Asosiy qism: Нарх тушунчаси, турлари ва вазифалари


-chizma Past sifatli tovarlar uchun daromad va almashtirish samarasi



Download 164,42 Kb.
bet6/8
Sana22.11.2022
Hajmi164,42 Kb.
#870291
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 5264731187284283340

7-chizma
Past sifatli tovarlar uchun daromad va almashtirish samarasi


Grafikda absissa o'qiga past sifatli tovar, ordinata o'qiga normal sifatli tovar joylashtirilgan. U1 befarqlik egri chizig'i RS byudjet chizig'iga uringan A nuqtada iste'molchi past sifatli tovardan F1 miqdorda sotib oladi. Agar past sifatli tovar narxi arzonlasa, byudjet chizig'i RT holatga o'tadi. Bu holatda iste'molchi past sifatli tovardan ko'proq sotib oladi. Past sifatli tovar narxi arzonlagani sababli puli baribir ortib qoladi va normal tovardan ham ko'proq sotib oladi. Bu holatda U2 befarqlik egri chizig'ining RT byudjet chizig'iga uringan B nuqtada optimal tanlov majmuasiga ega bo'ladi va past sifatli tovardan E miqdorda sotib oladi. Demak, almashtirish samarasi F1E musbat ishorali.
Agar iste'molchi daromadi kamaysa, byudjet chizig'i pastga tushadi. Bu holatda iste'molchining tanlov majmuasi U1 befarqlik egri chizig'ining yangi byudjet chizig'i bilan kesishgan C nuqtani tashkil qiladi. Bu holatda past sifatli tovardan F2 miqdorda iste'mol qilinadi.
Daromad pasayganda past sifatli tovarning iste'mol miqdori ko'paymoqda, daromad ko'payganda iste'mol miqdori kamaymoqda. Demak, daromad samarasi manfiy ishorali, bundan kelib chiqadiki, umumiy samarani topish uchun almashtirish samarasidan daromad samarasini ayirish kerak.

3.Optimallashtirish: iste’molchi nimani tanlaydi?
Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida 15-mart Xalqaro iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kuni sifatida nishonlanadi. Yurtimizda ham mazkur sanaga katta e’tibor qaratilgan. Chunki O‘zbekistonda iste’molchilar huquqlari ustuvorligi e’tiborga olingan turli mulkchilik, erkin tadbirkorlik va mehnat asosidagi ijtimoiy-iqtisodiy muhit shakllangan. Mamlakatimizda iste’molchilar va mahsulot ishlab chiqaruvchilar, turli xizmatlar ko‘rsatadigan ijrochilar o‘rtasidagi ko‘p qirrali o‘zaro munosabatlarga doir qonunchilik aktlari va me’yoriy-huquqiy hujjatlarning qabul qilinishi iste’molchilar huquqlariga oid qonunchilik shakllanishining mantiqiy boshlanishi bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 5-yanvarda qabul qilingan “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni iste’molchilarni himoya qilishda huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Unda xalqaro hamjamiyat tomonidan e’tirof etilgan iste’molchilarning huquqlari va ularni amalga oshirish kafolatlari mustahkamlangan, fuqarolar hayoti, salomatligi yoki mulkiga ziyon yetkazilgan taqdirda, ularni himoya qilish kafolatlari belgilangan. Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyevning 2018-yil 13-noyabrdagi farmoniga asosan tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda muhim o‘rin tutadi4. Shuningdek, iste’molchilarning reklama huquqlari himoya qilinishida qonunchilikka rioya etilishini nazorat qilish, iste’mol tovarlari narxlari va xizmatlar tariflari ustidan monitoring o‘tkazish, bozorda sifatsiz iste’mol tovarlari va xizmatlari paydo bo‘lishi holatlarini bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish ham mazkur qo‘mita majburiyatlari sirasiga kiradi.
Aholining iste’molchilar huquqini himoya qilishga doir huquqiy madaniyatini yuksaltirishda keng ma’rifiy ishlarni olib borish samarali usullardan biridir. Shu bois, qo‘mita tomonidan fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikda muntazam seminarlar tashkil etilmoqda. Buning samarasida fuqarolarimizning iste’mol madaniyati yuksalmoqda va ijtimoiy o‘z-o‘zini boshqarish mexanizmlari faollashmoqda.
Amma aytishimiz joyizki bugungi kunda istemolchilar tanlovida ba’zi bir muammolarga duch kelayotganimiz sir emas albatta. O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga joriy yilning birinchi choragida iste’molchilardan jami 2645 ta murojaatlar kelib tushgan.
Mazkur ariza va shikoyatlarning 2336 tasi ya’ni, 88,3 % ijobiy hal etilishi natijasida iste’molchilar foydasiga jami 1 783 698 838 (bir milliard yetti yuz sakson uch million olti yuz to‘qson sakkiz ming sakkiz yuz o‘ttiz sakkiz) so‘m yetkazilgan zarar qayta hisob-kitob qilib berildi. Federatsiyaga iste’molchilardan tushgan 10 ta murojaat asosida iste’molchilarning manfaatlarini ko‘zlab sud organlariga da’vo arizalari kiritilishi va ijobiy hal etilishi natijasida 10 693 913 (o‘n million olti yuz to‘qson uch ming to‘qqiz yuz o‘n uch) so‘m moddiy va ma’naviy zararlar iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi.
Federatsiya va uning hududiy bo‘linmalariga fuqarolar tomonidan qilingan murojaatlar sohalar kesimida tahlil qilinganda, iste’molchilardan kelib tushgan murojaatlarning 694 tasi (26,2%) savdo sohasiga, 361 tasi (13,6%) gaz ta’minoti sohasiga, 471 tasi (17,8%) elektr ta’minoti sohasiga, 206 tasi (7,8%) suv ta’minoti sohasiga, 111 tasi (4,2%) kommunal xizmat sohasiga, 40 tasi (1,5%) sog‘liqni saqlash sohasiga, 146 tasi (5,5%) xizmat ko‘rsatish (servis) sohasiga, 79 tasi (3,0%) transport sohasiga, 94 tasi (3,6%) aloqa (va internet) sohasiga, 219 tasi (8,3%) esa boshqa sohalarga to‘g‘ri kelishini ko‘rishimiz mumkin. Federatsiya tizimida tashkil etilgan «Iste’molchi bilan muloqot» huquqiy maslahatxonalariga fuqarolardan jami 2148 ta huquqiy maslahatlar so‘rab murojaatlar kelib tushgan va ushbu murojaatlarning 1053 tasi bo‘yicha fuqarolarga qonun talablari yuzasidan tushuntirishlar, 129 ta murojaat yuzasidan davlat va nazorat qiluvchi organlarga, 26 ta murojaat yuzasidan esa sud organlariga murojaat qilish takliflari berildi5.
2018-yil yakuniga ko‘ra, mazkur qo‘mita va uning hududiy organlariga iste’molchilardan 6,7 mingdan ziyod shikoyat va ariza kelib tushgan. 2017-yil bilan taqqoslaganda, yozma shaklda, “ishonch telefoni”, www.istemolchi.uz, potrebitel.uz veb-portallari orqali kelib tushgan murojaatlar soni 0,5 foizga ortgan.
Davlat nazoratini amalga oshirish, xo‘jalik sub’ektlari, savdo tashkilotlari, tibbiyot muassasalari, maishiy xizmat ko‘rsatish, kommunal xo‘jalik faoliyatini o‘rganish va tahlil qilish, iste’mol bozorida qonunchilikka rioya etilishi bo‘yicha olib borilgan ishlarda ham ijobiy natijalarga erishilgan. O‘tgan yilda qo‘mita tomonidan iste’molchilar huquqlariga oid qonunchilikni buzish bo‘yicha 985 holat aniqlangan. Qayta hisob-kitob o‘tkazilib, buning natijasida murojaat qilgan iste’molchilarga 904,8 million so‘m qaytarilgan. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga oid qonunchilikni buzganlik bo‘yicha aniqlangan faktlarga ko‘ra, qo‘mitaning hududiy organlari tomonidan 429 xo‘jalik sub’ektiga ko‘rsatma berilgan. Bundan tashqari, tegishli nazorat va huquqni himoya qilish organlari, mahalliy hokimiyat idoralariga tegishli chora ko‘rish uchun turli qonunbuzarliklarga oid 1216 material taqdim etilgan.
Ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi bilan yaqin hamkorlikda faoliyat olib boradi. Mazkur notijorat tashkiloti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-noyabrda qabul qilingan “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tashkil etilgan. Bu davlatimiz uchun shaxs manfaatlari ustuvorligiga rioya qilish, kishilar tafakkurida demokratik qadriyatlarni yanada mustahkamlash, erkin bozor munosabatlarining ajralmas tarkibiy qismi bo‘lgan iste’mol bozorini tartibga solish bo‘yicha ijtimoiy vositalarning nechog‘li muhim ahamiyatga ega ekanini yana bir bor tasdiqlaydi.
Bugungi kunda Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi mamlakatimizdagi eng barqaror notijorat tashkilotlardan biridir. Uning tarkibida 14 hududiy birlashma, 195 iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tuman (shahar) jamiyatlari, mahalla, tashkilot va korxonalarda joylashgan 9 mingdan ortiq tayanch punktlari faoliyat yuritmoqda.
Tovar va xizmatlar sifati va xavfsizligi uchun mas’ul bo‘lgan turli tashkilotlar bahamjihat ishlagandagina iste’molchilar huquqlari samarali himoya qilinadi, – deydi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi Akrom Mirazizov. – Tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, aynan fuqarolik jamiyatlari institutlari iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonining tashabbuskori bo‘lishi mumkin. Shu bois, bugun o‘z ishimizda turli tashkilotlar bilan ijtimoiy sheriklik asosida hamkorlik qilishga alohida e’tibor qaratmoqdamiz.
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va uning hududiy birlashmalari, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tuman (shahar) jamiyatlari tomonidan muntazam asosda iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga oid qonunchilik talablariga rioya qilish holatlari o‘rganilib, nazorat qilinmoqda. O‘tgan yili federatsiya va uning hududiy organlariga fuqarolardan 9523 murojaat kelib tushgan va ushbu murojaatlarning 93 foizi hal etilgan. Bundan tashqari, o‘tgan yilda “ishonch telefoni” orqali 261 shikoyat kelib tushgan. Mazkur shikoyatlar ko‘rib chiqilib, ijobiy hal qilingan.
Bugungi kunda O‘zbekistonda iste’molchi o‘z huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish imkoniga ega. Bu borada ularga iste’molchilar huquqlari muhofazasi yo‘lida shay turadigan vakolatli davlat tuzilmalari hamda jamoat tashkilotlari yordam beradi. Iste’molchilarning huquqiy muhofazasi huquqiy fuqarolik jamiyati barpo etishning yana bir muhim jihatiga aylanib bormoqda6.
2019-2020 yillarda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi boyicha quydagilarni keltirishimiz mumkin.
O’zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda – Qo‘mita) hududiy boshqarmalariga ularning tashkiliy tuzilmasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatini tartibga solish boshqarmalarini tashkil etish uchun qo‘shimcha 142 nafar shtat birligi ajratilgan. Agentlik va Qo‘mita hududiy boshqarmalarining iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatini tartibga solish boshqarmalari shtat birliklari 2019 yilda tegishli vazirlik va idoralar, shu jumladan, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini maqbullashtirish hisobidan jamlandi.

Download 164,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish