Kasbiy qobiliyat - odamning shunday psixologik xususiyatlaridirki, bilim, malaka orttirish shu xususiyatlarga bog‘lik bo‘ladi. Kasbiy qobiliyat taraqqiy etmay, so‘lib ketishi ham mumkin. O‘quvchida hali zarur ko‘nikma va malakalar tizimi hamda mustaqil bilimlar va tarkib topgan ish uslublari yo‘qligiga asoslanab, jiddiy tekshirmay shoshilinch ravishda unda qobiliyatlar yo‘q, deb xulosa chiqarish pedagogning jiddiy xatosi hisoblanadi. Qobiliyatlar bilim, malakalar, ko‘nikmalarda ko‘rinmaydi, balki ularni egallash dinamikasida namoyon bo‘ladi, ya’ni, boshqacha aytganda, mazkur faoliyat uchun muhim bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish jarayoni turli sharoitlarda qanchalik tez, chuqur, engil va mustahkam amalga oshirishingizda namoyon bo‘ladi. Demak, qobiliyat shaxsning faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish sharti hisoblangan va bilim, ko‘nikma hamda malakalarni egallash dinamikasida yuzaga chiqadigan farqlarda namoyon bo‘ladigan indiviudal-psixologik xususiyatdir. Agar shaxsning ma’lum sifatlari yig‘indisi odamning pedagogik jihatdan asoslab berilgan vaqt oralig‘ida egallagan faoliyati talablariga javob bersa, bu narsa bizga, unda mazkur faoliyatga nisbatan qobiliyati bor, kasbiy adaptatsiya muvaffaqiyatli o‘tdi, deb xulosa chiqarishga asos bo‘ladi.
rasm
Mohir usta bo‘lish uchun juda ko’p ishlash kerak bo‘ladi. Iste’dod mehnatdan ozod qilmaydi, katta ijodiy yuksalish va tinimsiz mehnatni, o‘z ustida ishlashni taqazo qiladi. Iste’dodli kishilar shubhasiz, o‘z mehnatlari orqali olamga mashhur bo‘lgan mahorat darajasiga erishganlar.
rasm
Shunday qilib, jamiyatni odamlar mehnatisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ishlab chiqarish resurslarining orasida inson o‘z mehnat faoliyati bilan etakchi o‘rinni egallaydi.
Mehnat faoliyatining sub’ekti sifatida esa u muayyan sharoitlarda ishlashi va bunda muayyan vositalardan foydalanishi kerak bo‘ladi. Bunga esa u tayyor bo‘lishi, aniqrog‘i tayyorlangan bo‘lishi kerak.
Maslouning aytishicha, bizning harakatlarimizni boshqaruvchi bosh mexanizm bu - ehtiyojlarimizdir. Bizning fiziologik ehtiyojlarimiz qondirilgandan so‘ng bizning ma’naviy ehtiyojlarimiz haqida o‘ylash boshlanadi.
Agar o‘zimizning xavfsizligimizni ta’minlasak, bizda sevish va sevilish ehtiyojini qondirish masalasi ko‘tariladi. O‘zimiz xohlaganimizdek sevish va sevilish ehtiyojini qondira olganimizdan so‘ng esa biz mustaqil ravishda shakllangan shaxs deb hisoblanamiz.57
4-5 yoshdan boshlab bolada nafaqat real, balki ideal narsalar tushunchasi shakllana boshlaydi. Bu narsa esa Super-ego shakllanishiga olib keladi. Bu davrda bola nima qilish kerak ekanligini kattalarga o‘rgatishni boshlaydi. Bu esa, ijtimoiy-psixologik adaptatsiya jarayonida inson hayot va faoliyatining tashqi
57 David G. Mayers Psychology, © 2010 by Worth Publishers. 589-b.
va ichki sharoitlari o‘rtasida uygunlikka erishish uchun uzluksiz ravishda harakat qiladi.58
rasm
SHu nuqtai nazardan adaptatsiya shaxs ijtimoiylashuvining muhim sharti va mexanizmidir. Individning jamiyatda o‘zini anglashi, o‘zining o‘ziga hamda atrofdagilarga munosabatini anglashda ham uning roli katta bo‘lib, shunga aloqador ijtimoiy tasavvurlardagi kamchiliklar va buzilishlar shaxs ijtimoiy faoliyatining samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘satadi.
Bu g‘oya professional o‘zini-o‘zi anglashga bevosita aloqador bo‘lib, o‘zi tanlagan kasb yo‘nalishiga shaxsning faol moslasha olmasligi uning professional kompetensiyasining past bo‘lishiga olib keladi. SHu bois ham mamlakatimizda Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining sifat bosqichi muvaffaqiyat bilan amalga oshirilayotgan bir sharoitda temir yo‘llar muxandisligi yo‘nalishida kadrlar tayyorlovchi ta’lim muassasalaridagi yoshlarni bo‘lg‘usi kasbiga ijtimoiy psixologik jihatdan adaptatsiya qilishini bilish kerak bo‘ladi.
Psixologik lug‘atlarda “ijtimoiy adaptatsiya” tushunchasi asosan ikki ma’noda ishlatiladi. Birinchidan, u individning ijtimoiy muhit shart-sharoitlariga faol ravishda aralashib ketishi, moslashuvi jarayoni ma’nosida ishlatilsa, ikkinchidan, uning muayyan vazifalarini bajarishiga imkon beruvchi ichki zahirasi ma’nosida ishlatiladi. Psixolog M.R. Bityanovaning59 yozishicha, shaxsning ijtimoiy adaptatsiyasi to‘g‘risidagi tasavvurlar uning ijtimoiylashuvi hamda shaxsning etukligi tushunchalari bilan uyg‘unlashib ketadi.
Tadqiqotlarning guvohlik berishicha, jarohaglantiruvchi hodisa yoki voqelik ularning paydo bo‘lishi va yuzaga kelishi ahamiyatining aniqlovchisidir. Umuman, shaxs psixologik himoya mexanizmlarini egallab ulgursa, bu xolat uning adaptiv (moslashuv) potensialini ya’ni imkoniyatini ko‘taradi, shu bilan birga ijtimoiy-psixologik adaptatsiya jarayoni muvaffaqiyatga yordam beradi.
58 David G. Mayers Psychology, © 2010 by Worth Publishers. 589-b.
59 Битянова М.Р. Социальная психология: Учебное пособие. 2 - е изд., – СПб.: Питер, 2008. 368 с.
Do'stlaringiz bilan baham: |