Ichkaridan kuzatish – sotsiologiya va antropologiyada keng qo‘llaniladigan tadqiqot usuli, guruh yoki hamjamiyatlar faoliyatida sotsiologning o‘zi ishtirok etishini nazarda tutadi.
Karser tashkilot – odamlar uzoq vaqtga tashqi dunyodan ajratib qo‘yilgan tashkilot, masalan qamoqxona, ruhiy kasalliklar shifoxonasi, kazarma, maktab-pansion.
Katta ijtimoiy guruhlar – jamiyatda mavjud kishilar birligi. Bularga sinflar, ijtimoiy qatlamlar, etnik jihatdan umumiy bo‘lgan elatlar, millatlar, yoshlari jihatdan umumiy bo‘lgan yoshlar, qariyalar va boshqalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |