Asosiy qoidalar


-modda. Ehtiyot chorasini qo‘llash, bekor qilish, o‘zgartirish to‘g‘risidagi qaror yoki



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/334
Sana14.07.2022
Hajmi2,06 Mb.
#795313
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   334
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi

240-modda. Ehtiyot chorasini qo‘llash, bekor qilish, o‘zgartirish to‘g‘risidagi qaror yoki
ajrim
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ehtiyot chorasi surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori va sudning ajrimi bilan
qo‘llanilishi, bekor qilinishi va o‘zgartirilishi mumkin.
(240-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ishni sudga qadar yuritish bosqichida qo‘llanilgan qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi
ehtiyot chorasi shaxsni bundan keyin qamoqda saqlash yoki uning uy qamog‘ida bo‘lishi uchun
asoslar mavjud bo‘lmaganda prokuror tomonidan, shuningdek prokurorning roziligi bilan
1
1
1
1


surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan ehtiyot choralari to‘g‘risida qaror chiqargan sudni albatta
xabardor etgan holda bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi mumkin. Qamoqqa olish yoki uy qamog‘i
tarzidagi ehtiyot chorasining bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi ushbu ehtiyot chorasini aynan o‘sha
shaxsga nisbatan qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan sudga takroran murojaat etishga monelik
qilmaydi.
(240-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ishni sudga qadar yuritish bosqichida sud tomonidan qo‘llanilgan garov tarzidagi ehtiyot
chorasi uni bundan buyon qo‘llash uchun asoslar mavjud bo‘lmaganda, xuddi shuningdek ish
yuritish tugatilgan taqdirda, mazkur ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risida qaror chiqargan sud
albatta xabardor etilgan holda prokuror tomonidan, shuningdek prokurorning roziligi bilan
surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi mumkin.
(240-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli 
Qonuniga 
asosan
uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-
son)
Ehtiyot chorasini qo‘llash, bekor qilish, o‘zgartirish to‘g‘risidagi qarorda yoki ajrimda:
shaxsning qanday jinoyatni sodir etishda ayblanayotganligi; ehtiyot chorasi qanday qonuniy
asoslarga tayanib qo‘llanganligi yoxud tegishli dalillar keltirish yo‘li bilan bu asoslar yo‘qligi yoki
o‘zgargani; ehtiyot chorasini tanlashga ta’sir qiluvchi, qonun bilan belgilangan holatlarni hisobga
olib, ehtiyot choralarini qo‘llash, bekor qilish yoki o‘zgartirish zaruratini izohlovchi sabablar
ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. Qaror yoki ajrim kimga nisbatan chiqarilgan bo‘lsa, shu shaxsga darhol
e’lon qilinadi, shaxsning og‘ir kasalligi yoki uning qochib ketganligi tufayli e’lon qilinishi mumkin
bo‘lmagan hollar bundan mustasno.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasi bekor qilingan yoxud o‘zgartirilgan
taqdirda, qamoqda yoki uy qamog‘ida bo‘lgan shaxs darhol ozod qilinishi kerak.
(240-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   334




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish