260-modda. Yakka mehnat nizolarini ko‘rib chiquvchi organlar
Yakka mehnat nizolari:
mehnat nizolari komissiyalari tomonidan, ushbu Kodeksning 269-moddasida
ko‘rsatilgan nizolar bundan mustasno;
tuman (shahar) sudlari tomonidan ko‘rib chiqiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonuni (yangi tahriri), O‘zbekiston
Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi.
Xodim mehnat nizosini hal qilish uchun o‘z xohishiga ko‘ra, mehnat nizolari
komissiyasiga yoki bevosita sudga murojaat etishga haqlidir.
Mehnatning shartlarini belgilash masalalariga doir yakka mehnat nizolari ushbu
Kodeksning 280-moddasiga muvofiq ko‘rib chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |