O‟zbekiston Respublikasining yig‟ma moliya, tashqi savdo va to‟lov balanslarini
eksport prognozini bajarilishi bo‟yicha oylik omilli tahlil o‟tkazish va o‟rnatilgan
o‟rnatilgan tartibda mamlakat iqtisodiyotini isloh qilishning tamoyillari va ustuvor
yo‟nalishlariga muvofiq moliya valyuta va tashqi iqtisodiy munosabatlarni
rivoshlantirishga yo‟naltirilgan vazifalarni hal qilishga oid takliflar tayyorlash;
o‟rnatilgan tartibda ishlab chiqarish va eksport potensialini oshirishga va
kengaytirishga hamda importni ratsionallashtirishga qaratilgan moliya, valyuta va
tashqi savdo munosabatlarini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmlarini
takomillashtirish, shuningdek moliya va valyuta statistikasi tizimi va metodlarining
rivojlanishi bo‟yicha takliflar tayyorlash;
iqtisodiyot rivojlanishining ko‟p variantli ssenariylari asosida tashqi savdo, to‟lov
va
yig‟ma moliya balanslarining prognoz variantlarini ishlab chiqish hamda
ularnining asosiy makroiqtisodiy parametrlar bilan o‟zaro bog‟liqligini (balansini)
ta‟minlash;
moliya, valyuta va tashqi iqtisodiy munosabatlar sohasida o‟rta va uzoq muddatli
dasturlar (prognozlar) ishlab chiqishda qatnashish;
vazirlikning boshqa bo‟linmalari bilan birgalikda valyuta va tashqi iqtisodiy
faoliyatni tartibga solish sohalariga oid davlat siyosatini takomillashtirish bo‟yicha
takliflarni tayyorlashda qatnashish;
davlatni
ng fiskal faoliyatini takomillashtirishga va O‟zbekiston Respublikasining
xorijiy davlatlar bilan savdo-
iqtisodiy aloqalarini rivojlantirishga yo‟naltirilgan
shartnoma-
huquqiy hujjatlarni ekspert darajasida ishlab chiqishni ta‟minlash;
respublikaning moliya, valyuta va tashqi savdo munosabatlari rivojlanishining
asosiy ko‟rsatkichlari, holati va istiqbollarini tahlil qilish, respublikaning moliya,
valyuta munosabatlari hamda savdo-iqtisodiy aloqalarini rivojlantirishga
qaratilgan masalalarni hal qilishga oid informatsion-
tahliliy ma‟lumotlar tayyorlash
va Vazirlik rahbariyatiga ko‟rib chiqish uchun kiritish;
tegishli vazirlik va idoralardan olingan ma‟lumotlar asosida respublika iqtisodiyoti
va iqtisodiyot sohalari kesimida moliya va valyuta faoliyatining umumiy holati
bo‟yicha, shuningdek eksport potensialini kengaytirish, importni optimallashtirish
va to‟lov balansining barqarorligini ta‟minlashga qaratilgan tashqi iqtisodiy faoliyat
rivojlanishini omilli tahlil qilish;
valyuta va qimmatbaho metallar bozori
ning holati va istiqboli to‟g‟risida
informatsion-
tahliliy ma‟lumotlarni Vazirlik rahbariyatiga hisobot shaklida
tayyorlash;
o‟rnatilgan tartibda tegishli vazirlik va idoralarning bo‟linmalari bilan birgalikda
yillik respublika valyuta balansini shakllantirishda hamda uning bajarilishini oylik
monitoring olib borishda qatnashish;
moliya, valyuta, bojxona, tarif, soliq va bank sohasini tartibga solish davlat
siyosatini takomillashtirish bo‟yicha taklifkar tayyorlashda qatnashish;
tegishli vazirlik va idorala
r bilan birgalikda yig‟ma moliya balansini shakllantirish
metodologiyasini ishlab chiqishda qatnashish;
respublikaning to‟lov balansi barqarorligini ta‟minlash va tashqi savdo
muammolarining yechimi bo‟yicha Vazirlik rahbariyatiga takliflar kiritish;
o‟z vakolati doirasida tashqi iqtisodiy, moliya va valyuta munosabatlarini tartibga
solish masalalariga oid normativ-
huquqiy hujjatlar loyihalarini (ular bo‟yicha
xulosalarni) tayyorlashda va ko‟rib chiqishda qatnashish;
vazirlikning boshqa bo‟linmalari bilan birgalikda xo‟jalik sub‟ektlarining moliya va
valyuta munosabatlari samaradorligini oshirish masalalari bo‟yicha, shuningdek
ushbu munosabatlarni rivojlanishiga ko‟maklashuvchi zaruriy infratuzilmalarni
shakllantirish bo‟yicha takliflar ishlab chiqish;
kelg
usi yilga yig‟ma moliya va to‟lov balanslari statistikasini takomillashtirish
hamda tashqi savdo masalalari bo‟yicha statistik ishlar (kuzatuvlar, izlanishlar)
o‟tkazishga davlat buyurtmasini shakllantirishda qatnashish, shuningdek ushbu
ishlarga qo‟yiladigan umumiy talablarni ishlab chiqish;
boshqarma bevosita ma‟sul bo‟lgan masalalar bo‟yicha ma‟lumotlar bazasini
shakllantirish, yuritish va yangilab borish.
Do'stlaringiz bilan baham: