Asosiy qoidalar



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/334
Sana14.07.2022
Hajmi2,06 Mb.
#795313
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   334
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi

71-modda. Tarjimon
Tarjimon quyidagi hollarda chaqiriladi:
1) gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy
javobgar yoxud ularning vakillari, guvoh, ekspert, mutaxassis ish yuritilayotgan tilni bilmasa yoki
yetarli darajada bilmasa yoinki kar yoki soqov bo‘lsa;
2) biror matnni boshqa tildan tarjima qilishga zarurat bo‘lsa.
Tarjimonga tegishli qoidalar ish yuritishda ishtirok etish uchun taklif qilingan, kar yoki
soqovning imo-ishoralarini tushunadigan shaxsga nisbatan ham qo‘llaniladi.
72-modda. Tarjimonning huquq va majburiyatlari
Tarjimon: tarjimani aniqlashtirish maqsadida protsess ishtirokchilariga savollar berish; o‘zi
qatnashgan tergov harakatlari bayonnomasi, shuningdek sud majlisi bayonnomasi bilan tanishish
hamda bayonnomaga kiritilishi lozim bo‘lgan mulohazalar bildirish; basharti tarjima qilish uchun
zarur bilim va malakaga ega bo‘lmasa, ish yuritishda ishtirok etishdan voz kechish; surishtiruvchi,
tergovchi, prokuror va sudning harakatlari va qarorlari ustidan shikoyat keltirish huquqiga egadir.
Tarjimon: surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning, sudning chaqiruviga binoan hozir
bo‘lishi; o‘ziga topshirilgan tarjimani aniq va to‘liq bajarishi; tarjimaning to‘g‘riligini o‘zining
ishtirokida o‘tkazilgan tergov harakati bayonnomasi va sud majlisining bayonnomasiga,
shuningdek protsess ishtirokchilariga ularning ona tiliga yoki ular biladigan boshqa tilga tarjima
qilib topshiriladigan protsessual hujjatlarga imzo chekish bilan tasdiqlashi; surishtiruvchining,
tergovchining, prokurorning ruxsatisiz surishtiruv va dastlabki tergov materiallarini oshkor
qilmasligi; ishning tergovi va sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart.
Tarjimon bila turib noto‘g‘ri tarjima qilgan taqdirda qonunda belgilangan javobgarlikka
tortiladi.
73-modda. Xolislar
Xolislar surishtiruvchi, tergovchi, prokuror tomonidan tergov yoki boshqa harakatlar
o‘tkazilganini, uni o‘tkazish jarayoni va natijalarini tasdiqlash uchun ushbu Kodeksda nazarda
tutilgan hollarda chaqiriladi.
Tergov harakatlarini yuritishda ishtirok etish uchun ishning oqibatidan manfaatdor
bo‘lmagan, kamida ikki nafar voyaga yetgan fuqaro chaqirilishi lozim. Tergov harakatini
boshlashdan oldin surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror xolislarga ularning huquq va
majburiyatlarini tushuntiradi.

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   334




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish