Asosiy qoidalar


-modda. Shaxsiy tintuv va olib qo‘yish



Download 6,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/335
Sana29.05.2022
Hajmi6,36 Mb.
#615419
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   335
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi

162-modda. Shaxsiy tintuv va olib qo‘yish
Ushbu Kodeksning 
157 
va 
158-moddalarida 
nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda
surishtiruvchi yoki tergovchi shaxsning kiyimlari, uning yonidagi buyumlari ichidan yoki badanidan
topilgan, ish uchun ahamiyatga molik narsa va hujjatlarni olib qo‘yishi mumkin.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi faqat ushbu
Kodeksning 
224-moddasiga 
asosan shaxsni ushlagan taqdirda, unda qurol borligi yoki u jinoyat
sodir etganligini fosh qiluvchi dalillardan qutulish niyatida ekanligini taxmin qilishga yetarli asoslar
mavjud bo‘lsa, uni shaxsiy tintuv qilishni va olib qo‘yishni amalga oshirishga ham haqlidir. Bunda
shaxsiy tintuv va olib qo‘yish bayonnomasi ushbu Kodeksning 
163-moddasi
talablariga rioya qilgan
holda tuziladi.
(162-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-sonli 
Qonuniga 
asosan
ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Shaxsiy tintuv va olib qo‘yish ushbu Kodeksning 
157 — 161-moddalarida
ko‘rsatilgan qoidalar
asosida o‘tkaziladi. Ammo shaxsiy tintuv va olib qo‘yish quyidagi hollarda alohida qaror yoki ajrim
chiqarilmasdan o‘tkazilishi mumkin:
Oldingi
 tahrirga qarang.
1) gumon qilinuvchini ushlash chog‘ida ushlanuvchining yonida qurol borligiga yoxud jinoyat
sodir etganligini fosh qiladigan dalillardan qutulmoqchi ekanligiga yetarli asoslar bo‘lganda (ushbu
Kodeksning 
224-moddasi
);
(162-modda uchinchi qismining 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-
442-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
2) gumon qilinuvchi ichki ishlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga
olib kelinib, uni ushlash haqida ushbu Kodeksning 
225-moddasiga 
asosan bayonnoma tuzilganda;
(162-modda uchinchi qismining 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-
442-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
3) ayblanuvchiga nisbatan qamoqda saqlash tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilayotganida,
basharti uning yonida qurol, shuningdek saqlanishi man etilgan buyumlar yoxud ish uchun
ahamiyatga molik narsa va hujjatlar bo‘lishi mumkin deb o‘ylashga yetarli asoslar bo‘lganida;
4) olib qo‘yish yoki tintuv o‘tkazilayotgan binoda yoki boshqa joyda turgan shaxs olib qo‘yish
va tintuv o‘tkazish haqidagi qarorga yoki ajrimga ko‘ra olinishi zarur bo‘lgan narsa yoki hujjatlarni o‘z
yonida yashirincha saqlamoqda deb o‘ylash uchun yetarli asoslar bo‘lganida.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Shaxsiy tintuv hamda narsa va hujjatlarni olib qo‘yish tintilayotgan shaxs bilan bir jinsdagi
mutaxassis hamda xolislar ishtirokida o‘tkazilishi mumkin.
(162-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)

Download 6,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   335




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish