MAHALLIYLASHTIRISH DASTURINI SHAKLLANTIRISH VA MONITORING
BO‘LIMI
Bo‘limning asosiy vazifalari:
mahalliylashtirish davlat dasturini ishlab chiqishni muvofiqlashtiradi, sanoatni
rivojlantirish va tarkibiy o„zgarishlarga qaratilgan tarmoq dasturlarining
monitoringini olib boradi;
mahalliy tabiiy va mineral xomashyo resurslaridan samarali va tejamkor
foydalanishga qaratilgan, aniq maqsadlarga yo„naltirilgan tarkibiy siyosat olib
boradi, respublika iqtisodiyotining dunyo iqtisodiy tizimiga keng integratsiyasini
ta'minlaydi hamda eksport potensialini oshiradi;
iqtisodiyotni rivojlanish ssenariylari va variantlari, qisqa va uzoq muddatli
prognozlar hamda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab
chiqishda qatnashadi;
vazirlikning b
oshqa boshqarmalari va bo„limlari bilan hamkorlikda, ishlab
chiqilgan strategiya asosida, iqtisodiyotni isloh qilishning tamoyillari va asosiy
vazifalarini, ularni amalga oshirish mexanizmlarini aniqlash, muhim iqtisodiy
muammolarni yechishga qaratilgan maqsadli dasturlarining tegishli qismlarini
ishlab chiqishda tashkiliy-metodik boshqarish va muvofiqlashtirishni amalga
oshiradi;
ishlab chiqarishni mahalliylashtirish natijalarini o„rganish asosida, qabul qilingan
strategiya va iqtisodiy siyosatdan kelib chiqqan holda mahalliylashtirish doirasini
yanada kengaytirish bo„yicha takliflar tayyorlaydi;
dunyo tajribasi va xalqaro standartlarni o„rganish asosida mahalliylashtirish
loyihalarini monitoring qilishning samarali usullarini ishlab chiqadi va tadbiq etadi;
sanoatni rivojlanishining umumiy yo„nalishlari, byudjet-soliq, pul-kredit, valyuta,
narx va antimonopol siyosat, tovar va xizmatlarning narxlarini muvofiqlashtirish
mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan takliflarni tayyorlashda ishtirok
etadi;
korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlari, texnologik jarayonlari to„g„risida
ma'lumotlarni yig„ish, o„rganish va qayta ishlashni amalga oshiradi va tegishli
tahliliy ma'lumotlar tayyorlab vazirlik rahbariyatiga taqdim etadi;
tarmoqlar va tarmoq komplekslarining (mahalliylashtiruvchi va eksportga
yo„naltirilgan ishlab chiqarishlar) tizimli monitoringini olib borishda qatnashadi va
shakllanayotgan kon'yunkturadan kelib chiqqan holda ularni zamonaviy tejamkor
texnologiyalar asosida modernizatsiya qilish va
texnik qayta jihozlash bo„yicha
dasturlar ishlab chiqishda qatnashadi;
hududiy iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashadi;
vazirliklar va idoralar bilan hamkorlikda O„zbekiston Respublikasi Prezidenti
devoni hamda Vazirlar Mahkamasiga yirik strategik ijtimoiy-siyosiy muammolarni
yechish,
normativ-xuquqiy
bazani
shakllantirish,
iqtisodiyotni
yanada
liberallashtirishga qaratilgan takliflar, tavsiyalar hamda tahliliy ma'lumotlarni
tayyorlashda qatnashadi;
vazirlikning boshqa bo„limlari bilan hamkorlikda industrial, agrar va ijtimoiy
siyosatni amalga oshirish, infratuzilmani rivojlantirishning asosiy yo„nalishlarini
belgilab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |