“Asosiy texnologik jarayonlar va qurilmalar”



Download 9,85 Mb.
bet25/30
Sana08.06.2022
Hajmi9,85 Mb.
#644781
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
4-AMALIY MASHG'ULOT

6– Amaliy mashg‘ulot
(2-soat)
Mexanik jarayonlar. Qattiq jismlarni maydalash.

Nazariy qism. Mexanik jarayonlar turkumiga turli xil materiallarni mexanik kuch tasirida maydalash, saralash, aralashtirish, ezish, granullash va masofaga uzatish kabi jarayonlar kiradi.
Maydalash jarayonida material bo‘laklarining fizik-kimyoviy xususiyatlari uzgarmaydi, ularning o‘lchami kichrayadi, sirt yuzalari esa ortadi. Qattiq materiallarning maydalash, shartli ravishda, maydalash (materiallarni yirik, o‘rtacha va mayda mayda bo‘laklarga bo‘lish) va maydalash (yupka va uta yupka maydalash) jarayonlariga bo‘linadi.
Material bo‘laklarining o‘lchamlariga ko‘ra maydalash jarayonining sinflarga bo‘linishi quyidagi 1-jadvalda keltirilgan.

Maydalash jarayonlarini sinflarga bo‘linishi. 1- jadval



Maydalash turi

Bo‘laklarning o‘rtacha o‘lchami, mm

Mahsulotni maydalanish




maydalanguncha

maydalangandan so‘ng

darajasi

Yirik maydalash

1500÷300

300÷100

2÷6

O‘rtacha maydalash

300÷100

50÷10

5÷10

Mayda maydalash

50÷10

10÷2

10÷50

Yupka maydalash

10÷2

2÷0,75

100

O‘ta yupka maydalash

2÷0,75

7,5.2 ÷ 1.4

-

Material bo‘lagining maydalanguncha d1 va maydalangandan so‘nggi d2 o‘rtacha o‘lchamlarining nisbati maydalanish darajasi i deyiladi
i = db/dm . (1)
Maydalanayotgan material bo‘laklari va ularning maydalangan zarrachalari odatda tugri geometrik shaklga ega bulmaydi. Shuning uchun ular «o‘rtacha o‘lcham» kattaligi bilan tavsiflanadi. Material bo‘laklarining o‘rtacha o‘lchami quyidagi ifodaga ko‘ra aniqlanadi
Dx = 3Ö lbh , m, (2)
bu yerda b- bo‘lakni kengligi; l- uzunligi; h- balandligi.
Agar bo‘lak sharsimon bulsa, uning tavsiflovchi o‘lchami sifatida diametri qabul qilinadi, kub shaklida bo‘lsa - kub qirrasining uzunligi olinadi.
Maydalangan bo‘laklarning o‘rtacha o‘lchamlari saralovchi elaklar yordamida bir necha fraktsiyalarga ajratilib aniqlanadi. Har bir fraktsiyaning o‘rtacha o‘lchami do‘ ushbu fraktsiyadagi eng katta dmax va eng kichik dmin bo‘laklar o‘lchamiga ko‘ra quyidagicha aniqlanadi
do‘ = (dmax + dmin)/2 . (3)
Aralashmadagi bo‘laklarning o‘rtacha o‘lchami quyidagicha hisoblanadi
, (4)
bu yerda do‘r1, do‘r2 ,..., do‘rn- Har bir fraktsiyadagi bo‘laklarning o‘rtacha o‘lchami; a1, a2, ..., an- Har bir fraktsiyaning massaviy tarkibi, %.
Maydalash jarayoni asosan qattik yoki shartli ravishda qattik deb kabul qilingan materiallarni ezish, yorish, sindirish, kesish, arralash, yemirish (eyiltirish) va zarba berish kabi maydalash usullari bilan amalga oshiriladi. U yoki bu usulni tanlash materialning o‘lchamlari va fizik-mexanik xossalariga bog‘liq.
Materiallarni maydalash quruq usulda (suv ishlatmasdan), yupka maydalash esa materiallarni namlab amalga oshiriladi.

Download 9,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish