Asosiy termin va tushunchalar



Download 0,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/433
Sana31.12.2021
Hajmi0,92 Mb.
#267796
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   433
Bog'liq
1xbet full information

Matchning
asosiy vaqti
-
bu ushbu sport turi o'tkazish qoidalariga binoan belgilangan va hakam tarafidan
qo'shiladigan vaqtni o'z ichiga olgan, matchning davom etish vaqti. Matchning
asosiy vaqtiga qo'shimcha vaqt, overtaymlar, penalti seriyalar, bullitlar va
hokazolar qo'shilmaydi.


2. Umumiy qoidalar
«1xBet» bukmeker kompaniyasi butun dunyoda bo'layotgan sport va boshqa hodisalar uchun
1.
garovlar qabul qiladi. 
Garovlar bukmeker kompaniyasining garov qabul qilish Qoidalariga binoan, 18-yoshga to'lgan
2.
yoki uning yurisdiksiyasiga ko'ra belgilangan balog'at yoshidagi (agar bu 18-yoshdan ortiq
bo'lsa) shaxslardan qabul qilinadi.
Garovlar quyidagi shaxslardan qabul qilinmaydi:
3.
garov qabul qilish vaqtida 18-yoshga to'lmagan shaxslardan;
garov tikilayotgan voqea ishtirokchilaridan (sportchilar, murabbiylar, hakamlar, klub
raxbarlari va funksionerlari va boshqa shu kabi voqea natijalariga ta'sir etishi mumkin
bo'lgan shaxslar) shuningdek, ularning nomidan ish yuritadigan yoki ular bilan aloqador
shaxslardan;
boshqa bukmeker idoralarining manfaatlarini ko'zlaydigan shaxslardan;
bukmeker kompaniyasi bilan shartnomalashish amaldagi qonunchilik tarafidan
taqiqlangan shaxslardan.
Saytga kirish imkoniyatining mavjudligi va/yoki undan (saytda taqdim etilgan barcha
4.
mahsulotlardan) foydalanish ba'zi mamlakatlarda noqonuniy hisoblanilishi mumkin (masalan,
Buyuk Britaniya, AQSh, Kipr, Niderlandiya, va b.q). Biz veb-sayt ushbu faoliyat noqonuniy
bo'lgan mamlakatlarda va/yoki yurisdiksiyada yashovchi shaxslar tomonidan sportga garovlar,
qimor o'yinlari yoki boshqa maqsadlar uchun foydalanilishini kutmaymiz.
Bizning veb-saytimiz bunday mamlakatda va/yoki shunga o'xshash yurisdiksiyalarda mavjudligi
5.
yoki ushbu davlatlarning biron bir davlatining rasmiy tilida aks ettirilganligi bizning ushbu
mamlakatda rasmiy vakolatxonamizning mavjudligi yoki veb-saytdan foydalanish, o'yin hisobiga
mablag' kiritish yoki undan yutuqni olish qonuniyligini isbotlash sifatida qabul qilinmaydi.
Bizning xizmatlarning mavjudligi qonun tomonidan taqiqlangan mamlakatlar yoki bunday
faoliyat qonun tomonidan taqiqlangan har qanday yurisdiksiyada qimor o'yinlaridan foydalanish
yoki sport, qimor o'yinlariga yoki boshqa xizmatlarga obuna bo'lishga taklif, targ'ib yoki fitnani
anglatmaydi. 
Siz saytga kirish va/yoki uning mahsulotlaridan foydalanish sizning davlatingizda qonun
6.
talablariga zid keladimi yoki yo'qligini aniqlash uchun javobgarsiz va siz yashayotgan hududda
o'yin faoliyatlari qonuniyligini kafolatlaysiz. Saytimizda ro'yxatdan o'tishdan oldin, Siz
harakatlaringiz Sizning yurisdiksiyangizda qonuniy ekaniga amin bo'lishingiz kerak va Siz
saytimizda ro'yxatdan o'tishdan oldin yuristlar bilan maslahatlashganingizni kafolatlaysiz. Agar
Siz saytimizdan foydalanish ta'qiqlangan mamlakat rezidenti ekaningiz aniqlansa, biz Sizning
hisobingizni yopish va yopish vaqtida sizda mavjud bo'lgan mablag'ni (oxirgi depozit
kiritilganidan so'ng olingan yutuqlar ayirilib) qaytarish huquqiga egamiz. 
Mazkur Qoidaning yuqorida qayd etilgan bandlarini buzmaslik javobgarligi garov ishtirokchisi
7.
zimmasida. Bu Qoidalarning buzilgan holatlarida, bukmeker kompaniyasi har qanday yutuq
to'lovidan yoki kiritilgan mablag'ni qaytarishdan bosh tortish va har qanday garovni bekor qilish
huquqini o'zida qoldiradi. Bukmeker kompaniyasi bahs ishtirokchisining sanab o'tilgan toifalarga
doirligi qachon ma'lum bo'lganligi to'g'risida hech qanday majburiyatga ega emas. Demak,
bukmeker kompaniyasi bahs ishtirokchisining sanab o'tilgan toifalarga oidligi aniqlanishi
bilanoq, unga nisbatan chora tadbirlar ko'rish huquqiga ega.
Bukmeker kompaniyasi ushbu Qoidalarni qabul qilmagan bahs ishtirokchilaridan garov qabul
8.
qilmaslik huquqiga ega. Bukmeker kompaniyasi o'zni tutish ijtimoiy normalarini va jamoat
tartibini buzgan mijozlardan har qanday turdagi garovlarni qabul qilmaslik huquqini o'zida
qoldiradi.
Bukmeker kompaniyasi har qanday shaxsga sababini tushuntirmagan holda garov qabul
9.
qilmaslik huquqini o'zida qoldiradi.


Barcha garovlar protsessing markazi bergan ma'lumotlar asosida hisoblanadi.
10.
Yutuq to'lovlari qimor ishtirokchisiga kvitansiyada belgilangan voqeaning so'ngi rasmiy natijasi
11.
chop etilgandan so'ng, 30 (o'ttiz) kalendar kuni ichida amalga oshiriladi.
Yutuq to'langan hollarda, garov ishtirokchisi yutuqni to'g'riligini tekshirib olishi kerak. Agar
12.
norozi bo'lsa, bukmeker kompaniyasini ogohlantirishi kerak, murojaatnomada o'zining hisob
raqami, voqea sana, vaqtlari, garov miqdori, tanlagan voqea taxmini, koeffitsiyenti, shuningdek
norozilik sababini ko'rsatishi shart. To'langan yutuqlar bo'yicha barcha e'tirozlar 10(o'n)kun
davomida qabul qilinadi. E'tirozlarda unda ko'rsatilgan talablarni tasdiqlovchi va asoslovchi
hujjatlar ilova qilinishi kerak. E'tirozda ko'rsatilgan talablarni asoslash uchun yetarli asoslar
bo'lmasa, e'tiroz ko'rib chiqilmasdan qaytariladi. Cyber-Live (KiberSportdan tashqari) o'yinlari
bo'yicha kuponlarni hisoblash bo'yicha da'volar o'yin yakunlangan paytidan boshlab 72 soat
ichida qabul qilinadi.
Bahs ishtirokchisi tarafidan ma'lum bir voqea taxminiga qo'yilgan garov, bunday garovda
13.
ko'rsatilgan barcha taxminlar to'g'ri topilgan holatda yutuqli deb hisoblanadi.
Garov qabul qilish shartlari (koeffitsiyentlar, foralar, totallar, maksimal garovlar bo'yicha
14.
cheklanmalar va hokazo) har qanday garovdan so'ng o'zgarishi mumkin, bu holda avval qabul
qilingan garovlar shartlari o'zgarmaydi. Bahs ishtirokchilari bitim tuzishdan oldin joriy tizimlar
o'zgarishlarini aniqlab olishi kerak.
Bu Qoidalarga binoan bahs ishtirokchisi (bitim ishtirokchisi) va bukmeker kompaniyasi o'rtasida
15.
kelishmovchiliklar yuz bergan taqdirda, amalga oshirish va ijrosiga doir savollar bo'yicha,
shuningdek, mijoz (bitim ishtirokchisi) va bukmeker kompaniyasi o'rtasida, to'lov shartlari
hususida, yutuq to'lovlari, voqea natijalari, to'lov koeffitsiyentlari, tuzilgan bitimning boshqa
maxsus shartlari haqidagi savollar bilan, shuningdek, bitimni tuzilmagan yoki bekor qilish
bo'yicha savollar bo'yicha, tomonlar tarafidan kelishmovchilikni hal etish majburiy davo tartibi
(sudgacha jarayon) yo'lga qo'yiladi. O'z huquqini buzilgan deb hisoblagan tomon, 10 kun ichida,
boshqa tomonga tegishli yozma shikoyat xati taqdim qilishi kerak.
Kelishmovchilikni bartaraf qilishning dastlabki tartibi ichida, o'z huquqlari buzilgan, degan
16.
fikrdagilar qarshi tarafga tegishli yozma e'tiroz bildirishlari shart. Agar e'tiroz oluvchi taraf
bukmeker kompaniyasi bo'lgan taqdirda, e'tirozlar uning joylashgan joyi (yuridik manzili) ga
taqdim etiladi. Manzil bukmeker kompaniyasining tegishli ta'sis hujjatlarida ko'rsatilgan va
yuridik shaxslar reestiridan ko'chirma bilan tasdiqlangan. E'tiroz oluvchi taraf mijoz (bitim
ishtirokchisi) bo'lgan holatda, e'tirozlar uning yashash joyiga taqdim qilinadi.
Cyber-Live o'yinlarida, texnik nosozliklar, translyatsiyaning uzilishi va shu kabi holatlarda
17.
faqatgina hali sodir bo'lmagan/hiosblanmagan garovlar bo'yicha qaytuv amalga oshiriladi.
Garov qabul qilish paytida xodimlar tomonidan xatolar yo'l qo'yilgan holatlarda (taqdim
18.
etilayotgan voqealar ro'yxatida yaqqol matn terish xatosi, liniya va garovda koeffitsiyentlarning
nomuvofiqligi va hokazo), garov qabul qilishda ushbu Qoidalardan chekinilgan holatlarda,
shuningdek, garovning noto'g'riligini isbotlovchi boshqa dalillar bo'lsa, bukmeker kompaniyasi
bunday garovlarni bekor deb e'lon qilish huquqiga ega. Bunday garovlar “1” koeffitsiyentida
to'lanadi.
Sport tadbirlarida (va boshqa tadbirlarda) manipulyatsiya qilish jinoiy harakatlar (kelishilgan
19.
matchlarni tashkil qilish, korruptsiya va hk), shu jumladan uyushgan, shuningdek transmilliy
(transchegaraviy) harakatlar bilan bog'liqligini anglagan holda, 1xBet bukmeker kompaniyasi
 "Sport tadbirlarini manipulyatsiya qilish bo'yicha Evropa Kengashi konventsiyasi" (CDCE № 215)
ning maqsadlari va asosiy vazifalariga va qonun talablariga javob beradi.
Agar matchning adolatsiz o'tgani bo'yicha shubxa yoki dalil paydo bo'lsa (kelishilgan match),
begona hisobdan tikilgan garovlar, hisobning begona shaxslar tomonidan foydalanilishi,
shuningdek garovlar bilan bog'liq noodatiy (garov turi, hajmi, ko'lami va usuli bo'yicha
farqlanadigan) holatlarda  - bukmeker kompaniyasi bunday garovni bekor qilish huquqiga ega. 
Musobaqaning sportga xos bo'lmagan xususiyati - favoritning atayin yoki musobaqada
qatnashish yoki shartnoma asosida moliyaviy, turnir yoki boshqa sabablarga ko'ra, shuningdek


sport qoidalarini buzgan holda  yutqazib berishi. 
Bizning koeffitsiyentlarimizda yaqqol matn terishda xatoga yo'l qo'yilgan bo'lsa, unda bunday
20.
garovlar yakuniy natijalar asosida, bu marketga mos, dolzarb koeffitsiyentlar bilan to'lanadi.
Agar belgilangan muddat ichida e'tiroz olingan tomon tarafidan ko'rib chiqilmasa, huquqi
21.
kamsitilgan deb hisoblovchi taraf bukmeker kompaniyasining joylashgan joyi (yuridik manzili)
ga qarashli tegishli sudga murojaat qilish huquqiga ega.
Bu Qoidalarga o'zgartirishlar kiritilsa bahs ishtirokchisi bu haqida tegishli e'lon orqali xabardor
22.
qilinadi. Ko'rsatilgan muddatdan boshlab qabul qilingan garovlar o'zgartirilgan Qoidalarga
bo'ysinadi. Avvalgi qabul qilingan garovlar sharti o'zgarmaydi.
Garov tikish tasdiqini olishda yuzaga kelgan aloqa nosozligi uni bekor qilish uchun asos
23.
bo'lmaydi. 
Bahs ishtirokchisi tarafidan tikilgan har qanday garov uning ushbu garov qabul qilish Qoidasiga
24.
rozi ekanini va qabul qilganini bildiradi.
Faqatgina bukmeker kompaniyasi tomonidan e'lon qilingan natijalar garovni hisoblash va
25.
yutuqlarni aniqlashda asos qilib olinadi. Tadbirlar natijalari bo'yicha e'tirozlar faqat sport
federatsiyasining rasmiy qog'ozlari bilan qabul qilinadi.
Bukmeker kompaniyasi jamoalarining nomlari, o'yinchilar familiyalari, voqea joylarini
26.
transliteratsiyadagi (chet tilidan tarjima qilish) tafovutlar yuzasidan hech qanday e'tirozlar qabul
qilmaydi. Turnirning nomlanishiga doir barcha ma'lumotlar yordam tariqasida berilgan. Va yo'l
qo'yilgan xatolar garovni qaytarishga sabab bo'lolmaydi.
Har bir ro'yxatdan o'tgan bahs ishtirokchisi faqat bitta hisob ochishi mumkin. Saytimizda
27.
ro'yxatdan o'tishda Qoida butun bir oila, bir manzil, bir elektron manzil, IP manzil, kredit
karta/debit karta, elektron hamyon yoki elektron to'lov tizimiga amal qiladi, shuningdek
foydalanuvchi bilan bog'liq bo'lgan shaxslarga boshqa yo'llar bilan ro'yxatdan o'tish taqiqlanadi.
Qayd qilingan bahs ishtirokchisi qaytadan yangi bahs ishtirokchisi qatori (yangi nom, yangi
28.
elektron pochta bilan va sh.k) ro'yxatdan o'tishi mumkin emas. 
Agar
29.
takroriy ro'yxatdan o'tishlar (shu qatori yangi ism bilan), begona kishilarning, soxta,
yasama (shuningdek, turli grafik dasturlar yordamida o'zgartirilgan), hujjatlarini taqdim
qilish;
foydalanuvchilar tomonidan BKsi qoidalarini qayta-qayta buzilishi;
bahs ishtirokchisi shaxsiyati yoki u tomondan berilgan ma'lumotlarning (manzil, kredit
yoki debet kartalar, va boshqa ma'lumotlar) to'g'riligi haqida shubha paydo bo'lishi;
Siz yoki sizning manfaatingizda yoki siz bilan til biriktirgan boshqa shaxs tomonidan
quyidagi xatti-harakatlarni o'z ichiga olishi mumkin bo'lgan lekin shu bilan cheklanmagan
har qanday firibgarlik turlari: a) to'lovlarni yoki reykni qaytarishdagi firibgarlik; b)
o'g'irlangan yoki tasdiqlanmagan bank kartasidan naqd pul manbai sifatida foydalanish; c)
biz tomondan har qanday tegishli yurisdiksiyada noqonuniy deb hisoblanishi mumkin
bo'lgan har qanday bajarilgan harakatlar yoki urinishlar, qasddan yoki bizni aldash va/yoki
qonun bilan belgilangan cheklovlarni chetlab o'tish maqsadida, ushbu harakatlar yoki
urinishlar pirovardida yo'qotish yoki zarar keltiradimi-yo'qmi, bundan qat'iy nazar;
garovlar shakllantirilish paytida voqea natijasi haqida ma'lumotlarga ega bo'lish;
bahs ishtirokchisi garov tikilayotgan voqeaning bevosita ishtirokchilaridan bo'lib,
(sportchilar, hakamlar, murabbiylar va sh.k.) yoki ularning topshirig'ini bajaradigan
shaxslardan biri bo'lib, voqea natijalariga ta'sir etishi mumkin bo'lsa;
kompaniya belgilagan cheklovlardan oshib ketish maqsadida, (sindikat tarzida)
harakatlanuvchi, bahs ishtirokchilari guruhi tomonidan garovlar joylashtirlishi, shuningdek
bonus sxemalari yoki biz tomonimizdan taklif qilingan har qanday boshqa aksiyalar orqali
nohaq ustunlikka erishish uchun, boshqa shaxslar bilan fitna uyushtirish;
bahs ishtirokchisi tomonidan garov tikish jarayonini avtomatlashtirish imkoniyatini
beradigan maxsus dasturiy ta'minotlardan foydalanishiga shubha paydo bo'lishi, shu


qatori (lekin quyidagilardan cheklanmagan holda): bizning dasturiy ta'minotlarimizdagi
nosozliklar, nuqsonlar yoki xatolarni suiiste'mol qilish (shu jumladan o'yinlar); tashqi
uskunalar va dasturlar yoki analitik tizimlardan foydalanish, shu jumladan, ammo bular
bilan cheklanib qolmasdan, insonning aralashuvisiz o'ynashga imkon beruvchi dasturiy
ta'minot (masalan, botlar) va boshqalardan foydalanish.
ma'lumot olishning har qanday haqqoniy bo'lmagan usullaridan foydalanish yoki
kompaniya tomonidan belgilangan cheklovlarni chetlab o'tish, - 
Kompaniya ma'muriyati bunday harakatlarda shubha qilingan bahs ishtirokchisidan,
shaxsini va bahs ishtirokchisi tomonidan taqdim qilingan boshqa ma'lumotlarni (masalan,
pasport ma'lumotlari, propiskasi, ro'yxatdan o'tgan qog'ozi) tasdiqlovchi, kompaniya
tanloviga ko'ra har qanday hujjatni talab qilish, shuningdek barcha ma'lumotlar
tekshirilgunga qadar to'lovlarni bekor qiladi huquqini o'zida qoldiradi. BK si
videokonferensiya orqali egasining shaxsini tasdiqlash jarayonini o'tkazishga yoki
hujjatlarni pochta orqali yuborishni talab qilishga haqlidir. Hujjatlarni (olingan
ma'lumotlarni) tekshirish jarayoni hujjatlar olinganidan boshlab 72 soatgacha cho'zilishi
mumkin. Videokonferensiya natijasi bo'yicha natijalarni foydalanuvchi muloqot
yakunlanganidan boshlab 5 ish kuni ichida oladi. Agar olingan ma'lumotlar noto'g'ri ekani
tasdiqlansa, kompaniya o'z xohishiga ko'ra, har qanday oqilona chora-tadbir ko'rishi, shu
jumladan (ammo bu bilan cheklanib qolmasdan): barcha garovlarni bekor qilish va
tekshirish paytida barcha pul hisob-kitoblarini to'xtatish, shuningdek, hisobni tekshirishni
davom ettirgan holda, haqiqiy hujjatlarni taqdim qilishini talab qilish huquqiga ega.
Agar foydalanuvchi tekshiruv jarayonidan bosh tortsa, kompaniya bunday hisobdan (shuningdek
30.
barcha takroriy hisoblardan) tikilgan garovlarni bekor qilish huquqiga ega. Shuningdek,
ma'muriyat har qanday oqilona chora ko'rishi, jumladan (ammo bu bilan cheklanib qolmasdan):
hisobni bloklash va hisob egasi aniqlanib, kiritilgan to'lovlar tasdiqlanguniga qadar undagi
mavjud mablag'larni muzlatish huquqiga ega. 
Muhokama jarayoni tugaganidan so'ng, kompaniya oqilona va adolatlilik tamoyillariga amal
31.
qilgan holda har qanday qaror qabul qilishi mumkin, xususan:
hisobni bloklash (yopish)(shu qatori takroriy hisoblarni ham), bu esa quyidagilarni o'z
ichiga oladi:
barcha bonuslarni yaroqsiz deb e'tirof etish va bu kabi bonus va bepul garovlar
orqali olingan, barcha bonus, bepul garovlar va yutuqlarni bekor qilish;
asosiy yoki takroriy hisoblardan olingan barcha yutuqlarni bekor qilish va
muhokama boshlangan sanadagi hisobingizdagi qoldiqni qoplash (bekor qilingan
yutuqlardan tashqari); shuningdek, ushbu takroriy hisobdan bizga qaytarilishi kerak
bo'lgan har qanday summani to'g'ridan-to'g'ri har qanday (shu jumladan har qanday
boshqa takroriy) hisobingizdan qoplash huquqiga egamiz.
bizning ixtiyorimizga ko'ra (alohida holatlarda) asosiy hisobdan foydalanishga ruxsat
berish va uni haqiqiy deb tan olish, bu o'rinda takroriy hisobdan Siz amalga oshirgan
barcha garovlar bekor qilinadi. Takroriy hisob (hisoblar) kompaniyaning qarori bilan
bloklanadi va/yoki bekor qilinadi (qaror barcha qoida buzilish holatlarini tahlil qilish
asosida, har bir alohida holat uchun yakka tartibda beriladi).
Bahs ishtirokchisi ro'yxatdan o'tish paytida olgan parol va hisob raqami maxfiyligi uchun o'zi
32.
javobgar. Bukmeker kompaniyasida qayd qilingan barcha garovlar haqiqiydir. Garovni faqatgina
ushbu Qoida asosida bekor qilish mumkin. Bahs ishtirokchisining login yoki paroli uchinchi
shaxslarga ma'lum bo'lgan holatlarda, mijoz darxol bukmeker kompaniyasi ma'muriyatini
xabardor qilishi kerak, shuningdek, o'z akkaunti va elektron pochtasining login va parollarini
yangi, murakkabrog'iga almashtirishi kerak. Mablag' yechish uchun va telefon raqamni
almashtirish uchun kerak bo'lgan kodlarga tegishli ma'lumotlarni uchinchi shaxslarga oshkor
qilmang.
O'yin hisobi sohibi hisobida yurgizilgan barcha harakatlar shaxsan o'zi tarafidan bo'lganini
33.


tasdiqlaydi. Agar bundan uchinchi shaxslar xabardor bo'lsa, u holda hisob sohibi bir o'zi
javobgardir.
“1xBet” bukmeker kompaniyasi hech qanday holatda bilvosita yoki tasodifan keltirilgan zararlar
34.
(shuningdek, yo'qotilgan foyda) yuzasidan bahs ishtirokchisi oldida javobgarlikni olmaydi, xatto,
u bunday yo'qotish va zararlar kelib chiqishi haqida ogohlantirilgan bo'lsa ham.
Agar o'yin hisobi 3 oy davomida ishlatilmasa, kompaniya uni blokirovka qilish huquqini o'zida
35.
saqlab qoladi. Hisobni qayta ochish uchun xavfsizlik xizmatiga security-en@1xbet-team.com
elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingiz kerak.
Kompaniya xohlagan vaqtda qoida matnlarini yangilashi va unga o'zgartirishlar kiritish huquqini
36.
o'zida qoldiradi. Unda yangilangan qoidalar yoki yangi qoidalar sahifada chop etilgan kundan
boshlab kuchga kiradi.

Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   433




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish