Asosiy qoidalar


-modda. Sudlanuvchini qamoqdan yoki uy qamog‘idan ozod qilish



Download 6,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet249/335
Sana29.05.2022
Hajmi6,36 Mb.
#615419
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   335
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi

474-modda. Sudlanuvchini qamoqdan yoki uy qamog‘idan ozod qilish
Sudlanuvchi oqlanganda, shuningdek jazo tayinlanmasdan yoki jazodan ozod qilib yoxud
shartli ravishda ozodlikdan mahrum etib yoki ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan
jazo tayinlab ayblov hukmi chiqarilganda, xuddi shuningdek sudlanuvchi dastlabki qamoqda yoxud
uy qamog‘ida bo‘lgan vaqtdan ortiq bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni
cheklash jazosi tayinlanganda, qamoqda yoxud uy qamog‘ida saqlanayotgan sudlanuvchi bevosita
sud majlisi zalining o‘zida darhol ozod qilinishi lozim.
(474-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli 
Qonuni
tahririda —
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
475-modda. Hukmning nusxasini mahkumga va oqlangan shaxsga berish
Hukm e’lon qilinganidan keyin uch sutkadan kechiktirilmay, hajmi katta bo‘lgan taqdirda esa,
o‘n sutkadan kechiktirilmay, uning nusxasi mahkumga va oqlangan shaxsga berilishi lozim. Boshqa
taraflarga hukm nusxasi yoki uning ko‘chirmasi shu muddatda, ularning iltimoslariga asosan
beriladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Agar mahkum qamoqda saqlanayotgan bo‘lsa, hukmning ko‘chirma nusxasi unga qamoqda
saqlash joyining ma’muriyati tomonidan hukm kelib tushgan kuni tilxat olib topshiriladi, tilxat
ko‘chirma nusxa topshirilgan sana va vaqt ko‘rsatilgan holda sudga taqdim etiladi.
(475-modda O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 29-sentabrdagi O‘RQ-299-sonli 
Qonuniga
asosan
ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2011-y., 40-son, 410-modda)
476-modda. Hukm chiqarish bilan bir vaqtda sud tomonidan hal qilinadigan boshqa
masalalar
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxsning voyaga yetmagan bolalari, qari ota-
onalari, qaramog‘ida boshqa shaxslar bo‘lsa va ular qarovsiz hamda yordamsiz qolayotgan bo‘lsa,
sud ayblov hukmini chiqarish bilan bir vaqtda ularni qarindoshlari yoki boshqa shaxslarning va
muassasalarning vasiyligiga yoki homiyligiga topshirish to‘g‘risida, mahkumning qarovsiz
qolayotgan mol-mulki yoki uy-joyi bo‘lsa, ularni qo‘riqlab turish choralarini ko‘rish to‘g‘risida ajrim
chiqaradi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ushbu Kodeksning 
50-moddasida 
ko‘rsatilgan tartibda tayinlangan advokat ishda himoyachi
bo‘lib qatnashgan hollarda sud advokatlar byurosi, hay’ati yoki firmasi rahbarining iltimosnomasi
bo‘lgan taqdirda ajrim chiqarib, unda advokatlar byurosi, hay’ati yoki firmasi foydasiga mahkumdan
haq undirish va bu haqning miqdori to‘g‘risidagi masalani hal qiladi.
(476-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustdagi 485-I-son 
Qonuni
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 241-modda)
Ushbu Kodeksning
 298 
va 
300-moddalarida 
nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda,
shuningdek tegishli mansabdor shaxslarning e’tiborini surishtiruv va dastlabki tergov o‘tkazishda
yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarga jalb qilish zarur bo‘lganda sud hukm chiqarish bilan bir vaqtda xususiy
ajrim ham chiqaradi.
Ushbu moddada ko‘rsatilgan barcha protsessual qarorlar sud majlisining zalida hukm e’lon
qilinganidan keyin o‘qib eshittirilishi lozim.


08.05.2022, 17:51
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi
https://lex.uz/docs/-111460
175/232

Download 6,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   335




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish