Asosiy vositalar harakatini hujjatlashtirish
Kelib tushadigan asosiy vositalar obyektining qiymati budjet tashkiloti balansiga kiritilishi lozim.
Asosiy vositalar quyidagilar natijasida tashkilot balansiga kirim qilinadi:
oldi-sotdi shartnomasi bo'yicha obyektni sotib olish;
Misol: Asosiy vositalar sotib olinganda:
sotib olingan asosiy vositalarning qiymatiga (sotib olish narxi, shuningdek, yetkazib berish va boshqa qo'shimcha xarajatlar)
Debet: 072 «Asosiy vositalarga boshqa xarajatlar»
Kredit: 15, 16 va 17-hisobvaraqlarning tegishli analitik hisobvaraqlari
Asosiy vositani dastlabki qiymati bo'yicha kirim qilinishi
Debet: 01-hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari
Kredit: 072 Asosiy vositalarga boshqa xarajatlar
kapital qo'yilmalar tugaganidan so'ng tiklangan obyektni qabul qilish-topshirish;
Tashkilotning o'zi tomonidan, shuningdek, pudrat shartnomasiga asosan qurilgan asosiy vosita obyektlarining kirim qilinishi
Debet: 01-hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari
Kredit: 071 Tugallanmagan qurilish
Asosiy vositalar beg'araz olinganda:
belgilangan tartibda aniqlangan bozor qiymati bo'yicha Debet: 072 «Asosiy vositalarga boshqa xarajatlar»
Kredit: 262 «Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg'armasi mablag'lari bo'yicha daromadlar»
Asosiy vositalarni yetkazib berish va boshqa qo'shimcha xarajatlar summasiga (agar amalga oshirilsa):
Debet: 072 «Asosiy vositalarga boshqa xarajatlar»
Kredit: 15, 16 va 17-hisobvaraqlarning tegishli analitik hisobvaraqlari d) asosiy vositani dastlabki qiymati bo'yicha kirim qilinishi Debet: 01-hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari Kredit: 072 «Asosiy vositalarga boshqa xarajatlar»
tovar-moddiy zaxiralar tarkibidan o'tkazish;
SMs asosiy vositalarning ortiqcha (hisobga olinmagan) obyektlarini aniqlash;
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollar.
Asosiy vositalarni buxgalteriya hisobiga kirim qilinishi asosiy vositalarning dastlabki qiymati bo'yicha amalga oshiriladi.
Sotib -olingan asosiy vositalar, tugallangan qurilishlar va inshootlar,1 shuningdek, tashkilotning o'zida tayyorlangan asosiy vositalarning dastlabki qiymatiga ularning sotib olish narxi va ularga qilingan barcha xarajatlarning to'liq summasida, jumladan, mazkur asosiy vositalarni foydalanish uchun ishchi holatiga keltirish bilan bevosita bog'liq bo'lgan yetkazib berish va montaj qilish, o'rnatish, ishga tushirish va boshqa xarajatlarni hisobga olgan holda kiritiladi.
Sotib olingan asosiy vositalarning dastlabki qiymati quyidagi xarajatlardan tashkil topadi:
yetkazib beruvchilarga hamda shartnoma bo'yicha qurilish-montaj ishlarini bajarganlik uchun pudratchilarga to'lanadigan summalar;
№ asosiy vositalarni sotib olish (qurish) munosabati bilan qonunchilikda belgilangan tartibda to'langan soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar summalari, shu jumladan, bojxona bojlari va yig'imlari (agar ular qoplanmasa);
asosiy vositalarni sotib olish (qurish) bilan bog'liq axborot va maslahat xizmatlari uchun to'langan summalar;
asosiy vositalarni yetkazib berish (qurish) xatarini sug‘urtalash bo'yicha xarajatlar;
asosiy vositalar obyektini sotgan vositachilarga to'lanadigan haqlar;
asosiy vositalarni o'rnatish, montaj qilish, sozlash va ishga tushirishga oid xarajatlar;
aktivdan foydalanish uchun uni ishchi holatga keltirish bilan bevosita bog'liq bo'lgan boshqa xarajatlar.
Tashkilotning o'zida tayyorlangan (qurilgan) asosiy vositalarning dastlabki qiymati asosiy vositalarni tiklash (qurish, qurib bitkazish) bo'yicha amalga oshirilgan barcha haqiqiy xarajatlar summasi (tannarxi) bo'yicha aks ettiriladi.
Beg'araz olingan asosiy vositaning dastlabki qiymati buxgalteriya hisobida mazkur bandda nazarda tutilgan xarajatlarni hisobga olgan holda buxgalteriya hisobiga qabul qilingan sanadagi ularning belgilangan tartibda aniqlangan joriy qiymati bo'yicha aks ettiriladi.
Hisobga qabul qilingan asosiy vositalarning dastlabki qiymatini o'zgartirishga asosiy vosita obyektlarida amalga.» oshirilgan qo'shimcha qurish, qo'shimcha asbob-uskunalar bilan jihozlash, rekonstruktsiya yoki modernizatsiya qilish, qisman tugatish va qayta baholash amalga oshirilgan hollarda ruxsat etiladi.
Qo'shimcha qurish, qo'shimcha asbob-uskunalar bilan jihozlash ishlariga asosiy vositalar obyektining texnologik yoki xizmat mo'ljalining o'zgarishi, oshirilgan ishlar ko'lami va sifatni yanada yaxshilashga doir boshqa hollar tufayli qilinishi lozim bo'lgan ishlar kiritiladi.
Rekonstruktsiya qilish ishlariga ishlab chiqarishni takomillashtirish va uning texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlarini oshirish bilan bog'liq bo'lgan hamda ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, mahsulot (ishlar, xizmatlar) sifatini yaxshilash va nomenklaturasini o'zgartirish maqsadlarida asosiy vositalarni rekonstruktsiya qilish loyihasi bo'yicha amalga oshiriladigan mavjud asosiy vositalar obyektlarini qayta qurish kiritiladi.
Modernizatsiya qilishga ilg'or texnika va texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, ma’nan va jismonan eskirgan uskunalarni zamonaviylashtirish va ularni yangilari, unumdorligi yanada yuqori bo'lganlari bilan almashtirish asosida asosiy vositalar va ularning ayrim qismlarining texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlarini oshirish bo'yicha chora-tadbirlar majmuasi kiradi.
Asosiy vositalarni ishchi holatida saqlab turish ularni ta’mirlash 3 xil ko'rinishda, ya’ni joriy, o'rtacha va kapital tarzda amalga oshiriladi.
Joriy ta’mirlash—asosiy vositalar obyektini ishchi holatida saqlab turish maqsadida amalga oshiriladigan ta’mirlashdir. 0‘rtacha ta7mirlashda ta’mirlanayotgan agregatni qisman ajratish va detallarning qismlarini tiklash yoki almashtirish amalga oshiriladi.
Uskunalar va transport vositalarini kapital ta ’mirlash*4 agregatni to'liq ajratib yig'ish amalga oshiriladigan ta’mirlashdir, bazaviy va korpus detallari va uzellarini ta’mirlash, barcha eskirgan detallar va uzellarni almashtirish yoki tiklash hamda agregatni yig'ish, sozlash va sinab ko'rishdir.
Binolar va inshootlarni kapital ta’mirlash-bazaviy va korpus detallari va uzellarini ta’mirlash, barcha eskirgan konstruktsiyalarning detallari va uzellarini almashtirish yoki tiklash amalga oshiriladigan ta’mirlashdir.
Asosiy vositalarda amalga oshirilgan joriy va o'rta ta’mirlash xarajatlari va ularning dastlabki qiymatini o'zgartirishga sabab bo'lmay- digan kapital ta’mirlash xarajatlari asosiy vositalar tarkibiga kiritilmaydi hamda hisobotlarda O'zbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlari iqtisodiy tasnifining (keyingi o'rinlarda iqtisodiy tasnif deb yuritiladi) tegishli kodlari bo'yicha haqiqiy xarajatlar sifatida aks ettiriladi va hisobot yilining oxirida moliyalashtirish manbasi bo'yicha hisobdan chiqariladi,
Kutubxonalarning inventar fondiga kiritilgan kitoblar, darsliklar va boshqa nashrlar ularning dastlabki muqovalash qiymatlarini ham qo'shib, dastlabki qiymati bo'yicha hisobga olinadi. Kitoblarni ta’mirlash va tiklash, shu jumladan ikkinchi marta muqovalash xarajatlari kitoblarning qiymatini oshirishga kiritilmaydi va hisobotlarda iqtisodiy tasnifning tegishli kodlari bo'yicha haqiqiy xarajatlar sifatida aks ettiriladi va hisobot yilining oxirida moliyalashtirish manbasi bo'yicha hisobdan chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |