Asosiy qoidalar


-modda. Jinoyat ishi tamomlangandan keyin undagi materiallar bilan tanishib chiqish



Download 6,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet192/335
Sana29.05.2022
Hajmi6,36 Mb.
#615419
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   335
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi

375-modda. Jinoyat ishi tamomlangandan keyin undagi materiallar bilan tanishib chiqish
huquqini ta’minlash
Tergovchi to‘plangan dalillarni ayblov xulosasini tuzish uchun yetarli deb topganidan keyin
ayblanuvchi va himoyachiga dastlabki tergov tamomlanganligini e’lon qiladi, ularga ishdagi barcha
materiallar bilan tanishib chiqishga doir huquqlarini tushuntiradi va tanishib chiqish uchun ishni
taqdim etadi.
Basharti ish tugatilgan bo‘lsa, tergovchi bu haqda va ish materiallari bilan tanishish huquqi
haqida gumon qilinuvchini, ayblanuvchini va himoyachini xabardor qiladi hamda ularning
iltimosiga binoan ularga tanishib chiqish uchun ishni taqdim etadi.
Tergovchi dastlabki tergov tamomlanganligi va ish ayblov xulosasi bilan sudga yuborilishi yoki
ish tugatilganligi to‘g‘risida jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar va ularning
vakillariga xabar qiladi, basharti ular xohlasalar, barcha ish materiallari bilan tanishib chiqish
huquqiga ega ekanliklarini tushuntiradi. So‘ng tergovchi ko‘rsatib o‘tilgan protsess
ishtirokchilarining iltimosiga muvofiq, tanishib chiqish uchun ularga ishni taqdim etadi.
Jabrlanuvchilar, guvohlar, xolislar va protsessning boshqa ishtirokchilari xavfsizligini ta’minlash
maqsadida tergov harakatlari bayonnomasining kirish qismlari tanishib chiqish uchun taqdim
qilinmasligi mumkin. Bunday hollarda bayonnomalarning ko‘rsatib o‘tilgan protsess ishtirokchilari
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan kirish qismlari muhrlangan holda saqlanadi.
Basharti ayblanuvchining himoyachisi yoki jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy
javobgarning vakili uzrli sabablarga binoan belgilangan vaqtda ish materiallari bilan tanishib
chiqish uchun kela olmasa, tergovchi tanishib chiqish muddatini ko‘pi bilan besh sutkaga
kechiktirishi mumkin. Himoyachi yoki vakil bu muddat ichida kelmagan taqdirda ayblanuvchiga
boshqa himoyachini taklif qilish, jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar yoki fuqaroviy javobgarga boshqa
vakil chaqirish uchun imkoniyat yaratiladi.

Download 6,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   335




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish