Asosiy qoidalar


-bob. ShAXSNI JINOIY JAVOBGARLIKKA TORTISh YOKI HUKMNI IJRO ETISh UChUN UShLAB



Download 6,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet328/335
Sana29.05.2022
Hajmi6,36 Mb.
#615419
1   ...   324   325   326   327   328   329   330   331   ...   335
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi

65-bob. ShAXSNI JINOIY JAVOBGARLIKKA TORTISh YOKI HUKMNI IJRO ETISh UChUN UShLAB
BERISh
599-modda. Xorijiy davlat hududida bo‘lgan shaxsni ushlab berish to‘g‘risida so‘rov
yuborish
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida va xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan
hollarda hamda tartibda yoki o‘zarolik prinsipi asosida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
xorijiy davlatning vakolatli organiga xorijiy davlat hududida bo‘lgan shaxsni jinoiy javobgarlikka
tortish yoki hukmni ijro etish uchun ushlab berish to‘g‘risida so‘rov yuborishi mumkin.
(599-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Xorijiy davlat hududida bo‘lgan shaxsni ushlab berish to‘g‘risida o‘zarolik prinsipi asosida so‘rov
yuborish, agar so‘rov yuborilishiga sabab bo‘lgan qilmish har ikkala davlat qonunchiligiga muvofiq
jinoiy jazolanadigan qilmish bo‘lsa va shaxs jinoiy javobgarlikka tortish uchun ushlab berilgan
taqdirda — uni sodir etganlik uchun bir yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum
qilish tarzidagi jazo yoki og‘irroq jazo nazarda tutilganda yoxud shaxs hukmni ijro etish uchun
ushlab berilgan taqdirda — u olti oydan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish
tarzidagi jazoga yoki og‘irroq jazoga hukm qilinganida amalga oshiriladi.
(599-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Xorijiy davlat hududida bo‘lgan shaxsni ushlab berish to‘g‘risidagi so‘rovni yuborish zaruriyati
yuzaga kelganda hamda buning uchun ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida
ko‘rsatilgan asoslar va shartlar mavjud bo‘lganda, barcha zarur materiallar mazkur so‘rovni yuborish
haqidagi masalani hal etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga taqdim etiladi.
Xorijiy davlat hududida bo‘lgan shaxsni ushlab berish to‘g‘risidagi so‘rovda quyidagilar bo‘lishi
kerak:
1) so‘rov yuborayotgan organning nomi;
2) o‘ziga nisbatan so‘rov yuborilayotgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, uning
tug‘ilgan sanasi va joyi, fuqaroligi, yashash joyi yoki turgan joyi haqidagi ma’lumotlar va uning shaxsi
haqidagi boshqa ma’lumotlar, shuningdek imkoni boricha tashqi qiyofasi tavsifi, fotosurati va
shaxsni identifikatsiya qilish imkonini beradigan boshqa materiallar;


08.05.2022, 17:51
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi
https://lex.uz/docs/-111460
226/232
3) o‘ziga nisbatan so‘rov yuborilayotgan shaxs tomonidan sodir etilgan jinoyatning haqiqiy
holatlari bayoni va tavsifi, shu jumladan u tomonidan yetkazilgan zararning miqdori haqidagi
ma’lumotlar, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat 
kodeksining
qilmish jinoyat deb e’tirof etilishiga asos
bo‘ladigan tegishli moddasi matni;
4) shaxsni jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish to‘g‘risidagi qaror
yoxud hukm chiqarilgan joy va sana to‘g‘risidagi, shuningdek hukm qonuniy kuchga kirganligi
haqidagi ma’lumotlar.
Xorijiy davlat hududida bo‘lgan shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish uchun ushlab berish
to‘g‘risidagi so‘rovga shaxsni jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish
to‘g‘risidagi qarorning va qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi sud
ajrimining tasdiqlangan ko‘chirma nusxalari ilova qilinishi kerak. Xorijiy davlat hududida bo‘lgan
shaxsni hukmni ijro etish uchun ushlab berish to‘g‘risidagi so‘rovga qonuniy kuchga kirgan
hukmning tasdiqlangan ko‘chirma nusxasi va jazoning o‘talmagan muddati to‘g‘risidagi
ma’lumotnoma ilova qilinishi kerak.

Download 6,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   324   325   326   327   328   329   330   331   ...   335




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish