Asosiy savollar


Amaliy mashg’ulot bo’yicha topshiriq



Download 22,17 Kb.
bet3/4
Sana09.09.2021
Hajmi22,17 Kb.
#169813
1   2   3   4
Bog'liq
Бизнес кейслар

Amaliy mashg’ulot bo’yicha topshiriq

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni boshqarishning o’ziga xos xususiyatlari.

Amaliy mashg’ulot bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini boshqarish jarayoniga tashqi va ichki omillar ta'sir korsatadi. Ichki omillarga korxonaning katta- kichikligi, resurslar miqdori va uni taqsimlanishi, texnologik darajasi, mehnatni tashkil etish usullari, baho siyosati va boshqalar kiradi.

Tashqi omillar korxonadan tashqaridagi muhit ta'sirida vujudga keladi. Ular qatoriga bozor kon'yunkturasi va raqobat muhiti, mol yetkazib beruvchi va iste'molchilarning xatti-harakatlari, tabiiy-iqlimiy shart-sharoitlar, siyosiy va ijtimoiy omillar, huquqiy-me'yoriy baza va davlat boshqaruvi kabi omillar kiradi.

Boshqaruvga ta'sir etuvchi ichki va tashqi omillar korxonaning ishlab chiqarish, tijorat, moliyaviy va boshqa faoliyati natijalariga jiddiy ta'sir korsatishi sababli, boshqaruv qarorlarini qabul qilishda har bir omilni hisobga olish zarur.

Kichik biznesni boshqarishni o’ziga xos xususiyatlari uni (kichik biznesni) bajarayotgan funksiyalariga, iqtisodiyotdagi o’rniga, u faoliyat ko’rsatayotgan biznes muhitga va nihoyat davlat tomonidan unga nisbatan olib borilayotgan siyosatga bog’liq. Bular kichik biznesni boshqarishga xos bo’lgan omillar(omillar)ni keltirib chiqaradi.

Bu omillarni miqdor va sifat omillariga ajratish mumkin.

Miqdoriy omillarga kichik korxonadagi ishlovchilar soni, sotilayotgan tovarlar hajmi va aktivlarning bahosi(miqdori) kiradi.

Kichik korxona menejmenti uchun unda ishlovchi ishchilar soni katta axamiyatga ega. Mulk egasining o’z biznesini boshqaruv darajasi va (personal)ishchilar bilan bo’ladigan aloqasi bu omilga bog’liq. Hunarmand mulk egasining o’zi bo’ladi, o’zi boshqaruvchi, o’zi ishchi. Kichik tadirkor o’z koxonasini o’zi boshqaradi va ishchi personal bilan yaqindan aloqada boladi. O’rta korxona egasi menejment uchun mutaxassis menejerlar yo’llaydi va ular orqali korxonani boshqaradi. Yirik tadbirkor (korxona egasi)ning korxonani boshqarishga, uning xodimlari, ayniqsa ishchilari bilan aloqasi bo’lmaydi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni afzalliklari, kamchiliklari, xususiyatlari kichik biznes menejmentidagi sifat omillarini tashkil qilsada, u miqdoriy omillardan kelib chiqadi.

Miqdoriy omillar mezonlari haqida olimlar orasida bir fikrga kelinmagan. Bu haqida ikki yo’nalish mavjud bo’lib, birinchi yo’nalish tarafdorlarining qarashlari asosida tashqi muhit xarakteristikasi yotadi. Ikkinchi yo’nalish tarofdorlari kichik korxonani katta koxonaning kichraytirilgan shakli deb emas, balki katta korxonadan o’ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turuvchi tashkilot sifatida qaraydi.

Brinchi yo’nalish o’z ichiga to’rt xil omillarni oladi. Birinchi guruh omillari iqtisodiyot va konyukturani holatini o’z ichiga oladi. Ikkinchi guruh omi llariga bozor infratuzilmalaring holati, uchinnchi guruh omillariga kichik biznesni rivojlantirishga qaratilgan davlat siyosati, to’rtinchi guruh omillariga jamiyatning tadbirkorlikka bo’lgan munosabati kiradi.

Ikkinchi yo’nalish kichik biznes va tadbirkorlikning yangilikka intiluvchanligi , tashqi muhitga moslashuvchanligi, kichik biznesni boshqarishni marketing bilan birga olib borishni tavsiya etadi.

Kichik biznesni bozor sharoitida muvaffaqiyatli faoliyatini ta’minlash maqsadida boshqaruv tizimi - menejmentni marketing bilan bog’lash muhim. Korxonani boshqaruvi korxona rejasi bilan bog’liq bo’lib, korxonaning ishlab chiqarish muvaffaqiyati va kutilayotgan foyda darajasiga erishishiga xizmat qiladi. Aynan shunday bog’liqlik boshqaruvni tashkil qilishni nafaqat o’z iste’molchisi va bozoriga, balki barcha bozorlar va iste’molchilarga hamda qabul qilingan va amalga oshirilayotgan tadbirlarning maqsadga muvofiqligiga yo’naltirilgan mukammal tizim shaklida ifodalashga imkon beradi. Masalan, kichik korxonada boshqaruvni tashkil etishning hamda biznes samaradorligi nuqtai nazaridan kimlar va nima sababdan korxona mahsulotini sotib olmayotganligi befarq qoldirilmasligi kerak. Kichik korxona xaridorlari (yoki korxona xaridori bo’lmaganlar) boshqalardan nima sotib oladi. Ular uchun ushbu xaridlar qanday qiymatga ega? Biznesni jonlantirish va iste’molchilik talabining o’sishi uchun qanday tashkiliy va boshqaruv qarorlarini qabul qilish zarur? Kichik korxonada boshqaruvni tashkil qilish yagona maqsad emasligi sababli shu va shu kabi boshqa savollarning javobi har bir kichik korxona rahbariyatining boshqaruv xatti-harakatlari asosida yotishi lozim.

Yangi tashkil etilayotgan korxona uchun yuqorida aytib o’tilgan vazifalardan tashqari biznes miqyosiga mos keluvchi tashkiliy tuzilmani shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Uni tavsiflab berishda odatda quyidagi masalalar yoritiladi:

  • asosiy boshqaruv lavozimlari va boshqaruv xodimlarining umumiy soni;

  • boshqaruv tizimining iyerarxiya bosqichlari soni;

  • u yoki bu lavozimlarga mutaxassislar rezyumesini to’plash va boshqaruv guruhini shaallantirish;

  • boshqaruv guruhi a’zolari o’rtasida rollarni taqsimlash va har bir guruh a’zosining funksiyalarini belgilab olish;

  • boshqaruv guruhining har bir a’zosi uchun oylik ish haqi miqdorini belgilash;

  • boshqaruv guruhi a’zolarini yollash shartlari.

Kichik korxonaning optimal tashkiliy tuzilmasini shakllantirish bir vaqtning o’zida amalga oshiriladigan narsa emas. Uning yechimi ko’p hollarda nafaqat ko’p vaqt, balki katta tashkilotchilik ishlarini, qobiliyatini ham talab qiladi. Ayniqsa boshqaruv guruhini tuzish og’ir va murakkab ish hisoblanadi. Bunda quyidagi tamoyillarga rioya qilish zarur:

  • guruh a’zolarining psixologik jihatdan bir-biriga mos kelishini ta’minlash;

  • guruhning yagona organizm kabi faoliyat ko’rsatishini ta’minlash;

  • har bir guruh a’zosi jamoa oldiga qo’yilgan maqsadni to’liq tushuna olishi lozim;

  • guruh a’zosi o’z malakasini muntazam oshirib borishi kerak;

  • qonuniy asosda korxona nufuzini oshirish va foydasini o’stirish uchun barcha zarur ishlarni amalga oshirish.

Tashkiliy tuzilmaning asosiy tavsifi (xarakteristikasi) quyidagilardan kelib chiqadi: 1

  • boshqarish funksiyalari bo’yicha boshqaruv xodimlari soni;

  • chiziqli boshqaruv xodimlari soni;

  • korxona boshqaruv tizimining bo’ysunish pog’onalari soni;

  • har bir boshqaruv darajasida tuzilmaviy bo’g’inlarning miqdori;

  • boshqaruvning markazlashmaganlik darajasi;

Yuqoridagi tavsiflarga tasir korsatuvchi asosiy omil korxonani boshqarish boyicha ishlar hajmi hisoblanadi. Bu esa oz navbatida boshqarish funksiyalarining mazmuni va tarkibiga boshqaruv vazifalarining mehnattalabligi va davriyligiga bogliq boladi.


Download 22,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish