Asosiy tushunchalar



Download 2,1 Mb.
bet8/9
Sana25.01.2022
Hajmi2,1 Mb.
#410406
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Hayvon

Epidemiologiya (epidemiya va ...logiya) — tibbiyotning bir sohasi. Infeksion kasalliklarnit kelib chiqish sabablari, tarqalishini oʻrganadi, shuningdek, ularga qarshi kurash hamda oldini olish choralarini ishlab chiqadi. E. biol., mikrobiologiya, virusologiya, genetika, biokimyo, fizika va boshqalar fanlar bilan chambarchas bogʻliq. Umumiy va xususiy E. farqlanadi.

Umumiy E. yuqumli kasalliklar tasnifining evolyutsion asoslari, epidemik jarayon, E.ning kategoriya va qonuniyatlarini oʻrganadi; xususiy E. har bir yuqumli kasallikning oʻziga xos tarixi, qoʻzgʻatuvchisi, epidemiologiyasi, infeksiya manbai, yuqish yoʻllari va vositalari, unga qarshi kurash va oldini olish usullarini oʻrganadi.

E. tarixi uzoq oʻtmishga borib taqaladi. Zardushtiylikning muqaddas kitobi Avestoda diniy va falsafiy masalalar bilan birga tibbiyotga, xususan, yuqumli kasalliklarning tarqalishiga va ularning oldini olishga oid fikrlar bitilgan.

Ayrim kasalliklarning hayvonlardan yuqishi, shuningdek, bemor bilan muloqotda boʻlganda kasallik yuqishi mumkinligi va uning qoʻzgʻatuvchisi organizmga turli yoʻllar — ogʻiz, burun va jinsiy aʼzolar orqali kirishi oʻsha davrdayoq maʼlum boʻlgan. Yuqumli kasalliklarni ilmiy jihatdan asoslashga urinishlar Gippokrat, oʻrta asrlarda Roziy, ibn Sino va boshqalarning asarlarida oʻz ifodasini topgan. Abu Ali ibn Sino oʻzining "Tib qonunlari" asarida kasalliklarni keltirib chiqaruvchi asosiy sabablar, ularni qoʻzgʻatuvchi omillar, kasallik alomatlari va ularning oldini olish haqida fikrlar bildirgan. Unda bir qancha xavfli yuqumli kasalliklar (vabo, oʻlat, chin chechak, sil va boshqalar)ning koʻzga koʻrinmas qoʻzgʻatuvchilari va ularning mexanizmi, shuningdek, yuqumli kasalliklarning vujudga kelishida ifloslangan suv, havo kabi tashqi omillar muhim rol oʻynashi haqida maʼlumotlar keltirilgan.

ArRoziy chin chechak, koʻkyoʻtal kasalliklarini taʼriflab bergan. U oʻz asarlarida birinchilardan boʻlib chin chechak kasalligining oldini olish uchun sogʻlom kishilarni bemorlarning chechak (pustula) pufakchasidan olingan suyuklik bilan emlash toʻgʻrisida fikr yuritgan.

17-asrga kelib ingliz vrachi E.D.Jenner chechak kasalligini davolash uchun chechakka qarshi emlash usulini taklif etdi. Fransuz olimi L. Paster, nemis olimi R. Aoxning yuqumli kasalliklar kelib chiqishida oʻziga xos qoʻzgʻatuvchi — mikroblarnnt rolini isbotlab bergan kashfiyotlari, immunitet haqidagi taʼlimotga ilmiy asos solgan. I.I. Mechnikov va shogirdlarining tadqiqotlari, ilk bor filtrlanuvchi viruslarni tavsiflab bergan D. I.Ivanovskiyning ishlari E.da katta ahamiyatga ega boʻldi. Tibbiyot va sogʻliqni saqlash ishining keyingi taraqqiyoti natijasida E. fani va amaliyotida muhim yutuqlarga erishildi. Koʻp mamlakatlarda, jumladan, Uzbekistonda yirik epidemiolog olimlar rahbarligida sanitariyaepidemiologiya xitchati tashkil etildi.

Uzbekistonda E.ning rivoji Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar institutshshsh tashkil etilishi, L. M. Isayev, P.F.Borovskiy, T.X.Najmiddinov kabi yirik olimlarning Oʻzbekistonda bir qancha yuqumli kasalliklarga, jumladan, bezgak, rishta, leyshmanioz, ich terlamaga qarshi qurashishda erishgan muvaffaqiyatlari bilan bogʻliq. Shuningdek, oʻzbek olimlari A.Z.Zohidov, S.N.Bobojonov, I.Q.Musaboyev va boshqalar E. sohasida olib borgan ishlari bilan sanitariya va epidemiologiya rivojiga salmoqli hissa qoʻshdilar. Respublikada yuqumli kasalliklar epidemiologiyasini oʻrganish va ularning oldini olish tadbirlarini ishlab chiqish, yuqumli kasalliklarni kamaytirish masalalari ustida tadqiqotlar olib borilmoqda.

Hozirgi vaqtda epidemik kasalliklarning yuzaga kelishi, tarqalishi va yoʻqotilishini oʻrganuvchi yangi bir yoʻnalish — yuqumli boʻlmagan kasalliklar epidemiologiyasi yuzaga keldi. Uning asosiy vazifasi bunday kasalliklarning etiologiyasi va patogeneziga doir maʼlumotlarni tahlil qilish asosida ularga qarshi profilaktika usullarini ishlab chiqish hamda aholi orasida xavfli oʻsma kasalliklari va boshqalar surunkali yuqumli boʻlmagan kasalliklardan yuzaga keluvchi oʻlim hollarini kamaytirishdan iborat. Toshkent tibbiyot akademiyasida, shuningdek, Oʻzbekistondagi mavjud barcha tibbiyot intlarida, Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida E. kafedralari bor.



Download 2,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish