Asosiy vositalarning qoldiq qiymatini aniqlash. Asosiy vositalarning qoldiq qiymati ularning yuqorida ko'rsatilgan o'zgarishlarni hisobga olgan holdagi dastlabki qiymatidan belgilangan tartibda aniqlangan eskirish summasini farqi sifatida aniqlanadi.
Asosiy vositalar aktiv sifatida tan olinganda ular boshlang'ich qiymat bo'yicha baholanadi. Budjet tashkilotlarida ishlab chiqarish yoki xizmat ko'rsatish sohalarida ishlatilib, xizmat muddatini o'tab bo'lgan asosiy vositalar O'zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to'g'risidagi» Qonuni va 2003-yil 9-oktabrdagi O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 114- son buyrugl hamda 2004-yil 1-yanvardagi 0‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1299-son bilan ro‘yxatdan octkazilgan «Asosiy vositalar» nomli buxgalteriya hisobining milliy andazasi va boshqa taalluqli me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablari doirasida balans hisobidan chiqariladi.
Asosiy vositalar quyidagilar natijasida budjet tashkiloti balans hisobidan chiqariladi:
tugatish;
Tugatilishi munosabati bilan asosiy vositalarning hisobdan chiqarilishi:
hisoblangan eskirish summasini hisobdan chiqarilishi
Debet: 02-hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari
Kredit: 01-hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari
qoldiq qiymatini hisobdan chiqarilishi
Debet: 231, 241, 251, 261 yoki 271 analitik hisobvaraqlarning tegishlisi
Kredit: 01-hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari
asosiy vositalarning tugatilishi munosabati bilan keyinchalik foydalanishga yaroqli boigan tovar-moddiy zaxiralarning kirim qilinishi:
qoldiq qiymati doirasida;
Debet: 06-hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari
Kredit: 231, 241, 251, 261 yoki 271 analitik hisobvaraqlarning tegishlisi
Debet: 06-hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari
Kredit: 272 Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar.
Asosiy vositalarning sotilishi:
bino va inshootlar (chet elda joylashganlaridan tashqari):
hisoblangan eskirish summasini hisobdan chiqarilishi Debet: 02-hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari Kredit: 01-hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari
qoldiq qiymatini hisobdan chiqarilishi
Debet: 231, 241, 251, 261 yoki 271 analitik hisobvaraqlarning tegishlisi
Kredit: 01-hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari
qolgan asosiy vositalar (chet elda joylashganlaridan tashqari):
asosiy vositalarning dastlabki qiymatini hisobdan chiqarilishi Debet: 201 Asosiy vositalar va boshqa aktivlar realizatsiyasi Kredit: 01-hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari
asosiy vositalarning hisoblangan eskirish summasini hisobdan chiqarilishi
Debet: 02-hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari Kredit: 201 Asosiy vositalar va boshqa aktivlar realizatsiyasi
Asosiy vositalarning sotish qiymati
Debet: 15-hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari Kredit: 201 Asosiy vositalar va boshqa aktivlar realizatsiyasi
qolgan asosiy vositalar bir vaqtning oczida tegishli budjet daromadiga hisoblangan summa
Debet: 201 Asosiy vositalar va boshqa aktivlar realizatsiyasi Kredit: 160 budjetga to’lovlar bo‘yicha budjet bilan hisob-kitoblar
pul mablag’iarini kelib tushishi
Debet: 113 Boshqa budjetdan tashqari mablag’iar Kredit: 15-hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari
budjetga hisoblangan summalarning o6tkazib berilishi Debet: 160 budjetga to’lovlar bo'yicha budjet bilan hisob-kitoblar Kredit: 113 Boshqa budjetdan tashqari mablag’iar
asosiy vositalarning sotilishidan ko‘rilgan ijobiy moliyaviy natija (daromad)
Debet: 201 Asosiy vositalar va boshqa aktivlar realizatsiyasi Kredit: 272 Boshqa budjetdan tashqari daromadlar
asosiy vositalarni sotilishidan ko'rilgan salbiy moliyaviy natija (zarar) Budjet tashkilotlarida bino, inshoot va boshqa asosiy vositalarni ijaraga berish O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-apreldagi 102-sonli «Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarori va boshqa qonuniy hujjatlar asosida tartibga solinadi.
Ijarani tartibga soluvchi davlat organi Davlat mulki qo'mitasi, uning viloyatlardagi va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari tasarrufidagi davlat mulkini yaraga berish markazlari tomonidan amalga oshiriladi.
Budjet tashkiloti ijara shartnomasiga asosan binolar, inshootlar yoki ularning qismlari, asbob-uskunalar, transport vositalari shaklidagi davlat mulki va boshqa mulklarini berishlari mumkin.
Ijara subyektlari-b\x ijaraga oluvchi va beruvchilardir, ijara obyekti esa-bu ijara shartnomasi asosida olingan moddiy qiymatliklardir.
O'zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo'mitasi ijaraga berilgan davlat mulki bo'yicha yig'ma (jamlanma) maiumotni O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 15-kunigacha taqdim etadi.
Ijara to’lovi bo'yicha hisob-kitoblar ijara to'lovini hamda, zarurat tug'ilganda, kommunal va foydalanish to'lovlarini o'z ichiga oladi. Ijara to’lovi ijaraga oluvchi tomonidan ijara to’lovining oxirgi belgilangan miqdoridan va ijaraning qolgan muddatidan kelib chiqqan holda hisoblangan davrlar (har chorakda, har oyda va shu kabi) bo'yicha teng miqdorda toianadi. To'lov ijara shartnomasida ko'rsatilgan muddatlarda har bir navbatdagi davr (chorak, oy va shu kabilar) uchun yuz foiz oldindan toiash shaklida amalga oshiriladi. Asosiy fondlarni qayta baholash qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
Asosiy vositalarni qayta baholash—asosiy vositalar obyektlarining tiklash qiymatini hozirgi bozor narxlari darajasiga moslash maqsadida ularni vaqti-vaqti bilan aniqlashtirishdir. Asosiy vositalar qayta baholash natijasida hisob va hisobotda joriy qiymat bo'yicha aks ettiriladi.
Asosiy vositalarning boshlang'ich (tiklash) qiymati qayta baholangan hollarda qayta baholash o'tkazilgan sanadagi ularning jamlangan eskirishi asosiy vositalarning dastlabki (tiklanish) qiymati o'zgarishining tegishli indekslariga tuzatiladi hamda keyingi hisoblanadigan eskirish qayta baholangan qiymati hisobidan amalga oshiriladi.
Qayta baholash natijasida asosiy vositalar qiymatining oshishi:
dastlabki qiymatini oshishi
Debet: 01-hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari Kredit: 28-hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari
eskirish summasini oshishi
Debet: 28-hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari Kredit: 02-hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari Qayta baholash natijasida asosiy vositalar qiymatining kamayishi:
dastlabki qiymatini kamayishi
Debet: 28-hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari Kredit: 01-hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari
eskirish summasini kamayishi
Debet: 02-hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari Kredit: 28-hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari Qayta baholash natijasi hisob va hisobotda joriy qiymat bo'yicha aks ettiriladi. Qayta baholashdan maqsad bu asosiy vositalarning qiymatini bozor baholari doirasida tenglashtirishdan iboratdir. Bu jarayon O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan har yili 1-yanvar holatiga belgilangan stavkalar asosida tartibga solinib boriladi.