08.05.2022, 17:51
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi
https://lex.uz/docs/-111460
94/232
Garovni qabul qilish haqida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror bayonnoma tuzadi, sud esa sud
majlisi bayonnomasiga tegishlicha belgi qo‘yadi.
Bayonnomada gumon qilinuvchiga,
ayblanuvchiga yoki sudlanuvchiga uning ushbu Kodeksning
46
va
48-moddalarida
ko‘rsatilgan
majburiyatlari tushuntirilganligi va u bu majburiyatlarni buzmaslikka so‘z berganligi, garovga
qo‘yuvchiga esa gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi majburiyatlarini bajarmagan taqdirda
garov summasidan mahrum bo‘lishi ma’lum qilinganligi ko‘rsatilishi kerak. Bayonnoma garovni
qabul
qilgan mansabdor shaxs, garovga qo‘yuvchi va gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi
tomonidan imzolanadi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Garov summasi bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan kam bo‘lishi mumkin
emas va uni ushbu ehtiyot chorasini
tanlagan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud
ayblovning og‘irligini,
gumon qilinuvchining, ayblanuvchining,
sudlanuvchining va garovga
qo‘yuvchining shaxsini, garovga qo‘yuvchining mulkiy ahvolini hamda uning gumon qilinuvchi,
ayblanuvchi, sudlanuvchi bilan munosabatlarini inobatga olgan holda belgilaydi.
(249-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Garovga qo‘yuvchi garovni topshirish chog‘ida, shu ehtiyot chorasi tanlangan ayblovning
mohiyati, gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga tayinlanishi mumkin bo‘lgan jazo va
o‘zining javobgarligi to‘g‘risida xabardor qilinishi kerak. U o‘zi qabul qilgan majburiyatlaridan
garovning davlat mulkiga o‘tib ketishi uchun sabab bo‘ladigan asoslar yuzaga kelguniga qadar voz
kechishi mumkin.
Garovga qo‘yuvchi gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining xulq-atvorini
kuzatishga imkoni bo‘lmaganligini bahona qilishga haqli emas, bundan u bartaraf etib
bo‘lmaydigan vaziyatning ta’sirini isbotlab beradigan hollar mustasno.
Agar ehtiyot chorasini o‘zgartirish uni tanlash shart-sharoitlari buzilganligi tufayli ro‘y
bermayotgan bo‘lsa, xuddi shuningdek ish bo‘yicha ish yuritish tugatilgan yoxud sud hukmi kuchga
kirgan taqdirda garov garovga qo‘yuvchiga qaytariladi.
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarini buzgan
taqdirda garov sud ajrimi bilan davlat mulkiga o‘tkaziladi va gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga,
sudlanuvchiga nisbatan jiddiyroq ehtiyot chorasi qo‘llaniladi.
(249-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Do'stlaringiz bilan baham: