Asosiy qoidalar


-modda. Ushlab turish bayonnomasini tuzish va ushlab turishning asosliligini



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/334
Sana14.07.2022
Hajmi2,06 Mb.
#795313
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   334
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi

225-modda. Ushlab turish bayonnomasini tuzish va ushlab turishning asosliligini
tekshirish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ushlab turilgan shaxs ichki ishlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga
keltirilganidan so‘ng huquqni muhofaza qiluvchi organning navbatchisi yoki boshqa xodimi ushlab
turish bayonnomasini boshliqning ko‘rsatmasiga binoan darhol tuzishi, unda quyidagilarni
ko‘rsatishi kerak:
1) bayonnoma tuzilgan joy va vaqtni;
2) ushbu shaxsning kimligi, kim tomonidan, qachon, qanday holatlarda, qonunda ko‘rsatilgan
qanday asoslarga ko‘ra ushlanganligini;
3) ushlangan shaxs qanday jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinayotganligini;
4) ushlangan shaxs ichki ishlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga
qaysi vaqtda olib kelinganligini;
5) shaxsiy tintuv qilish va olib qo‘yish natijalarini (ular o‘tkazilgan bo‘lsa);
6) ushlashning videoyozuv orqali qayd etilganligi (u o‘tkazilgan bo‘lsa), ushlangan shaxsning
videoyozuv materiallari bilan tanishganligi, shuningdek shaxsni ushlash vaqtida foydalanilgan
vositalarning texnik xususiyatlarini. Bayonnomani ushlab turishning asosliligini tekshirish vazifasi
topshirilgan ichki ishlar organi xodimi yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organ xodimi,
ushlab keltirgan vakolatli shaxs yoki fuqaro, ushlangan shaxs va xolislar imzo chekib, tasdiqlaydi.
(225-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14-maydagi O‘RQ-617-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.05.2020-y., 03/20/617/0585-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.


Ichki ishlar organi xodimi yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organning xodimi amalga
oshirilgan ushlab turish haqida ushlangan shaxs ichki ishlar organiga yoki huquqni muhofaza
qiluvchi boshqa organga keltirilgan paytdan e’tiboran o‘n ikki soat ichida prokurorga yozma
shaklda xabar berishi shart.
(225-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ushlab turishning asosli ekanligini tekshirish, hujjatlarni talab qilish va ko‘zdan kechirish
ushlangan shaxs ichki ishlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga keltirilgan
paytdan e’tiboran yigirma to‘rt soatdan kechiktirmay o‘tkazilishi lozim.
(225-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ushlab turishga asos bo‘lmagan taqdirda, ichki ishlar organi bo‘linmasining boshlig‘i yoki
boshqa vakolatli shaxs ushlanganni ozod qilish to‘g‘risida qaror chiqaradi. Qarorning nusxasi darhol
prokurorga yuboriladi.
(225-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Shaxs amalda ushlangan yoki uni jinoyat joyida ushlash bilan bog‘liq tezkor-qidiruv tadbiri
amalda yakunlangan paytdan boshlab u bilan bog‘liq protsessual harakatlar amalga oshirilguniga
qadar uning himoyachi bilan xoli uchrashishi ta’minlanadi. Bu haqda bayonnoma tuziladi.
(225-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 18-fevraldagi O‘RQ-675-sonli 
Qonuniga 
asosan
beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2021-y., 03/21/675/0126-
son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ushlab turish, jinoyat ishi qo‘zg‘atish, ishda gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb
qilish to‘g‘risidagi qarorlar darhol gumon qilinuvchiga e’lon qilinadi, ayni vaqtda unga ushbu
Kodeksning 
48-moddasida 
nazarda tutilgan huquqlari tushuntiriladi va tanlangan yoki
tayinlangan himoyachiga tanishib chiqish uchun taqdim etiladi. Qaror bilan tanishtirilgani va
huquqlari tushuntirilgani qarorda qayd etilib, vakolatli shaxs va ushlangan shaxs tomonidan
imzolanib, tasdiqlanadi. Bunda ushlangan shaxs ushlab keltirilgan paytdan boshlab yigirma to‘rt
soatdan kechiktirilmay so‘roq qilinishi lozim.
(225-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi O‘RQ-198-sonli
Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 514-modda)

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   334




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish