Darsning mazmuni
Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini boshqarishning maqsadi va vazifalari . Kichik biznesni boshqarish mohiyati Bozor iqtisodiyoti sharoitida menejment asoslarini o’rganish biznesni samarali (oqilona) boshqarish, korxona (firma)lar moliyaviy xrlatini baholash, ularni kelgusida mustahkamlash to’g’risidagi zaruriy qarorlar qabul qilish imkonini beradi. Tadbirkorlar tomonidan boshqaruv ilmini chuqur egallash, ular orasida ish faoliyatiga nisbatan qiziqish uyg’otadi, ulaming izlanuvchanlik qobiliyatini oshiradi va mehnatidan manfaatdorligini ta’minlaydi.
Tajribalar shuni ko’rsatadiki, boshqaruv sirlarini yaxshi egallash, ishlab chiqarishga yangi texnika va texnologiyani joriy etishdan ham yuqori samara berishi mumkin.
Boshqaruv o’zi nima? Bu tushunchaga bir tomonlama ta’rif berish qiyin, uni tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish ga tatbiq etib, quyidagicha izohashimiz mumkin:Insonlarni oldindan ko’zlagan yo’nalishi (maqsad) bo’yicha ishlashga
undash, ya’ni ish faoliyatida etarli moddiy manfaat dorlik va ma’naviy ozuqa olish hamda uni gullab yashnashini ta’minlashdir.
Menejment - ishlab chiqarish samaradorligi ortishi (yuksalishi) va yuqori foyda olish maqsadida foydalanilayotgan boshqaruv shakllari, vositalari, qonuniyatlari va usullari majmuidir.Har qanday tadbirkorlikning menejerlik funktsiyasi korxona (firma) tashkil i y-huquqiy shakli va uni ishlab chiqarish bosqichlari orqali aniqpanadi. Masalan: tadbirkorlik faoliyatining boshlang’ich osqichlarida barcha vazifalar tadbirkorning o’z zimmasiga yuklatiladi, uning so’nggi bosqichlarida esa maxsus menejerlarni taklif (jalb) etish imkoniyati tug’iladi va shuning negizida ularga korxonalarni boshqarishni tashkil etish majburiyati yuklanadi.
Boshqarish quyidagi asosiy tushunchalarni o’z ichiga oladi:
|
oldindan ko’ra bilish;
|
kelishish;
|
tashkil etish;
|
nazorat qilish
|
ruxsat etish;
|
|
Hozirgi sharoitda yuzaga kelgan har qanday muammoni hal etish yoki vazifani bajarish uchun tadbirkor uchta manbaga ega bo’lishi shart: mehnat, moliya va vaqt. Qoida bo’yicha moliyaviy mablag’ (pul, sarmoya) va vaqt har bir tadbirkor uchun chegaralangan. Insonlarni faol, yaxshi ishlashini rag’batlantirib borish mumkin. Shuning uchun inson mehnati tadbirkorlikda eng qimmatbaho manba hisoblanadi. Ularda o’z harakatlariga to’la ishtiyoq uyg’ota bilish, ular hissiyotlarini rivojlantirish va etarli darajada rag’batlantira olish, tadbirkorlik faoliyatida muvaffaqiyat negizi hisoblanadi. Buning uchun tadbirkor odamlarni tushunishi, bilishi, ularni to’g’ri yo’lga boshlay olishi zarur va ular sezgirlik, adolatlilik, tarbiyalay olish qobiliyatlariga ham ega bo’lishi kerak.
Undash — bu muayyan bir maqsad yo’lida harakat qilishga yo’naltirilgan faoliyatni uyg’otish. Ko’p vaqtlarda insonlar o’z mehnat
faoliyatlaridan qoniqmaslikni sezadilar, ammo shu vakAning o’zida uni o’zgartirishni xohamaydilar. Nima uchun? Buning asosiy sabablari quyidagilar:
o’zgartirishdan qo’rqish (cho’chish)i;
muvaffaqqiyatga (yutuqqa) to’la ishonmasligi;
muvaffaqiyatsizlik holatida yaqin odamlarini xafa qilib qo’yishidan qo’rqishi;
ayyorlik;
erishgan yutuqlar bilan chegaralanib (qoniqib) qolishi;
raqobat yo’k,ligi.
Insonlarga muayyan sharoit yaratish natijasida, ularni o’z faoliyatlarini o’zgartirishga undash mumkin. Masalan:
Oldiga butunlay yangi vazifani qo’yish (yuklash);
Yangi faoliyat turini afzallik tomonlarini ko’rsata bilish;
Boshqaruvchilar tarkibini yangilash (o’zgartirish).
Biznes sohasida erishilgan yutuqlarining ko’pchiligi keskin tadbirkorlikning o’z hisob-kitoblari mahsuli deb hisoblaydilar. Ishbilarmon kishilar uz fazilatlarini (xislatlarini) quyidagi ko’rinishlar orqali namoyon qiladi: tashqi qiyofasi, norasmiy holatlar va ish faoliyati davomida odamlar orasida o’zini tuta bilishi, ish xonalarini jihozlashi, xizmat qog’ozlari bilan ishlashi va ish uslubi, tashkilotchilik darajasi.
Imidj (qiyofasi)- tovar, korxona va tadbirkor obro’si. Tadbirkorning oddiy etikasi, uning jamiyatni ish uslubiga qo’ygan talablariga rioya qilishi orqali namoyon bo’ladi. Iqtisodiy jihatdan rivojpangan xorijiy mamlakatlar tajribasi shuni ko’rsatadiki, oxirgi yillarda biznesni boshqarishda etik omillar bosh rolni o’ynamokda.
Etika - axloq, odobni o’rganuvchi fan. Mustaqil respublikamizda yuzaga kelgan tadbirkorlikning dastlabki natijalari shuni ko’rsatadiki, boshqaruv harakati qachonki samarali bo’ladi, qaysiki ular mehnatni baholashda adolatli qonunlariga to’la amal qilinsa, odamlarni ishontira olinsa. Tadbirkorni korxonani rivojlantirishdagi hissasi, uning professional obro’sini belgilaydi. Har qanday madaniyatli odam tadbirkor bo’lishi shart emas. Ammo tadbirkor madaniyatli bo’lishi shart, sababi ular doimo muvaffaqiyat (maqsad)ga intiluvchan bo’ladi.
Kichik biznesni va xususiy tadbirkorlikning boshqarish tamoyillari Avval, biz tamoyil (printsip) tushunchasini mazmunini anglab olaylik. “Printsip” so’zi lotin tilidan olingan bo’lib, “asos”, dastlabki xatti-harakat yoki faoliyatning asosiy qoidasi ma’nolarini bildiradi. Biz bu so’zni “tamoyil” shaklida oldik. Tamoyilni kichik biznesni boshqarish fani va amaliyotining negizi deyish mumkin. Tamoyil (printsip)larda kichik biznesni boshqarishning ob’ekti va sub’ekti o’rtasidagi ob’ektiv, muhim, takrorlanadigan, nisbiy, turg’un, aniq, muayyan aloqadorliklar ma’lum shart- sharoitlarda voqealar rivojining yo’nalishi va xususiyatini belgilab beradi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni boshqarish kursining o’rganish qonuniyat (printsip)larini ikkita asosiy guruhga bo’lib olishimiz mumkin:
Makrodoiradagi qonuniyat tamoyillar.
Iqtisodiyotni siyosatdan ustuvorligi
Davlat bosh islohotchi
Qonun ustuvorligi
Kuchli ijtimoiy siyoszt
Bosqichma-bosqich bozor iqgiso- diyotiga o’gash
Demokratiyalash va baynalmi- nallik
Mikrodoiradagi qonuniyat tamoyillar.
Ilmiylik
Umumiylik
Moslanuvchanlik
Korxonani boshqarishning maqsadga muvofiq tarkibini vujudga keltirish tadbirkor hal etishi kerak bo’lgan muhim vazifalardan biridir.
Korxonaning boshqaruv tarkibi deganda, boshqaruv maqsadlarini amalga oshiruvchi va fuaatsiyalirni bajaruvchi, bir-biri bilan bog’langan turli boshqaruv organlari va bo’g’inlarining majmui tushuniladi.
Boshqaruv tarkibi ishlab chiqarish tarkibi deb ham yuritiladi. Bunda boshqarishni tashkil etishning dastlabki va belgilovchi omili ishlab chiqarish jarayoni hisoblanadi. U o’zaro bog’langan asosiy, yordamchi hamda xizmat ko’rsatuvchi jarayonlardan iborat bo’lib, bu jarayonlar bo’limlar va xodimlar o’rtasida mehnat taqsimotini talab qiladi. Shu maqsadda ishlab chiqarish bo’limlari va ularga xos bo’lgan boshqaruv apparati tuziladi. Bo’linmalar yig’indisi, ularninng tarkibi va o’zaro aloqa shakllari korxonalarning ishlab chiqarish tarkibini tashkil etadi.
Boshqaruv bo’g’ini - bu boshqaruvning ayrim yoki qator funktsiyalarini bajaruvchi mustaqil bo’limlardir. Bu bo’limlar o’rtasidagi bog’lanish va aloqalar gorizontal xarakterga ega bo’ladi.
Boshqaruv bosqichi - bu ierarxiyaning muayyan darajasida amal qiladigan bo’g’indir. Masalan:
Vazirlik ^ birlashma ^ korxona ^ tsex ^ uchastka Boshqaruv bosqichlari bir boshqaruv bo’g’inining ikkinchisiga, odatda, quyi bo’g’inning yuqori bo’g’iniga izchillik bilan bo’ysuni-shini ko’rsatadi. Bu vertikal bo’yicha bo’linishdir.
Barcha bo’g’in hamda bosqichlarning tarkibi, ularning o’zaro bo’ysunish tartibi, har bir boshqaruv organi va bo’g’inining huquq hamda burchlari, ular o’rtasidagi munosabatlar boshqaruv tizimini tashkil qiladi.
Boshqaruv tizimini turli jabhalarga bo’lish mumkin: butun tarmoqni boshqarish; har bir tarmoq tasarrufidagi korxona-larni boshqarish; korxonalar ichidagi bo’limlarni boshqarish va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |