Asosiy va aylanma kapital statistikasi
Asosiy va aylanma kapital statistikasi
Tuzuvchi: Tilavoyev Dilshod
Reja:
1. Asosiy kapital
2. Aylanma kapital
3. Asosiy va aylanma kapital statistikasi
Asosiy kapital
Asosiy kapital – kapitalning asosiy ishlab chiqarish vositalari (mashina, as-bob-uskuna, ishlab chiqarish binolari va uskunalari)ni oʻz ichiga oluvchi, iqtisodiy jihatdan oʻz qiymatini ishlab chiqarilgan to-varlarga asta-sekin va uzoq muddatda oʻtkazib boruvchi qismi.
Asosiy kapital pul shaklida uskuna, mashina-mexanizmlar, bino-in-shootlar va boshqa qiymatidan iborat boʻlib, ular sotib olingan paytdagi bozor narxi bilan hisoblanadi. Asosiy kapital qiymatining bir qismi har yili mahsulotning ishlab chiqarish va sotish harajatlariga kiradi va amor-tizatsiya ajratmalari tarzida maxsus amortizatsiya fondida jamgʻariladi.
Asosiy kapital hajmiga karab mehnatning kapital bilan qurollanishi darajasini baholash mumkin (Asosiy kapital qiymati ishlovchilar soniga taqsimlanadi). Asosiy kapital tarkiban ikki qismga boʻlinadi: mehnat qurollarida gavdalangan kapital (mashina-mexa-nizmlar); ishlab chiqarishning moddiy sharoitini yaratishda gavdalangan kapital (bino, inshoot, qurilma va hokazolar).
Aylanma kapital
Aylanma kapital – kapital (ishlab chiqarish fondlari)ning har bir ishlab chiqarish siklida sarf etiladigan va qiymati ishlab 4 chiqarilgan tovarta toʻliq oʻtadigan qismi. Sarflangan Aylanma kapital miqdori kapi-talning doiraviy aylanishi oxi-rida tovar sotilishi bilan pul shaklida ishlab chiqaruvchi qoʻliga qaytadi. Xom ashyo, ma-teriallar, yoqilgʻi va boshqa, shuningdek ish kuchi sotib olishga sarflanadigan hara-jatlar Aylanma kapital ga kiradi
Asosiy va aylanma kapital statistikasi
Aylanma mablag'lar uchun to'lov korxonalarni xom ashyo, yoqilg'i, materiallarning ishlab chiqarish zaxiralarini, tugallanmagan ishlab chiqarish hajmini va zaxiradagi tayyor mahsulotlarni minimal darajada kamaytirishga undaydi. Aylanma mablag'larni kreditlar hisobidan to'ldirish jamg'arma rejimini to'liq amalga oshirishga, moddiy qadriyatlarga bo'lgan ehtiyojni oqlashga oqilona yondashishga yordam beradi.
Umuman korxonaning muvaffaqiyati va rentabelligi korxonada aylanma mablag'lardan qanchalik oqilona foydalanilishiga bog'liq. Shuning uchun aylanma mablag'larning iqtisodiy tahliliga etarlicha e'tibor berish juda muhimdir. Ushbu oddiy tadqiqotlar natijalariga asoslanib, korxonaning iqtisodiy siyosatini tashkil etishda muammoli joylarni aniqlash, samaradorlikni oshirish uchun zaxiralarni aniqlash mumkin.
E'tiboringiz uchun rahmat!
http://fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |