Tokni o‘lchash
Tekshirilayotgan elektr zanjiriga ulanuvchi asbob uning parametrlarini mumkin qadar kam o‘zgartirishi lozim. Shu sababli ampermetrning qarshiligi nolga teng bo‘lishi kerak. Bu holda tokni o‘lchash uchun zanjirga ulangan ampermetr zanjir qarshiligini o‘zgartirmaydi. Amalda bu shartni bajarish mumkin bo‘lmaydi, shuning uchun ichki qarshiligi eng kichik bo‘lgan ampermetrdan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi
O‘zgarmas tok magnitoelektrik ampermetrlar bilan, o‘zgaruvchan tok elektromagnit, elektrdinamik ampermetrlar va to‘g‘rilagichli miliampermetrlar bilan o‘lchanadi.
Tok kuchini yuqori aniqlik bilan o‘lchashda taqqoslash usulidan foydalaniladi.
Ampermetrning ko‘rsatishi ularning harakatchan qismidan o‘tayotgan tokning qiymatiga bog‘liq. Shuning uchun elektr zanjirida ampermetrlar iste’molchiga ketma-ket ulanar ekan. O‘zgarmas tokda ampermetrning o‘lchash chegarasini oshirish uchun uning chulg‘amiga parallel qilib nisbatan kichik qarshiliklar ulanadi. Bu qarshilik shunt deb ataladi.
Shuntlar. 6.3-rasmda magnitoelektrik o‘lchov mexanizmiga shunt Rsh ulash sxemasi ko‘rsatilgan. Agar o‘lchash mexanizmidagi IO‘ toko‘lchanayotgan tok I dan n marta kichik bo‘lsa shuntning qarshiligi formula yordamida aniqlanadi. Bu yerda Ro‘–o‘lchov mexanizmi qarshiligi -shuntlash koeffisienti.
Bunday ulash natijasida zanjirdan o‘tayotgan tokning ko‘proq qismi shuntdan o‘tadi, chunki shuntning qarshiligi ampermetrning qarshiligidan ancha kichik bo‘ladi. Masalan, ampermetr IO‘=5 A tokni o‘lchaydi, ammo bizga IO‘=75 A tokni o‘lchash kerak bo‘lsin. Buning uchun asbobning o‘lchash chegarasini marta kengaytirish kerak. Agar ampermetr o‘lchov mexanizmining qarshiligi RO‘=0,1 Om bo‘lsa, shunt qarshiligini hisoblaymiz Om bo‘lishi lozim.
Shuntlarning qarshiligi haroratga bog‘liq bo‘lmasligi uchun ular manganin degan materialdan tayyorlanadi. Chunki muhit temperaturasi o‘zgarishi bilan manganinning qarshiligi o‘zgarmaydi.
Kichikroq toklar (30 A gacha) uchun shuntlar o‘lchov asbobi korpusi ichiga joylashtiriladi. Katta toklar uchun (7500 A gacha) shuntlar o‘lchov asbobi korpusi tashqarisiga joylashtiriladi. Tashqi shuntlar ikki juft ulovchi qisqichlarga ega bo‘ladi. Tok qisqichlari yordamida shunt o‘lchanayotgan zanjirga o‘lanadi. Potensial qisqichlari orasidagi qarshilik Rsh ga teng bo‘lib unga o‘lchov mexanizmi parallel ulanadi.
Tashqi shuntlarning: 0,02; 0,05; 0,1; 0,2 va 0,5 aniqlik sinflari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |