Asosiy va qo’shimcha huquqlar deganda nimani tushunasiz. Fikringizni misollar yordamida asoslang



Download 15,77 Kb.
Sana23.06.2022
Hajmi15,77 Kb.
#696217
Bog'liq
27-nazariy savol konstitutsiyaviy huquq.docx1


27-nazariy savol:
Asosiy va qo’shimcha huquqlar deganda nimani tushunasiz. Fikringizni misollar yordamida asoslang.
Javob :
Avvalo,” huquq nima” degan savolga javob izlaymiz. Huquq – bu davlat tomonidan belgilangan yoki tasdiqlangan umumiy majburiy normalar tizimi. Huquq jamiyat hayotining turli sohalariga :iqtisodga , siyosatga, ijtimoiy sohaga, madaniy- ma’rifiy sohalarga ta’sir etadi. Mamlakat fuqarolari o’zining qanday huquqlari, burchlari borligidan to’la xabardor bo’lgan jamiyatdagina demokratik jihatdan yuksaklikka erishish mumkin. Davlat esa adolat mezonlariga to’g’ri keladigan , jamiyatda kimnidir boshqa kishidan ustun bo’lishiga yo’l qo’ymaydigan, hamma uchun teng va to’g’ri bo’lgan qonun hujjatlarini yaratishga ma’suldir.
Fuqarolarning huquqlari, birinchi navbatda, bosh qonun bo’lgan Konstitutsiya orqali himoya etiladi. Konstitutsiya va qonunlarda belgilangan huquq va erkinliklari daxlsizdir.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini yaratishdan asosiy maqsad jamiyatda har bir fuqaroning , u kim bolishidan qat’iy nazar, o’z o’rnini topishiga ko’maklashish, fuqarolar tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash, ularga adolatli jamiyat, davlat qurishni ta’minlashdan iborat. Bir gapni eshitgandim: “Qonun- bu men, qonun- bu sen, qonun -bu biz”. Yuqorida aytilganidek, Fuqarolar o’z huquq va erkinliklarini,burchlari bilgandagina ,adolatli jamiyat qurish mumkin.
Avvalo, har bir fuqaroning o’zining oliy va daxlsiz bo’lgan yashash huquqi mavjud.”Yashash huquqi har bir fuqaroning uzviy huquqidir. Inson hayotiga suiqasd qilish eng og’ir jinoyatdir” deb belgilab qo’yilgan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24-moddasida. Bundan tashqari ,insonning asosiy huquqlariga erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqlarini ham kiritish mumkin. Bu haqda mamlakatimiz Konstitutsiyasining Ikkinchi bo’lim, VII bob, 25-moddasida ham belgilangan. Unga ko’ra:’Har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega. Hech kim qonunda asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishi mumkin emas” deb belgilangan.
Yuqoridagilar fuqarolarning asosiy huquqlari edi. Shu bilan birga har bir fuqaroning qo’shimcha huquqlari ham mavjud. Bu qo’shimcha huquqlar ularga davlat tomonidan berilgan bo’ladi va Konstitutsiya va qonunlar bilan muhofaza etiladi. Keling, qo’shimcha huquqlarga O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi asosida misollar keltiramiz.
Avvalo, bir narsani aytib o’tish kerak, shaxsning maxsus huquqiy holati fuqarolarning alohida kategoriyalarini (qatlamlarini) huquqiy xususiyatlarini o’zida ifodalaydi(talabalar,harbiylar,nafaqaxo’rlik, o’qituvchilar, nogironlar, urush qatnashchilari va boshqalar). Maxsus huquqiy holat egalari umumiy konstitutsiyaviy huquqiy holatga asoslangan holda, qo’shimcha huquq va majburiyatlarga , imtiyoz va xususiyatlarga ega bo’lishi kerak.
Qo’shimcha huquqlarga misollardan biri saylash va saylanish huquqidir. Bu huquqdan 18-yoshga to’lgan har bir O’zbekiston fuqarosi foydalanishi mumkin. Faqatgina “… Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylanishi mumkin emas va saylovda qatnasha olmaydilar. ..” deb belgilangan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 117-moddasida. Keling, shu yerda asosiy va qo’shimcha huquq o’rtasidagi farqni aniqlaymiz. Asosiy huquq deb yashash huquqini olamiz, qo’shimcha huquq deb saylash va saylanish huquqini olamiz. Qo’shimcha huquqlardan qaysidir jihatda mahrum etish mumkin, lekin asosiy huquqdan mahrum etishga hech kim haqli emas, hattoki cheklashga ham.
Qo’shimcha huquqlarga yana misol keltiramiz. Misol uchun Konstitutsiyaning 40-41-42- moddalari ham qo’shimcha huquqlarga misol bo’ladi.42-moddada shunday deyilgan”Har kimga ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniy yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanadi.Davlat jamiyatning madaniy , ilmiy, texnikaviy rivojlanishiga g’amxo’rlik qiladi”.
Qo’shimcha huquqlar aslida muayyan sabablarga ko’ra yuridik va jismoniy shaxslarga beriladigan afzalliklardir. U davlat qonunlari va boshqa qonun hujjatlariga binoan – fuqarolarga, shuningdek, jamoat birlashmalari tomonidan ma’muriyat qaroriga muvofiq – uning a’zolariga tayinlanishi mumkin.Soliq, pensiya ta’minoti , kamunal-maishiy xizmatlar va boshqa sohalarda qo’shimcha huquq va imtiyozlar mavjud. Birgina oliy ta’limga kirishda qanchalik ko’p imtiyoz mavjud.
Xulosa o’rnida bir narsani aytib o’tishni joiz deb bildim . Aslida huquqlar berilmaydi, ular qo’lga kiritiladi. Kurashilib erishiladi. Biz hozirgi foydalanayotgan huquqlarimiz uchun uzoq vaqt davomida kurashilgan. Bizning vazifamiz esa fuqarolarga o’z huquqlarini urgatish, ulardan foydalanishga ko’maklashishdir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:



1.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;TOSHKENT-“O’ZBEKISTON”-2019/
2.O.T.Husanov. “Konstitutsiyaviy huquq”.darslik.Toshkent “Adolat”2013.
Download 15,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish