat ko’rsatkichlari bo’yicha oldingisidan ustunroq bo’l-gan uskunaga almashtirilishi kerak. Masalan, traktorning dvigateli shunga o’xsha-shiga almashtirilishi kerakki, natijada u keyinchalik traktorni xizmat mudda-tini yoki quvvatini (unumdorligini) oshishiga olib keladi.
Rekonstruktsiya asosiy vositalarning ish imkoniyatlarini oshirish uchun zarur bo’lgan ma’lum bir xarajatlarni talab qiladi. Asosiy vositalarni ishchi holatini saqlab turish xarajatlari rekonstruktsiya emas, balkim ta’mirlashga taalluqlidir. Rekonstruktsiya xarajatlari chiqim sifatida baholanadi.
Quyidagi holatlar asosiy vositalarni rekonstruktsiya qilishga sabab bo’-ladi:
Eski uskunani almashtirish. Bunda asosiy vositaning taalluqli qismi qiymati va unga mos eskirishso’mmasi hisobdan chiqariladi, balans qiy-matiga teng bo’lgan zarar hisobga olinadi va aktivning boshlang’ich qiyma-
ti xarajatlar miqdoriga ko’payadi. Misol uchun, shifr tomning qiymati 12.000.000 so’m, eskirishi darajasi 80%, qiymati 6.000.000 bo’lgan yangi zanglamaydigan rux tunikaga almashtiriladi. Holatini yaxshilash bilan bog’liq xarajatlarining te-gishli xarajatlar moddasiga kiritilishi quyidagicha rasmiylashtiriladi:
Eski tomni taalluqli qismini olib tashlash qiymatini hisobi: