Sud muhokamasida ishtirok etayotgan jamoat ayblovchisi: ish materiallari bilan tanishishga;
dalillar taqdim etishga va ularni
tekshirishda ishtirok etishga;
iltimosnoma berishga; taraflarning
muzokaralarida so‘zga chiqib, ayblovning isbotlangani haqida sudga fikr bildirishga haqlidir.
Jamoat ayblovchisi ayblovdan voz kechishga haqli.
Jamoat ayblovchisi: sud muhokamasida ishtirok etishi; jamoat birlashmasi yoki jamoaning
fikrini sudda bayon qilishi va ish holatlarini aniqlashga ko‘maklashishi shart.
44-modda. Jamoat himoyachisining huquq va majburiyatlari
Sud muhokamasida ishtirok etayotgan jamoat himoyachisi: ish materiallari bilan tanishishga,
dalillar taqdim etishga va ularni tekshirishda ishtirok etishga; iltimosnoma berishga; taraflarning
muzokaralarida
so‘zga
chiqib,
sudlanuvchini
oqlaydigan
yoki
uning
javobgarligini
yengillashtiradigan holatlar xususida sudga fikr bildirishga haqlidir.
Jamoat himoyachisi: sud muhokamasida ishtirok etishi; jamoat birlashmasi yoki jamoaning
fikrini sudda bayon qilishi va ishning sudlanuvchining ahvolini yengillashtiruvchi holatlarini
aniqlashga ko‘maklashishi shart.
5-bob. JINOYAT PROTSESSIDA O‘Z MANFAATLARINI HIMOYA QILADIGAN ShAXSLAR.
HIMOYAChILAR VA VAKILLAR
45-modda. Ayblanuvchi
Ayblanuvchi ushbu Kodeksda belgilangan tartibda ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok
etishga jalb qilinishi haqida qaror chiqarilgan shaxsdir.
Ayblanuvchi
sudda sudlanuvchi deb, hukm chiqarilganidan keyin esa, mahkum yoki
oqlangan deb ataladi.
46-modda. Ayblanuvchining huquq va majburiyatlari
Oldingi
tahrirga qarang.
Oldingi
tahrirga qarang.
Ayblanuvchi: o‘zining nimada ayblanayotganligini bilish; qamoqqa olinganligi va turgan joyi
to‘g‘risida advokatga yoki yaqin qarindoshiga telefon orqali qo‘ng‘iroq qilish yoxud xabar berish;
himoyachiga ega bo‘lish hamda uchrashuvlarning soni va davom etish vaqti cheklanmagan holda
u bilan xoli uchrashish, ushbu Kodeks 230-moddasining
ikkinchi
qismida
nazarda tutilgan hollar
bundan mustasno; o‘ziga qo‘yilgan ayblov yuzasidan hamda ishning boshqa har qanday holatlari
bo‘yicha ko‘rsatuvlar berish yoxud ko‘rsatuvlar berishdan bosh tortish va ko‘rsatuvlaridan jinoyat
ishiga doir dalillar sifatida uning o‘ziga qarshi foydalanilishi mumkinligi haqida xabardor bo‘lish; o‘z
ona tilidan hamda tarjimon xizmatidan foydalanish; o‘zining himoyalanish huquqini shaxsan o‘zi
amalga oshirish; iltimosnoma
berish va rad qilish; dalillar taqdim etish; surishtiruvchi yoki
tergovchining ruxsati bilan tergov harakatlarida ishtirok etish; surishtiruv yoki dastlabki tergov
tamom bo‘lganidan so‘ng ishning barcha materiallari bilan tanishib
chiqish hamda undan zarur
ma’lumotlarni yozib olish, materiallar va hujjatlardan texnika vositalari yordamida o‘z hisobidan
ko‘chirma nusxalar olish yoki ulardagi ma’lumotlarni o‘zga shaklda qayd etish; jinoyat ishining
surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror tomonidan tugatilganligiga qarshi e’tiroz
bildirish hamda
sud muhokamasi o‘tkazilishini talab qilish; sud tomonidan ish bo‘yicha dastlabki eshituv
o‘tkazilayotganda ishtirok etish, yarashuv to‘g‘risidagi, amnistiya aktini qo‘llash haqidagi ishlar
bo‘yicha, birinchi instansiya va apellatsiya instansiyasi
sudining majlislarida, sudning ruxsati bilan
esa, kassatsiya instansiyasi sudining majlislarida ishtirok etish; surishtiruvchi,
tergovchi, prokuror va
sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyatlar berish; sud majlisining bayonnomasi bilan
tanishish hamda u haqda o‘z mulohazalarini bildirish; ish bo‘yicha keltirilgan protestlar, apellatsiya,
kassatsiya shikoyatlaridan xabardor bo‘lish va ularga nisbatan e’tirozlar bildirish huquqiga ega.
(46-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 18-fevraldagi O‘RQ-675-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2021-y., 03/21/675/0126-son)
Sudlanuvchi oxirgi so‘z bilan chiqish huquqiga ega.
(46-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi O‘RQ-198-sonli
Qonuni
asosida birinchi va ikkinchi qismlar bilan almashtirilgan — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 514-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Ayblanuvchi: surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning chaqiruviga binoan hozir bo‘lishi;
surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasida ishtirok etishdan bosh tortmasligi; haqiqatni
aniqlashga dalillarni yo‘q qilish, soxtalashtirish, guvohlarni ko‘ndirishga urinish va boshqa qonunga
xilof harakatlar bilan to‘sqinlik qilmasligi; o‘ziga nisbatan tanlangan
ehtiyot chorasidan kelib
chiqadigan talablarni bajarishi; guvohlantirish, ekspert tekshiruvi uchun namunalar olish,
ekspertiza o‘tkazish uchun tibbiy muassasaga joylashtirish haqidagi surishtiruvchi, tergovchi,
prokurorning qarorlari va sudning ajrimlari hamda ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa
protsessual qarorlar ijro etilishiga to‘sqinlik qilmasligi; ishning tergovi va sud majlisi vaqtida tartibga
rioya etishi shart.
(46-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ayblanuvchi zimmasiga ko‘rsatuv berish, shuningdek o‘zining aybdor emasligini yoki ishning
boshqa biror holatlarini isbotlash majburiyati yuklanishi mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: