OZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA ORTA MAXSUS
TALIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI
SHARQ FILOLOGIYASI VA TARJIMASHUNOSLIGI FAKULTETI MUMTOZ FILOLOGIYA VA ADABIY MANBASHUNOSLIK KAFEDRASI
ARAB TILIDA NOTOGRI FELLARNING ISTAK MAYLIDA IFODALANISHI
mavzusida
ASOSIY SHARQ TILI FANIDAN
KURS ISHI
Bajardi: Mumtoz filologiya arab-fors-ingliz guruhi 3-bosqich talabasi Abdullajonov Asadbek
Ilmiy rahbar: Jorayeva. M
TOSHKENT – 2021-2022
MUNDARIJA
KIRISH ..3-5
I BOB. ARAB TILI HAMDA UNDA MAYLLARNING QOLLANILISHI
1.1. Arab tili shakllanishi tarixi va grammatik asoslar talqini 8-10
1.2. Fel mayllari haqida umumiy tushuncha 10-15
II BOB. ARAB TILIDA NOTOGRI FELLARNING ISTAK MAYLIDA IFODALANISHI
2.1. Istak mayli hamda uning fellarda ifodalanishi .16-19
2.2. Notogri fellarda istak maylining qollanilishi 19-21
Xulosa .. ...22-23
Foydalanilgan adabiyotlar va manbalar royxati .. .24
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Ozbekiston Respublikasi dunyoviy demokratik , huquqiy va fuqarolik jamiyatini qurayotgan bir paytda talim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsadi har tomonlama manaviy yetuk barkamol avlodni tarbiyalashdir. Davlat talim standartlariga kora, osib kelayotgan yosh avlodni, yani har bir shaxsni shakllantirish va ularni mustaqil ishlay olishga orgatish masalasi alohida orin tutadi. Bu borada yurtboshimizning: Taraqqiyot taqdirini manaviy jihatdan yetuk odamlar hal qiladi. Texnikaviy bilim, murakkab texnologiyani egallash qobiliyati manaviy barkamollik bilan , mustaqil tafakkur bilan birga borishi kerak, degan sozlarini takidlab otish joiz.1
Klassik adabiy arab tili leksik jihatdan biroz ozgargan holda hozirgacha arablarning adabiy tili bolib kelmoqda. Buning asosiy sababi arab dunyosi va barcha musulmon dunyosini birlashtirib turuvchi Quroni Karim, Hadisi sharif va boshqa motabar manbalardir. Adabiy arab tili XIX asrdan boshlab yangicha ruhda shakllana boshladi. Yangi zamonaviy texnika va taraqqiyot tushunchalari va predmetlarni ifodalash uchun unga Yevropa tillaridan kop ozlashtirma sozlar kirdi.
Hozirgi arab tili ham jahon tillaridan biri hisoblanadi. Arab tilida bugungi kunda laxja va shevalarning ortib ketishi sof arab tilini yani, fusha tilini organish zaruratini talab qiladi. Fusha tilini organish uchun esa arab tili grammatikasini mukammal organish zaruratini keltirib chiqaradi. Arab tili grammatikasi boshqa dunyo tillarining grammatikasiga qaraganda anchagina murakkabligi bilan ham alralib turadi. Arab kop davrlardan beri organilmoqda xususan Mahmud Zamaxshariy arab tili grammatikasini tuzib chiqadi. Bunan tashqari arab tili ustida ish olib borgan olimlardan Grande, Talabov, Xolidov, Hasanov, Nematullo Ibrohimov, Muhammad Yusupov, Sunnatullo Bekpolatov va shu kabi boshqa sharqshunos olimlarni nomlarini sanab otishimiz mumkin.
Mana shu malumotlar orqali biz arab tili uzoq yillik tarixga ega ekanligini bilib oldik. Bu davr ichida turli xil ijtimoiy, siyosiy va boshqa tasirlar tufayli uning leksika, grammatika va fonetikasida turli ozgarishlar yuz berdi. Mavzuning dolzarbligi shundaki, arab tili nahvida izofaning jumla, ibora va sozga qanchalik tasir etishini korib otamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |