BOG'LOV MATERIALLARI VA CHOYSHABLARNI,
KIYIMKECHAKLARNI STERILLASH
Operatsiya va yara bog'lashda ishlatiladigan bog'lov materiali va choyshablar ham steril bo'lishi lozim. Bog'lov materiali sifatida doka, paxta, lignin (yog'ochdan tayyorlangay paxta) ishlatiladi. Suyuqliklarni yaxshi so'rishi, tez qurishi, yumshoq bog'lov materiallarining asosiy xossalaridir. U oson sterillanishi va yuqori harorat ta'sirida buzilmasligi lozim. Doka ip gazlama bo'lib, uni maxsus ishlangandan keyin oq, yumshoq, moysizlangan va gigroskopik bo'lib qoladi. Dokaning iplari birbiriga zich takalib turmasdan, mayda va yirik to'r shaklida joylashgan. Zich iplari kamroq gigroskopikdir. Dokadan har xil enlik bintlar, salfetkalar, sharchalar, tamponlar tayyorlanganda uning uziq tolalari jarohatga tushmasligi zarur; agar jarohatga tushib qolsa, bitishyga xalaqit beradi, shuning uchun dokaning chekkalari, uning bog'lam qillari ichiga o'ralishi zarur. Turli enlik (220 sm gacha) va uzunlikdagi (27 m gacha) bintlar jarohat bog'ichini mustahkamlashda, gipsli bog'ichlarda, taxtakachlarni (shinalarni) mustahkamlashda va shu kabilarda ishlatiladi. Tamponlar chekkalari ichkariga kayirib tayyorlangan uzun doka tasmalari qon ketishini to'xtatish.yiringli bo'shliklarni drenaj qilish, yiringni so'rib olish va boshqalarda ishlatiladi. Turli kattalikdagi salfetkalar operatsiya qilish, yara bog'lash vaqtida jarohatni kuritish, jarohatni chegaralash uchun zarur. Dokadan olingan sharchalar odatda jarrohlik muolajasi uchun ishlatiladi.
Ok (gigroskopik) hamda kul rang (gigroskopik emas) paxta (momiq) dan tayyorlanadi. Sun'iy toladan qilingan paxta tibbiyotda kam ishlatiladi. Ok paxtaning afzalligi shundaki, uning gigroskopikligi suyuqlikning jarohatdan bog'lamga muttasil oqibturishini ta'minlaydi. Ammo paxtaning jarohatga yopishish xususiyatini hisobga olib, uni ustidan doka qo'yiladi.
Lignin yog'ochdan tayyorlangan paxta bo'lib, gigroskopikligi yukori, ammo jarohat suyuqligi ta'sirida chirishi sababli u keng tarkalmadi. Operatsion kiyimkechak deyilganda katta va kichik choyshablar, salfetka, sochik, xodimlar xalati, maska, ko'lqoplar va shu kabilar kiradi. Bog'lov materiali va operatsion kiyimkechakni, yukorida aytilganidek, 1,12 atm da avtoklavda sterilizatsiya qilinadi. Sterilizatsiya qilishga va ularni saqlashga filtrli sterilizatsion metall kutilar va metall baraban yoki Shimmelbush bikslari qulay hisoblanadi. Shimmelbush bikslari (6rasm) har xil kattalikdagi kulay, aylanma metall qutilar bo'lib, kopqog'i hamda yon devorida esa teshiklari bo'ladi. Bu teshiklar baraban o'rtasidan o'tuvchi tasma shaklidagi halqa moslamani surish bilan ochiladi. Bog'lov va operatsion kiyimlar metall bikslarga ayrimayrim xaltachalarga yoki choyshabga o'rab, sektorlarga bo'lib qo'yiladi. Buyumlarni bikslarga ularning har qaysisi boshqalariga tegmaydigan qilib joylanadi. Masalan, katta biksda katta, kichik va o'rtacha salfetkalar, sharchalar, har xil tayoqchalar, tamponlar va bintlar bo'ladi. Sterillanganda yumaloq biksni yettita sektorga bo'linadi va ularning har biri tubidan to qopqog'igacha sanab o'tilgan buyumlarning birortasi bilan to'ldiriladi. Sterilizatsiya tugagach, metall halqa tortilib, biks teshiklari berkitiladi. Bikslarni yopiq xonada saqlanadi, uning kaliti katta operatsion hamshira qo'lida bo'ladi. Bog'lov materiallari va operatsion kiyimlarni bikslarda 3 sutkagacha saqlash mumkin. Bog'lov materiallari va operatsiya kiyimini harorati 180°S bo'lgan havo sterilizatorlarida sterillab bo'lmaydi, chunki ular tez buziladi.
Operatsiya asbobanjomlarini sterilizatsiya va saqlash uchun qo'llaniladigan. Shimmelbush biksi.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |