TERMINLAR
Olmoq (Draw) – Devordan zar olish.
Tashlamoq (Discard) – Qo'ldan zarni tashlamoq (zar endigina devordan olingan bo'lishi yoki
allaqachon qo'lda bo'lishi kerak).
O'ziga olib qolmoq (Claim) – Boshqa o'yinchi tomonidan tashlangan zarni olish. O'yinchi agar zar
pang yoki o'yinchiga madjong to'plashga imkon bersa, boshqa o'yinchi tomonidan tashlangan
zarni olishi mumkin. Siz chou ni yakunlovchi zarni olishingiz mumkin, faqat uni sizdan chapda
o'ynagan o'yinchi tashlagan bo'lsa.
Ochish (Declare) - Agar o'yinchi boshqa o'yinchi tomonidan tashlangan zarni olishni xohlasa, u
kombinatsiyani ochishi kerak (ya'ni, zarni stolga qaratib qo'yishi). Agar o'yinchi Kong
kombinatsiyasini to'plab, undan foydalanmoqchi bo'lsa ham, xuddi shu qoida amal qiladi.
Yopiq qo'l (Concealed) – Ochilmagan Qo'l yoki set.
Qo'l (Hand) – O'yinchi o'ynaydigan Zarlar.
Pang (Pong/Pung) – 3 ta bir xil zarlar.
Kong (Kong/Kaan) – 4 ta bir xil zarlar.
Chou (Chow/Chii) – Bir xil mastdagi uchta zar ketma-ketligi. Chou kombinatsiyasida barcha
zarlar bitta mastda bo'lishi kerak (Bambuklar, Ramzlar va Nuqtalar).
Fan/ Yaku (Fan/Fun/Yaku) – Qaysidir ma'noda o'ziga hos bo'lgan, zarlar to'plami. Ko'plab
qoidalarda yutuqli qo'lda hech bo'lmaganda bitta shunday kombinatsiya talab qilinadi. Har bir
fan o'yinchi tomonidan to'plangan, ochkolar sonini ikkiga orttiradi.
Mini -ochkolar (Minipoint) – Barcha setlar va juftliklar bo'yicha to'plangan, qo'ldagi ochkolar
soni.
Qo'ldagi ochkolar soni (Hand point) – Fanlarni hisoblanganidan so'ng qo'ldagi yakuniy ochkolar
soni.
Devor (Wall) – O'yinchilar tomonidan hali olinmagan zarlar joylashgan, joy.
Furiten (Furiten) – Agar o'yinchi madjongni e'lon qilish uchun kerak bo'lgan zarni oldin
tashlagan bo'lsa, u Furiten bo'ladi. Faqat Riichi madjong o'yini uchun qo'llanadi.
Riichi (Riichi) - Bir o'yinchi madjongni qo'lini yopish bilan e'lon qilishdan oldin bir zarni chiqarib
tashlagach, Riichini e'lon qilishi mumkin. Riichi bir yoqada. Riichini e'lon qilgan ishtirokchi, jami
bankka qo'shimcha 1000 ochko to'lashi kerak. Riichi e'lon qilgan o'yinchilar o'yinda biror
o'yinchi g'alaba qozonguncha yoki durang elon qilinmagunicha, o'yinda ishtirok eta olmaydilar.
Faqatgina madjong riichi o'yini uchun qo'llaniladi.
Tempay (Tenpai) – Agar o'yinchiga faol madjong qo'li yakunlanishigacha bitta zar olish qolgan
bo'lsa, u Tempay deb nomlanadi (4 ta set va juftlik; bu o'yinchi madjongni e'lon qilishi mumkin
bo'lgan qo'l bo'lishi shart emas). Faqatgina madjong Riichi o'yini uchun qo'llanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |