O’zbekiston Respublikasi hukumataning qarorlari bo’yicha kompensatsiya to’lovlari;
- ko’p yil ishlagani uchun bir galgi mukofotlar, takdirlash va to’lovlar, shu jumladan xo’jalik yurituvchi sub’ektning qaroriga ko’ra natura to’lovlari, shuningdek ular bo’yicha ijtimoiy fondlarga hisoblab yozilgan summalar;
- majburan ishga kelmaganlik yoki kam haq to’lanadigan ishni bajarganlik vaqti uchun qonun hujjatlariga muvofiq yoki xo’jalik yurituvchi sub’ektning qaroriga ko’ra haq to’lash;
- mehnat qobiliyati vaqtincha yo’qotilgan taqdirda qonun hujjatlariga binoan belgilangan haqiqiy ish haqina qadar qo’shimcha to’lovlar;
- malaka oshirish va kadrlarni qayta tayyorlash tizimida o’qitilgan vaqgda asosiy ish joyidan ishchilarga, ular ishdan ajralgan holda xo’jalik yurituvchi sub’ektning ishchi va xiz-matchilariga to’lanadigan ish haqi;
- o’n ikki yoshgacha ikki va undan ortiq bolalari yoki o’n olti yoshgacha nogiron bolasi bo’lgan ayollarga, qonunchilikka muvofiq, qo’shimcha ta’til uchun haq to’lash;
- xodimlarga bepul tovarlar, mahsulot va boshqa boyliklar berish yoki xodimlar uchun ishlar, xizmatlarni bajarish;
- xodimlar xarajatlarini to’lash (ovqatlanish, yo’lda yurish, dam olish va davolanishga yo’llanmalar, ekskursiya va sayohatlar, sport sektsiyalari, to’garaklar, klublardagi mashg’ulotlar, madaniy-ko’ngil ochish va jismoniy tarbiya (sport) tadbirlarida qatnashish, xodimlarning shaxsiy iste’moli uchun tovarlarga yozilish va shunga o’xshash boshqa to’lovlar);
- ish haqini xisoblashda xisobga olinmaydigan to’lov va xarajatlar, shu jumladan:
qonun hujjatlariga muvofiq bola ikki yoshga etishiga qadar uni parvarishlash bo’yicha oylik nafaqa to’lash xarajatlari;
pensiyalarga ustamalar, pensiyaga chiqayotgan mexnat fax-riylariga to’lanadigan bir yo’la nafaqalar;
ularni qayta tuzish, xodimlar soni va jadvali qisqarishi munosabati bilan xo’jalik yurituvchi sub’ektlardan bo’shatib olinayotgan xodimlarga qonunga muvofiq to’lanadigan to’lovlar;
xodimlarga to’lanadigan moddiy yordam;
— joylardagi davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilangan me’yornomalar doirasida va undan ortiqcha sog’liqni saklash ob’ektlari, qariyalar va nogironlar uylari, maktabgacha yoshdagi bolalar muassasalari, sog’lomlashtirish maskanlari, madaniyat va sport ob’ektlari, xalq ta’limi muassasalari va uy-joy fondi ob’ektlarini tutib turish xarajatlari (shu jumladan amortizatsiya ajratmalari va barcha turlardagi ta’mirlashni o’tkazish xarajatlari);
— vaqtincha to’xtatib qo’yilgan ishlab chiqarish quvvatlari va ob’ektlarni saqlash xarajatlari (boshqa manbalar hisobiga qoplanadigan xarajatlardan tashqari);
— bank va depozitariy xizmatlariga haq to’lash;
— ekologiya, sog’lomlashtirish va boshqa xayriya jamg’armalariga, madaniyat, xalq ta’limi, sog’liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot, jismoniy tarbiya va sport korxonalari, muassasa va tashkilotlariga badallar;
— byudjetga majburiy to’lovlar, soliqlar, yig’imlar, amaddagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan va xo’jalik yurituvchi sub’ekt xarajatlariga kiritiladitan, byudjetdan tashkeri maxsus jamg’armalarga ajratmalar;
— zararlar, jarimalar, penyalar, shu jumladan:
bekor qilingan ishlab chiqarish buyurtmalari bo’yicha talafotlar;
bevosita ishlab chiqarish jarayoniga taalluqli bo’lmagan moddiy boyliklarning tabiiy yo’qolish me’yorlari doira-sida va undan ortiqcha talafotlar va kamomadlari;
ishlab chikerish zaxarilari va tayyor mahsulotni past baho usuli yoki sotishning sof qiymati bo’yicha qayta baholash yoki narxni tushirish natijasvda ko’rilgan zararlar;
idish bilan bog’liq operatsiyalar bo’yicha zararlar;
sud chiqimlari;
gumonli qarzlar bo’iicha zaxiraga ajratmalar;
da’vo muddati o’tib ketgan debitorlik qarzi va undirish mumkin bo’lmagan boshqa qarzlarni hisobdan chiqarish zararlari, shuningdek qonunga muvofiq yuridik va jismoniy shaxslar bilan hisob-kitoblar bo’yicha gumonli qarzlarni hisobdan chiqarishdan ko’rilgan zararlar;
hisobot yilida aniqlangan o’tgan yidlar operatsiyalari bo’yicha zararlar;
tabiiy ofatlardan kurilgan qaplanmaydigan talafotlar va zararlar (ishlab chiqarish zaxiralari, tayyor buyumlar va boshqa moddiy boyliklarning yo’q qilinishi va buzilishi, ishlab chiqarish to’xtashidan ko’rilgan talafotlar va hokazo), shu jumladan tabiiy ofatlarning oldini olish va oqibatlarni tugatish bilan bog’liq xarajatlar;
aybdorlari aniqlanmagan yoki zarur summalarni aybdor tomon hisobiga qoplab bo’lmaydigan holda o’g’irliklardan ko’rilgan zararlar;
xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan uch yil davomvda va undan ko’p vaqg foydalanilgan asosiy vositalarni sotishdan ko’rilgan zararlar, xo’jalik yurituvchi sub’ektning boshqa mol-mulkini (aktivlarini) sotishdan ko’rilgan zararlar, shuningdek xo’jalik yurtuvchi sub’ekg asosiy vositalari va boshqa mol-mulkini (aktivlarini) hisobdan chiqarish, bepul berish va boshqacha chiqib ketashlaridan ko’rilgan zararlar;
xo’jalik shartnomalari shartlarini buzganlik uchun, shu jumladan etkazib beruvchilar va debitorlar aybi bilan belgilangan yoki e’tirof etilgan jarimalar penyalar, vaqtida to’lanmagan to’lovlar va boshqa xil sanktsiyalar, shuningdek etkazilgan zararlarni to’lash xarajatlari;
soliq qonunchiligi va boshqa qonun xujjatlarini buzganlik uchun jarima va penyalar;
to’langan boshqa jarimalar;
— boshqa xarajatlar.
Hisobot davrining kelgusida soliq solish bazasidan chiqariladigan xarajatlariga sarmoyalashtarish bilan bog’liq bo’lmagan va sarmoyalashtiriladigan asosiy vositalar qiymatiga kiritilmaydigan xarajatlar taalluqlidir.
Ularga quyidagilar kiritiladi:
— yangi xo’jalik yurituvchi sub’ektlar, ishlab chiqarishlar, tsexlar, agregatlarni o’zlashtirish xarajatlari, shu jumladan:
mashina va mexanizmlarning ayrim turlarini yakka tartibda sinash va ular montajining sifatini tekshirish maqsadida barcha turdagi uskunalar va texnik qurilmalarni sinash;
uskunani etkazib beruvchi zavodlar yoki ularning topshirigiga binoan ixtisoslashtirilgan korxonalar amalga oshiradigan otaliq-mantaj;
qurilayotgan korxona direktsiyasini direktsiya bo’lmaganda — texnik nazorat guruhini saqlash xarajatlari, (ma’muriy xarajatlar), shuningdek yanga xo’jalik yurituvchi subektlar va ob’ektlarni foytsalanishga qabul qilish bilan bog’liq xarajatlar;
yangi ishga tushirilayotgan xo’jalik yurgauvchi sub’ektlarda ishlash uchun xodimlar tayyorlash xarajatlari;
ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlarini o’tkazish, xom ashyo va materiallarning yangi turlarini yaratish,
ishlab chiqarishni qayta jihozlash bilan bog’liq yanga texnologiyalar yaratash va qo’llanilayotganlarini takomillashtirish, shuningdek mahsulot sifatini oshirish xarajatlari;
boshqaruv tizim va vositalarini yaratish hamda takomillashtirish xarajatlari;
turkumli va ommaviy ishlab chiqariladigan mahsulot hamda texnologik jarayonlarning yangi turlarini tayyorlash va ishlab chiqarilishini o’zlashtirish xarajatlari;
qonun hujjatlariga muvofiq ishchi kuchini tanlash bilan bog’liq xarajatlar;
ishlab chiqarish tusidagi ixtirochilik va ratsionalizatsiyalash, tajriba- eksperimental ishlar o’tkazish, ixtirolar va ratsionalizatorlik takliflari bo’yicha model va namunalarni tayyorlash va sinash, ixtirochilik va ratsionalizatsiyalash bo’yicha ko’rgazma va ko’riklar, tanlovlar, sertifikatlash va boshqa tadbirlarni tashkshg etish, mualliflik taqdirlashlarini to’lash xarajatlari va boshqa xarajatlar;
qazib oluvchi tarmoqlarda tayyorlash ishlariga doir xarajatlar agar ular kapital xarajatlarga taalluqli bo’lmasa (ya’ni asosiy vositalar sifatida sarmoyalashtirilmasa);
xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni ishlab chiqaruvchi liniyalarni rivojlantirish (takomillashtirish) xarajatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |