Oʻquv fanining maqsadi va vazifasi
“Kasb ta’limi” yoʻnalishida ta’lim olayotgan bakalavrlarga oʻqitilayotgan “Kasbiy psixologiya” kursining asosiy maqsadi – boʻlgʻusi iqtisodchi–pedagog kasb egalari sifatida tanlagan mutaxassisliklariga boʻlgan jamiyatning ma’naviy ehtiyojlari, turli kasblardagi professional mehnatning mazmuni, kasbning insonga qoʻyadigan psixologik talablari (professiogramma), kasbga nisbatan shaxsdagi psixologik imkoniyatlar (psixogramma), mehnat sharoitlari, shaxsning qiziqish va ehtiyojlariga tanlangan kasbning mosligi, kasbni egallashi mumkin boʻlgan oʻquv muassasasida boʻlgʻusi kasb egasi shaxsiga qoʻyiladigan talablar, kasb etikasi, odobi, malakasi, professional yoʻnalganlikning psixologik tabiati, turli kasbiy ixtisosliklarning xarakteri va oʻziga xosliklari toʻgʻrisidagi bilimlarning psixologik asoslarini yetkazishdir.
“Kasbiy psixologiya” kursi oʻzining vazifasi sifatida quyidagilarni oʻz oldiga qoʻyadi: a) bakalavrlarga oʻzlari tanlagan kasbning psixologik mohiyati hamda milliy istiqlol gʻoyalari asosida jamiyat oldidagi ahamiyatini toʻla anglatish; b) tanlangan kasbning professional yoʻnalish sifatidagi jamiyatda tutgan nufuzi va ahamiyatiga xolis baho berishga oʻrgatish; v) har bir talabaning tanlangan kasb toʻgʻrisidagi tasavvurlarini kengaytirish, boyitish, bunda psixologiya arsenalidagi ishonchli metodikalar va testlardan foydalanishga oʻrganish; g) kasb etikasi, odobi, professional axloq tushunchalari doirasida tanlangan kasbning murakkab qirralarini jamiyatda barqaror boʻlgan qadriyatlar va ma’naviy mezonlar nuqtai nazaridan tahlil qilish; kasbga sadoqat tamoyillarini belgilash; d) boʻlgʻusi iqtisodchi pedagoglarda professional yoʻnalishni shakllantirishning psixologik hamda pedagogik texnologiyalardan boxabar qilish, professional motivatsiya, professional maorif va konsultatsiya asoslari bilan tanishish; e) shaxsning indvidual psixologik xususiyatlaridan kelib chiqib, oʻzini oʻzi kasbiy anglash, kasbiy muloqotning sirlarini anglatish va shu kabilar. Kursni mutaxassislikka kirish bilan bogʻlagan holda zamonaviy psixologiya va kasb pedagogikasiga oid bilimlar bilan toʻldiriladi hamda amaliy jihatdan bakalavrlarda kasb haqidagi bilim, malaka va koʻnikmalarni takomillashtirishga xizmat qiladi.
Fan boʻyicha talabalarning bilim, koʻnikma va malakalariga quyidagi talablar qoʻyiladi. Talaba:
kasbiy psixologik tushunchalarni, voqelik va jamiyatdagi voqea-hodisalar;
shaxsni oʻzida kechadigan ijtimoiy-psixologik jarayonlarni, shaxsni psixologik tadqiq qilish usullari;
talabalarda toʻgʻri professional yoʻnalishni shakllantirishning psixologik hamda pedagogik texnologiyalardan boxabar qilish, professional motivatsiya, professional maorif va konsultatsiya asoslari haqida tasavvurga ega boʻlishi;
shaxsda kasbiy motivlarning shakllanishini;
shaxsni individual-psixologik xususiyatlarini kasb tanlashdagi oʻrnini;
shaxsga qoʻyiladigan kasbiy talablarning ahamiyatini;
kasbiy faoliyat, kasbiy layoqat kasbiy qobiliyatlar haqida bilishi va ulardan foydalana olishi talaba voqelikni psixologik mushohada etish;
narsa-hodisalarni ilmiylik va mantiqiylik asosida oʻrganish;
ilmiy tafakkur va psixologik tasavvurning uygʻunligini ta’minlash;
mustaqil va zamonaviy fikrlash;
kundalik faoliyatda umumiy psixologik bilimlarni va qoidalarni qoʻllay olish
Do'stlaringiz bilan baham: |