KASBIY PSIXOLOGIYADA SHAXSLARARO MUNOSABATLAR PSIXOLOGIYASI
Faoliyat bosqichlari
|
Faoliyat mazmuni
|
|
O’qituvchi
|
Talabalar
|
1-bosqich.
Kirish (10 min.)
|
O’quv mashg’ulotining mavzusi maqsadi, rejalashtirilgan natijasi va uni o’tkazish rejasini aytadi. O’qitish guruhlarda ishlash texnologiyasi asosida olib borilishini e’lon qiladi.
O’qituvchi “Kasbiy psixologiyada shaxslararo munosabatlar psixologiyasi” mavzusini o’rganishda “AQLIY HUJUM” metodidan foydalanishdagi asosiy maqsad va uning qonun-qoidalari bilan tanishtiradi (1- ilova). Mavzu bo’yicha savol-javob olib borishda “AQLIY HUJUM” metodidan foydalanishning afzalliklari va kamchiliklari bilan tanishtiradi.
Talabalarga mavzu bo’yicha topshiriq beriladi (2-ilova).
|
Tinglaydilar.
Savollarga javob beradilar, o’tilgan mavzu bo’yicha fikr
almashadilar.
Yangi pedagogik texnologiya va interfaol metodlar bilan tanishadilar.
|
2-bosqich. Asosiy (20 min.)
|
2.1. Talabalar 3 guruhga ajratiladi. O’qituvchi muhokama uchun savollar tarqatadi (3-ilova). Vazifa butun guruh tomonidan bajarilishini e’lon qiladi. Vazifani bajarishda darslik, ma’ruza matnlari va boshqa qo’llanmalardan
foydalanish mumkinligini tushuntiradi. O’quv natijalarini eslatadi. Guruhlarda ishlarni boshlashni e’lon qiladi.
|
O’quv topshiriq- larini baholash ko’rsatkichlari va mezonlari bilan tanishadilar.
Vazifani bajaradilar
|
3-bosqich. Taqdimot (45 min.)
|
3.1. Taqdimot va guruhlarda ishlash natijalarini o’zaro baholashni tashkil etadi. O’qituvchi Javoblarni
sharhlaydi, bilimlarni umumlashtiradi, vazifani bajarish jarayonidagi asosiy xulosalarga e’tiborni qaratadi.
|
Guruhlar taqdimot qiladilar.
Guruh a’zolari baholanadi.
|
4-bosqich. Yakuniy (5 min.)
|
Mashg’ulotga yakun yasaydi, faol ishtirokchilarni rag’batlantiradi. Kelajakda amaliyot va o’quv faoliyatidagi ahamiyatini ta’kidlaydi.
Mustaqil ish uchun vazifa beradi.
|
Tinglaydilar, aniqlashtiradilar.
Mustaqil ish uchun vazifani yozib oladilar.
|
“AQLIY HUJUM” metodi (braine storming) — muammoni tezkor hal qilish metodi bo‘lib, ijodiy faollikni rag‘batlantirish asosi da muhokama ishtirokchilariga muammo echimi yuzasidan iloji boricha ko‘proq variant aytish taklif qilinadi va aytilgan fikrlarning umumiy sonidan amaliѐtda qo‘llash mumkin bo‘lgan nisbatan muvaffaqiyatli fikrlar tanlab olinadi. Metodning mazmuni fikrlarni ilgari surish, taklif etish jaraѐni ularni tanqidiy baholash va tanlab olish jarayonidan ajratilganligi bilan izohlanadi.
2-ilova