Asosiy qoidalar


-modda. Jinoiy javobgarlikka tortilmagan shaxs tomonidan jinoyat sodir etilganligini



Download 6,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet225/335
Sana29.05.2022
Hajmi6,36 Mb.
#615419
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   335
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi

417-modda. Jinoiy javobgarlikka tortilmagan shaxs tomonidan jinoyat sodir etilganligini
ko‘rsatuvchi holatlar aniqlanganda sudning harakatlari
Agar sud tergovi vaqtida javobgarlikka tortilmagan shaxs tomonidan jinoyat sodir etilganligini
ko‘rsatuvchi holatlar aniqlansa, sud jinoyat ishini qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi masalani hal qilish uchun
tegishli materiallarni ilova qilgan holda bu haqda prokurorga xabar qiladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Taxmin qilinayotgan jinoyat ko‘rilayotgan ish bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan va bu ishlarni alohida-
alohida ko‘rish imkoniyati bo‘lmagan hollarda, davlat ayblovini qo‘llab-quvvatlovchi prokuror yoki
jabrlanuvchi, uning vakilining yoxud sudlanuvchining, uning himoyachisining, qonuniy vakilining
iltimosnomasiga ko‘ra sud boshqa shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish
uchun asoslarni aniqlash yuzasidan tegishli protsessual harakatlarni bir oygacha bo‘lgan muddatda
o‘tkazishni ish bo‘yicha ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasini tasdiqlagan prokurorga
topshirish haqida ajrim chiqaradi.
(417-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-664-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/664/0014-son)
Iltimosnomada boshqa shaxsni ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilish bilan
bog‘liq protsessual harakatlarni amalga oshirish zarurati asoslantirilgan bo‘lishi kerak.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Sud ajrimini ijro etish natijalariga ko‘ra davlat ayblovini qo‘llab-quvvatlovchi prokuror sudga
yangidan tuzilgan ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasi yoxud ularga qo‘shimchani taqdim
etadi hamda uning ko‘chirma nusxasini sudlanuvchiga va uning himoyachisiga topshiradi.
(417-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ilgari e’lon qilingan ayblov boshqa shaxs ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb
qilinishi munosabati bilan o‘zgartirilgan taqdirda, sud ishni ko‘rishni sud muhokamasining umumiy
shartlari bo‘yicha qayta tiklaydi. Bunday hollarda sud muhokamasining muddati o‘zgartirilgan yoki
to‘ldirilgan ayblov bo‘yicha ishni sudda ko‘rish qayta tiklangan paytdan e’tiboran hisoblanadi.
Ish bo‘yicha sud tergovi o‘tkazilayotganda sud sudda ishni yuritish to‘xtatib turilguniga qadar
o‘tkazilgan protsessual harakatlarni takroran o‘tkazish zarurligi to‘g‘risidagi masalani taraflarning
fikrini inobatga olgan holda hal qiladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Prokuror tomonidan ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasiga qo‘shimchalar taqdim
etilganda, sud sudlanuvchiga, uning himoyachisiga prokuror tomonidan taqdim etilgan
qo‘shimcha dalillar va ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasiga qo‘shimcha bilan tanishishga,
shuningdek ushbu dalillarga va dalolatnoma yoki xulosaga e’tirozlar taqdim etishga bo‘lgan
huquqini ta’minlaydi.
(417-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)


08.05.2022, 17:51
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi
https://lex.uz/docs/-111460
159/232
Sud prokuror tomonidan taqdim etilgan materiallar bo‘yicha taraflarning fikrini aniqlaydi va
ularni jinoyat ishiga qo‘shib qo‘yish haqida ajrim chiqaradi.
Sud ushbu moddaning 
yettinchi qismida 
ko‘rsatilgan masalalarni hal qilishda sudlanuvchi,
uning himoyachisi huquqlarini ta’minlash uchun sud majlisida o‘n sutkagacha tanaffus e’lon qiladi.
Qo‘shimcha taqdim etilgan yangi dalillarni baholash va tekshirish ushbu Kodeks 443-
moddasining 
ikkinchi qismida 
belgilangan tartibda o‘tkaziladi.
To‘plangan va qo‘shimcha taqdim etilgan dalillar asosida prokuror taraflar muzokaralarida
sudga to‘ldirilgan ayblovni inobatga olgan holda qarorning ta’rifini taqdim etadi.
Agar sud tergovi vaqtida bila turib yolg‘on ko‘rsatuv bergan guvoh, jabrlanuvchi yoki bila turib
noto‘g‘ri xulosa bergan ekspert yoxud bila turib noto‘g‘ri tarjima qilgan tarjimon tomonidan jinoyat
sodir etilganligini ko‘rsatuvchi holatlar aniqlansa, sud hukm chiqarganidan so‘ng jinoyat ishini
qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi masalani hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda bu haqda
prokurorga xabar qiladi.
(417-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi
O‘RQ-421-sonli 
Qonuniga 
asosan ikkinchi — o‘n uchinchi qismlar bilan almashtirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 13-
son, 194-modda)
(417-modda O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 18-sentabrdagi O‘RQ-335-sonli 
Qonuni
tahririda —
O‘R QHT, 2012-y., 38-son, 433-modda)

Download 6,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   335




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish