Agar ampitsillin bo‘lmasa:
Penitsillin qiling (iloji bo‘lsa, Benzilpenitsillin natriy yoki kaliy, 629-bet),
o‘sha zahoti 5 million ED.; undan so‘ng 1 million ED. har 4 soatda.
Penitsillin bilan birga Gentamitsin 240-320mg. (tana vaznining har
kilogrammiga taxminan 5 mg dan) kuniga bir mahal yoki Levomitse-
tin (Xloramfenikol) (639-bet), har 6 soatda 250 mg li ampulalardan 2
tadan ukol qiling.
ICHAKKA ALOQADOR KUTILMAGAN (TEZ DAVOLANILISHI
KERAK BO‘LGAN) MUAMMOLAR
Appenditsit, peritonit va ichak tutilishi (keyingi betlarga qarang) ichak
kasalliklarining kutilmagan, og‘ir holatlariga misoldir, bunda o‘limning
oldini olish uchun tezda jarroh yordami kerak. “O‘tkir qorin” deb ana shu
holatni aytiladi. Ayollarda, salpingit yoki bachadondan tashqari homilalar
27
Do'stlaringiz bilan baham: |