Asosiy qoidalar


-modda. Dalillarni qayd etishda yordamchi usullar. Bayonnomaga ilovalar



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/334
Sana14.07.2022
Hajmi2,06 Mb.
#795313
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   334
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi

91-modda. Dalillarni qayd etishda yordamchi usullar. Bayonnomaga ilovalar
Dalillarni qayd etish uchun bayonnoma tuzish bilan bir qatorda ovoz yozish, videoyozuv,
kinotasvir, fotosuratga tushirish, qoliplar tayyorlash, nusxalar olish, rejalar, sxemalar tayyorlash va
axborotni aks ettirishning boshqa usullari qo‘llanilishi mumkin. Surishtiruvchi, tergovchi, sud
dalillarni mustahkamlashning bu usullarini qo‘llanishga ko‘maklashish uchun mutaxassislarni jalb
etishi mumkin.
Surishtiruvchi, tergovchi, sud tomonidan dalillarni qayd etishning qanday usullari qo‘llangani,
foydalanilgan apparatlar, asboblar, uskunalar, materiallarning texnikaviy tavsifi keltirilib, tegishlicha
tergov harakati bayonnomasi yoki sud majlisi bayonnomasida aks ettiriladi.
Tergov yoki sud harakatining borishi va natijalari aks ettirilgan fotosuratlar, fonogrammalar,
videoyozuvlar, kinotasvirlar, qoliplar, nusxalar, rejalar, sxemalar va boshqalar bayonnomaga ilova
qilinadi. Har qaysi ilovada tergov yoki sud harakatining nomi, o‘tkazilgan joyi, sanasi ko‘rsatilgan
izohlovchi matn bo‘lishi lozim. Bu izohlovchi matnni surishtiruv va dastlabki tergov bosqichida
surishtiruvchi yoki tergovchi va xolislar, sudda esa, raislik qiluvchi va sud majlisi kotibi o‘z imzolari
bilan tasdiqlaydilar.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Quyidagi protsessual harakatlar videoyozuv orqali qayd etilishi shart:
1) o‘ta og‘ir jinoyatlar bo‘yicha hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish;
2) tintuv;
3) ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish;
4) tergov eksperimenti;
5) shaxsni ushlash;
6) himoyachidan voz kechish;
7) shaxsni ushlash jarayonida o‘tkaziladigan shaxsiy tintuv va olib qo‘yish.
(91-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14-maydagi O‘RQ-617-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.05.2020-y., 03/20/617/0585-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ushbu modda to‘rtinchi qismining 
5


va 
7-bandlarida 
nazarda tutilgan protsessual
harakatlarni videoyozuv orqali qayd etish ushbu Kodeksda belgilangan xususiyatlar inobatga
olingan holda amalga oshiriladi.
(91-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14-maydagi O‘RQ-617-sonli 
Qonuniga 
asosan
beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.05.2020-y., 03/20/617/0585-
son)
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   334




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish