MEHNAT PSIXOLOGIYASI
Faoliyat bosqichlari
|
Faoliyat mazmuni
|
|
O’qituvchi
|
Talabalar
|
1-bosqich. Kirish (10 min.)
|
O’quv mashg’ulotining mavzusi maqsadi, rejalashtirilgan natijasi va uni o’tkazish rejasini aytadi. O’qitish guruhlarda ishlash texnologiyasi asosida olib borilishini e’lon qiladi.
O’qituvchi “Mehnat psixologiyasi” mavzusini o’rganishda «FSMU» metodidan foydalanishdagi asosiy maqsad va uning qonun-qoidalari bilan tanishtiradi (1- ilova). Mavzu bo’yicha savol-javob olib borishda
«FSMU» metodidan foydalanishning afzalliklari va kamchiliklari bilan tanishtiradi. Talabalarga mavzu bo’yicha topshiriq beriladi (2-ilova).
|
Tinglaydilar.
Savollarga javob beradilar, o’tilgan mavzu bo’yicha fikr
almashadilar.
Yangi pedagogik texnologiya va interfaol metodlar bilan tanishadilar.
|
2-bosqich. Asosiy (20 min.)
|
2.1. Talabalar 3 guruhga ajratiladi. O’qituvchi muhokama uchun savollar tarqatadi (3-ilova). Vazifa butun guruh tomonidan bajarilishini e’lon qiladi. Vazifani bajarishda darslik, ma’ruza matnlari va boshqa qo’llanmalardan foydalanish mumkinligini tushuntiradi. O’quv natijalarini
eslatadi. Guruhlarda ishlarni boshlashni e’lon qiladi.
|
O’quv topshiriq-larini baholash ko’rsatkichlari va mezonlari bilan tanishadilar.
Vazifani bajaradilar
|
3-bosqich. Taqdimot (45 min.)
|
3.1. Taqdimot va guruhlarda ishlash natijalarini o’zaro baholashni tashkil etadi. O’qituvchi Javoblarni sharhlaydi, bilimlarni umumlashtiradi, vazifani bajarish jarayonidagi
asosiy xulosalarga e’tiborni qaratadi.
|
Guruhlar taqdimot qiladilar.
Guruh a’zolari baholanadi.
|
4-bosqich. Yakuniy (5 min.)
|
Mashg’ulotga yakun yasaydi, faol ishtirokchilarni rag’batlantiradi. Kelajakda amaliyot va o’quv faoliyatidagi ahamiyatini ta’kidlaydi.
Mustaqil ish uchun vazifa beradi.
|
Tinglaydilar, aniqlashtiradilar.
Mustaqil ish uchun vazifani yozib oladilar.
|
1-ilova
“Mehnat psixologiyasi” mavzusini o’rganishda
«FSMU» METODI
«FSMU» metodi munozarali masalalarni hal etishda, bahs munozaralar o‘tkazishda samarali hisoblanadi. Bu metod tinglovchilarni o‘z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o‘z fikrini boshqalarga o‘tkazishga, ochiq holda bahslashishga, shu bilan bir qatorda tinglovchilarni o‘quv jarayonida egallagan bilimlarini tahlil etishga, qay darajada egallaganliklarini baholashga hamda tinglovchilarni bahslashish madaniyatiga o‘rgatadi. Odatda, ushbu metod seminar mashg‘ulotlari yakunida va o‘quv rejasi asosida biron bo‘lim yoki mavzu o‘rganib bo‘lingach qo‘llaniladi.
2-ilova Mavzu bo’yicha topshiriq: Mehnat psixologiyasi psixologiya faninig bir sohasi bo‘lib, turli mehnat faoliyatlarining o‘ziga xosligini ijtimoiy tarixiy va konkret ishlab chiqarish sharoiti, mehnat quroli, mehnat ta’limi metodlari bilan birgalikda mehnatkash
shaxsning psixologik sifat va xususiyatlarini o‘rganadi.sifatlari haqida «FSMU» metodini qo’llab tushuncha bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |