Reja:
Kirish.
Asosiy qism:
Mahsulot tannarxi haqida tushuncha va uni xisoblash usullari
Mahsulоt tannarxining bеvоsita va bilvоsita xarajatlari tarkibi
Mahsulot tannarxi va uning oʼzgarishiga taʼsir etuvchi omillar tahlili.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Kirish Respublikamiz mustaqillikka erishganidan so’ng iqtisodiyotning barcha sohalarini rivojlangan mamlakatlar tajribasiga asoslangan holda rivojlantirish zaruriyati tug’ildi. Mustaqillikning ilk yillarida Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari bugungi kunga kelib o’zining ijobiy natijalarini bermoqda. Bu borada ta’kidlash joizki, “Mamlakatimiz iqtisodiyotini tarkibiy o’zgartirish, tarmoqlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga doir loyihalarni amalga oshirish uchun investitsiyalarni jalb qilish borasida bajarilayotgan ishlar alohida e’tiborga loyiq. 2019 yilda ana shu maqsadlarga barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 15 milliard 800 million AQSh dollari miqdorida investitsiyalar jalb etildi va o’zlashtirildi. Bu 2018 yilga nisbatan 9,5 foiz ko’p demakdir. Jami investitsiyalarning 3 milliard 300 million dollardan ziyodi yoki 21 foizdan ortig’i xorijiy investitsiyalar bo’lib, shuning 73 foizi to’g’ridan-to’g’ri chet el investitsiyalaridir. Investitsiyalarning 67,1 foizi yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etishga yo’naltirildi. Bu esa 2019 yilda umumiy qiymati 7 milliard 400 million dollar bo’lgan 158 ta yirik ishlab chiqarish ob’ekti qurilishini yakunlash va foydalanishga topshirish imkonini berdi”.1 Ma’lumki, hozirgi bozor munosabatlari sharoitida har qanday korxona ishlab chiqarish faoliyatini mo’’tadil yuritishi va uning samaradorligini oshirish uchun moddiy resurslar bilan etarli darajada ta’minlangan va ulardan samarali foydalangan bo’lishi talab etiladi. Bu borada, ishlab chiqarish zahiralaridan samarali foydalanish natijasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning o’rtacha xarajatlari yoki tannarxlari pasayadi. Buning natijasida korxonalarning sof foydasi ortadi. Shuning bilan birgalikda ishlab chiqarish zahiralaridan o’rindoshlik bilan foydalanish oqibatida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlaring sifatlari yaxshilanadi, xizmat qilish muddatlari esa ko’payadi. Shu nuqtai-nazardan xo’jalikning ishlab chiqarish zahiralari bilan ta’minlanishi va ulardan foydalanish darajasini uzluksiz ravishda tahlil qilib turish va ular asosida mavjud imkoniyatlarni aniqlash hamda ularni jalb qilish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish katta ahamiyatga egadir.
Ishlab chiqarish zahiralaridan samarali foydalanishni yo’lga qo’yishda iqtisodiy tahlil va buxgalteriya hisobining ahamiyati kattadir. Korxonada ishlab chiqarish zahiralaridan qay darajada foydalanilayotganligini tahlil etish natijasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga sarflanayotgan xarajatlarini tejash maqsadida foydalanilmay qolgan ichki imkoniyatlarni topish mumkin. Buning uchun esa, ishlab chiqarish zahiralarining holati va ulardan foydalanish taxlilining o’tkazilish ketma-ketligini har bir korxona o’zining tahlil o’tkazish maqsadidan kelib chiqib belgilashi kerak. Demak, ishlab chiqarish zahiralarini tahlili asosan korxonaning ular bilan qanchalik ta’minlanganligi, ularni sotib olish va saqlash bilan bog’liq xarajatlarni to’g’ri boshqarish va ulardan samarali foydalanish yo’llariga hamda mahsulot tannarxida materiallar miqdorini ular sifatiga ta’sir etmagan holda kamaytirishga e’tibor beriladi. O’z navbatida, ishlab chiqarish zahiralaridan foydalanish holati asosan buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlariga asosan baholanganligi sababli, ular hisobini to’g’ri tashkil etish va yuritish talab etiladi biri hisoblanadi.
Yuqoridagi fikrlar, korxonalarda ishlab chiqarish zahiralaridan samarali foydalanish jarayoni hisobi va tahlili borasida hanuzgacha muhim va o’z echimini kutayotgan zaruriy masalalardan biri bo’lib qolayotganligi va shu bois, bu borada hisob va tahlil sohasida jiddiy ilmiy izlanishlar olib borish zarurligini taqozo etadi. Bu esa, bitiruv malakaviy ishi mavzusining naqadar dolzarb ekanligini ko’rsatmoqda.